Pollinoz xolati kuzatilgan bemorlarga maslaxatlar:
- pollinoz kuchayishida boshqa allergenlarga xam sezuvchanlik ortib ketadi- uy changi, xayvonlar
juni, medikamentlarga allergiyaning paydo bo‘lish extimoli ortadi.
- uyida, ish joyida derazani iloji boricha ochmaslik, ayniqsa ertalab. Xavo tozalovchi
moslamalardan foydalanish lozim
- tez-tez dush qabul qilish tavsiya etiladi
- mashinada yurganda oynasini qattiq yopish kerak
- pollinoz kasalligi bor bemorlarga fitopreparatlarni xususiyatlarini tuliq o‘rganib tavsiya qilish
lozim, chunki ularning maxalliy, kompress xolatlari allergiyani kuchayishiga olib kelishi mumkin
- shuni esda tutish kerakki, xona o‘simliklaridan (geran, primula) bog‘larda, dalada o‘sadigan gullar
( siren, jasmin, atirgul, marvaridgul, binafsha va b.lar) kasallikni zo‘raytirishi mumkin.
Ota- onalarga maslaxatlar
- yosh bolalarda teri va shilliq qavatlarning o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘lganligi sababli ayniqsa ular
yuqori ta’sirli allergenlardan uzoq tutilishi shart. Kattalarga qaraganda bolalarda turli xil ekzogen
allergenlarga sensibilizatsiyani rivojlanishi osonroq kechadi.
- tabiiy oziqlantirish go‘daklarda allergiya xolatlarining kamayishiga olib keladi ( Ona ratsionida
allergenlar mavjud bo‘lmagan xolatlarda). Par yostiqlarni porolon yostiqlarga almashtirish, bola
yonida uy xayvonlarini qoldirmaslik
- ota-onalari allergik reaksiyalariga ta’sirchan bo‘lgan bolalarga allergiya xolatlarini oldini olish
choralarini kurish muximdir.
Allergiyaga qarshi beriladigan preparatlar 2 guruhga bo‘linadi:
1.
Tez yuzaga chiqadigan allergik reaksiyalarni davolovchi preparatlar
2.
Sekin-asta yuzaga chiqadigan allergik reaksiyalarda beriladigan dorilar
Birinchi guruh preparatlarini antigistamin preparatlar – Erlix xujayralaridan ajralib chiqayotgan
gistaminni kamaytiruvchi preparatlar tashkil etadi. Antigistamin preparatlarini 3 avlodi mavjud:
I avlod antigistamin preparatlari, anitgen-antitelo kompleksi ta’sirida ajralib chiquvchi gistaminni
qonga o‘tishini kamaytiradi.Ularga dimedrol, pipolfen, suprastin, tavegil va boshqalar kiradi.
II avlod antigistamin preparatlariga astemizol, akrivastin, terfenadin, loratadin preparatlari kiradi.
Bu preparatlar N
1
-gistamin retseptorlari bilan bog‘lanishdan tashqari, bronxlarni kamaytirish
xususiyatiga ham egadir.
III avlod antigistamin preparatlar guruhiga feniramin va xlorfenilamin unumlarini kiritish mumkin.
Masalan: feksofenadin, akrivastatin va boshqalar kiradi. SHuningdek bu guruhga telfast, intal,
ketotifen, tayled preparatlarini ham misol qilish mumkin. Ular sezonli rinit va allergik
konyuktivitda, bronxial astmani oldini olishda, ovqatlarga bog‘liq allergiyalarda
allergodermotozlarda keng qo‘llaniladi.
Og‘ir o‘tuvchi allergik reaksiyalarni davolashda (anafilaktik shok, bronxial astma) nafas
olish yo‘llarini kengaytiruvchi, qon bosimini ko‘taruvchi adrenomimetiklar, bronxomimetiklar va
glyukokortikoid preparatlar ishlatiladi. Masalan: izadrin, efedrin, alupent, eufillin va teofillin.
II guruhga kiruvchi sekin-asta yuzaga chiqadigan allergik reaksiyalarni davolashda asosan
antitelo hosil bo‘lishini, hujayra immunitetini sodir bo‘lishini kamaytiruvchi preparatlar qo‘llaniladi
Do'stlaringiz bilan baham: |