3.4 Dorixona omboriga kelib tushgan dori-darmonlar sifatini tekshirish tartibi12.
Dorixona omborlarida mollarni ortish va tushirish ishlarini alohida ji-hozlangan asboblar va mexanizmlar yordamida bajariladi. Ularga yuk ko‘-targichlar, transportyorlar, o‘zi yurar ortib tushiruvchi mexanizmlar kiradi. Dori vositalari saqlanadigan xonalarda ventilyatsiya va isitish sistemalari
bo‘lishi lozim. Ularni sanitar me’yorga amal qilgan holda ishlatish zarur. U-arni nazorat qilish uchun termometr va psixrometrlar bo‘ladi. Tibbiy va sun-’iy yoritgichlardan foydalanish ham me’yorga muvofiq bo‘lishi darkor. Shuning uchun derazalardan tushayotgan yorug‘likni shkaflar va stelajlar bilan
to‘sib qo‘yish qat’iyan man etiladi.
Tez alanga oluvchi moddalar isitilmaydigan xonalarda saqlanadi. Narkotik dori vositalari alohida xonalardagi seyflarda saqlanadi. Derazalarida temir
reshyotkalar bo‘lishi lozim. Ventilyatsiya, havo tortuvchi shkaf, svet – ovoz signalizatsiyasi, potoloklar, devorlar mustahkam qurilgan bo‘lishi lozim.
Dorixona omborining mehnatini ilmiy asosda tashkil qilish lozim.
O‘zbekiston Respublikasining 16 dekabr 2002 yilda 547 sonli “Dori vosita-ari va tibbiy buyumlar ulgurji savdosi qoidalari. Asosiy holatlar” - tarmoq st-andartini tasdiqlash haqidagi buyrug‘i chiqdi.
Dilerlar – mustaqil, ya’ni aloqasi bo‘lmagan ulgurji (gohida chakana) vositachilar o‘z hisobiga va o‘z nomidan jarayonlar olib boradi.
Distribyutorlar – mustaqil, ya’ni bog‘liq bo‘lmagan ulgurji (va chakana) vos-itachilar o‘z hisobiga va ishlab chiqaruvchi nomidan jarayonlar olib boradi. Alohida bo‘lgan vositachilar tovarga xususiy huquqi bo‘lmaydi, tovar sotib olmaydi. Ular boshqalar hisobidan tovar sotadi, o‘z nomidan va ishlab chiq-aruvchi nomidan sotishi mumkin.
Komissionerlar – mustaqil bo‘lmagan (zavisimiy bo‘lgan) ulgurji ( va chaka-na) vositachilar ishlab chiqaruvchi hisobidan va o‘z nomidan jarayonlar olib boradi. Agentlar, brokerlar – ishlab chiqaruvchi nomidan operatsiyalar o‘t-kazadi.
Dorixona omborxonasi – sog‘liqni saqlashning mustaqil tashkiloti bo‘lib, u dorixonalarni, DPMlarning dori vositalari, tibbiy texnika mahsulotlari, dori-xona jihozlari va inventarlari bilan ta’minlaydi.
Logistika – “Logistika” - muhokama qilish san’ati (iskusstvo rassujdat). Na-uka upravleniya dvijeniyem materialnix i informatsionnix potokov ot ix per-vichnogo istochnika do konechnogo potrebitelya a minimalnimi izderjkami.
Ulgurji vositachilarning funksiyalari:
- tovarlarni qabul qilish, saqlash, tovar zahiralarini boshqarish.
- mahsulot realizatsiyasi.
- tovar transportirovkasi.
- o‘z kliyentlarini kreditlash (kreditga mollar berish).
- rejalashtirilmagan harakatlarni qayta tarqatish riski. (tavakkalligi)
- informatsiya.
- marketing-bozorni kompleks tekshirish.
Dorixona omborxonasiga tushgan mahsulotlar sifat nazoratidan o‘tadilar.
NAL “Tahlil №” degan hujjatda buni rasmiylashtiradi. Unda preparatning nomi, tashqi ko‘rinishi, fizik xossalari, chinligi, tozaligi, yorliqlarning mos kelishi, hajmi, mexanik aralashmalar, o‘rtacha og‘irligi, kamchiligi, parchalanishi, namligi, zichligi, erish harorati (t0) ko‘rsatiladi. Ta’minlovchi, seriya nomeri, seriyadagi miqdori, yaroqlilik muddati, tahlilga sarflangan soni, topshirilgan qoldiq va xulosa farmatsevt imzosi bilan rasmiylashtiril-adi.
Quyidagi dori vositalari albatta shu tekshiruvchilardan o‘tishi darkor.
1. Narkotik dori vositalar, 2. Ingalyatsion dori vositalari, 3.Narkoz uchun ishlatiladigan vositalari, 4.BaSO4, 5. Sifatida shubha tug‘ilgan dori vositalari.
Zaharli va narkotik dori vositalari omborxonadan berilayotganda faqat muhrlangan holda beriladi. Har bir qadoqqa, yorliqdan tashqari, taxlil nomeri va tarkibining nomlanishi, “Zahar” deb yozilgan muhrli yorliq yopishtiriladi (belgisi bilan).
Taqsimlanishi koeffitsiyenti – bu statistik majmua tarkibiga kirib, bu majmuadagi ulushni xarakterlovchi kattalikdir.
(DPM)dagi Endikrinologik koykalarning soni
K =Tripsin -------------------------------------------------------------------
Viloyatdagi endokrinologik koykalarning soni
K tripsin = 60/500=0,12
Omborxonadan 10.000 flakon olingan 10.000 X0.12=1200 flakon shu bo‘limga ajratish kerak.
Sotishning konsignatsion formasidan molning tezlik bilan sotilishiga ishon-ch yetarli bo‘lmasa, hamda kam tanilgan mahalliy ishlab chiqaruvchilardan
yangi mollar olingan bo‘lsa foydalaniladi.
Konsignant bu omborxonadan chet elga molni sotish bo‘yicha bitim tuzish vazifasini bajaradigan shaxs.
Masalan, 1 dorixonaning yerto‘lasi (25% tovar olib qolinib, qolib ketgan tovarlar boshqa dorixonalarga tarqatilgan). Dorixonalarni dori vositalari bilan uzluksiz ta’minlash uchun omborxonalarda to‘liq kafolatlanadigan g‘amlama tashkil etiladi (polniy garantiyniy zapas) T.K.G‘ ni hisoblash bosqichlari
1) Tovar kelish oralig‘ini aniqlash. Tovar g‘amlama o‘rtacha kat taligini aniqlash.
1.1. kelish oralig‘i
Oraliq = 180/3=60 kun (yarim yilda 3 marta kelgan).
1. Tovar g‘amlamasi o‘rtacha kattaligi = 60/2 = 30 kun.
2. Kafolatlanadigan g‘amlama kattaligini hisoblash = 80% ga teng = 80% = mol g‘amlamasining o‘rtacha kattaligi
k.g‘.k = 30 x 80/100 = 24 kun.
3. Omborxonadagi qayta ishlash vaqtida g‘amlamani aniqlash.
molni qabul qilish vaqti = ta’minotchining iste’molchigacha bo‘lgan harakatining vaqti + omborxonada molni qabul qilishni rasmiylashtirish vaqti.
4. to‘liq kafolatlanadigan g‘amlama kattaligini hisoblash (t.k.g‘.k)
t.k.g‘.k = o‘rtacha mol g‘amlamasi + kaf.g‘amlama+ olib qayta ishlangan
vaqti.
Do'stlaringiz bilan baham: |