54
Xozirgi vaqtda VOZ ma’lumotlariga kura axolining 30% da bug‘im og‘riqlari uchraydi,
ularning 10 % i qisman, 5 % i esa tula nogiron bulib qolmoqda.
Sabablari:
-biriktiruvchi tuqimaning sistem kasalliklari-revmatizm, revmatoid artrit, sistem qizil
volchanka, sklerodermiya;
- suyaklar va tog‘aylarda modda almashinuvi buzilishi bilan bog‘liq kasalliklar-artroz,
podagra, osteoporoz;
- shikastlanishlar.
Biriktiruvchi tuqimaning sistem kasalliklari –biriktiruvchi tuqimaning sistem yallig‘lanish
kasalliklari bulib, a’zo va to‘qimalarning shikastlanishi, siklik progressirlovchi kechimi bilan
xarakterlanadi.
Revmatizm
-biriktiruvchi to‘qimaning sistem toksik-immunologik yallig‘lanish
kasalligi bo‘lib, A guruxiga kiruvchi v-gemolitik streptokokk infeksiyasi bor odamlarda kelib
chiqadi.
Revmatoid artrit-
biriktiruvchi to‘qimaning surunkali autoimmun yallig‘lanish kasalligi
bo‘lib, bug‘imlarni shikastlaydi.
Sistem qizil volchanka
-og‘ir, surunkali o‘tuvchi sistem
autoimmun kasallik bo‘lib, ichki a’zolarning kup shikastlanishi bilan kechadi.
Suyak va tog‘ayda modda almashinuvi buzilishi bilan bog‘liq kasalliklar:
-
osteoporoz
-suyak tuqimasi zichligining kamayishi, sinishlarga moyillikni ortishi bilan
xarakterlanadi. Osteoporozlarning kelib chiqishiga erta menopauzalar, chekish, kofeinni ortiqcha
ist’emol qilish, kortikosteroidlarni qabul qilish sabab bulishi mumkin.
-
podagra-
giperurikemiya (peshob kislotasini xujayradan tashqari suyuqliklarda ortishi),
tuqimalarda peshob kislotasi kristallari tuplanishi bilan xarakterlanadi. Uning kelib chiqishiga
gusht maxsulotlarini ortiqcha ist’emol qilish, yoshni erkaklarda 30, ayollarda 60 dan kattaligi,
ayrim dorilarni (nikotin kislota, diuretiklar, siklosporin, aspirin va b. alkogol qabul qilish moyillik
tug‘dirishi mumkin. Erkaklar ayollarga qaraganda 5-7 marta ko‘p og‘riydi.
-
osteoartrozlar-
qul-oyoqlar va umurtqa pog‘onasi bug‘imlarining distrofik kasalliklari bulib,
uning asosida bug‘im tog‘ayining sekin rivojlanuvchi degeneratsiyasi yotadi. Osteoartrozlarda
kuproq chanoq-son va tizza bug‘imlari shikastlanib, jismoniy zuriqish vaqtida kuchayadi.
Osteoartroz rivojlanishiga yoshning utishi, semirish, bug‘imga doimiy zuriqish tushishi, irsiy
omillar, bug‘im shikastlanishlari, chekish moyillik tug‘diradi.
Bug‘imdagi og‘riqlarning xurujsimon xarakterda bulishi, shish, giperemiya, bugim soxasida
xaroratni oshishi, diuretiklar qabul qilinganda og‘riqlarni paydo bulishi, klimakterik yoshdagi
ayollarda tez-tez suyak sinishlari kuzatilishi xavfli belgilar bulib, shifokorga murojaat qilishni
taqozo etadi. Bundan tashqari suyak silida xam bug‘im og‘riqlari kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: