Hisoblash:
Bahor adonisi o’ti (1 : 30) – 3 g
1 – 30
x – 90 x = 3 g
S.SH.K. = 2,8
Natriy brom – 2 g
Valeriana nastoykasi – 3 ml
Tozalangan suv – 98,4 ml
90+(3 x 2,8)=98,4
um. hajmi – 93 ml
Yurak glikozidi saqlovchi dorivor o’simlik xom ashyolaridan damlama tayyorlaganda shifokor tomonidan mahsulot miqdori ko’rsatilmagan bo’lsa 1 : 30 nisbatda olinadi.
Tayyorlash: Infundir stakaniga 3 g 5 mm gacha maydalangan bahor adonisi o’tidan olinadi va uni ustiga 98,4 ml tozalangan suv quyiladi. So’ngra qaynab turgan infundir apparatiga 15 daqiqa damlab quyiladi va vaqti - vaqti bilan aralashtirib turiladi. Keyin 45 daqiqa xona haroratida sovutiladi, 2 qavatli dokadan o’tkazib, qoldiq siqiladi. Undan keyin damlamada 3 g natriy brom eritib, qayta suziladi va damlama hajmi 90 ml ga etkaziladi. Oxirida 3 ml valeriana nastoykasi qo’shiladi. So’ngra jihozlab bemorga beriladi. “Ichish uchun”, “Salqin joyda saqlansin”, “Ishlatishdan oldin chayqatilsin” yorliqlar bilan jihozlanadi.
Antraglyukozid saqlovchi o’simliklardan qaynatma tayyorlash
Antroglyukozid saqlovchi o’simliklardan (ravoch ildizi, sano bargi, frangula po’slog’i) qaynatma tayyorlanadi, chunki bu o’simliklardan damlama tayyorlashda ta’sir etuvchi moddalar damlamalarga to’liq o’tmaydi. Lekin shu bilan birga qaynatish vaqtini 30 min. dan oshirish ta’sir etuvchi oksimetil-antraxinonlarni parchalanishiga olib keladi. Ravoch ildizi va frangula po’slog’idan tayyorlangan qaynatmani tezlik bilan doka orqali suzish kerak. 45 minutdan keyin suzish oksimetilantraxinonlarning kamayishiga olib keladi. Sano bargidan qaynatma tayyorlashda to’la sovutish zarur, toki uning tarkibidagi mumsimon moddalar ajratmaga o’tib cho’kmaga tushadi. Sovigan ajratma albatta doka orqali suzib olinishi kerak34.
Rp.: Decocti foliorum Cennae 100ml
D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 - 4 mahal ichilsin.
Xisoblash:
Sano bargi (1 : 10) – 10 g
S.SH.K. = 1,8
Tozalangan suv – 118 ml
100 + (10 x 1,8) = 118 ml
um. hajmi – 100 ml
Tayyorlash: Infundir stakaniga 10 g 0,5 mm gacha maydalangan sano bargini olib, uni ustiga 118 ml tozalangan suv quyib, qaynab turgan infundir apparatida vaqti-vaqti bilan aralashtirib turgan holda 30 daqiqa damlab quyiladi. Tayyor qaynatma vaqt tugaganidan keyin olib, tulik sovutiladi (chunki sano bargi tarkibida smolalar bo’lib, ular odam organizmiga salbiy ta’sir ko’rsatadi). So’ngra 2 qavatli dokada suziladi, qoldiq siqiladi va hajmi 100 ml ga etkaziladi. “Ichish uchun”, “Salqin joyda saqlansin”, “Ishlatishdan oldin chayqatilsin” yorligi bilan jihozlab bemorga beriladi.
Saponin saqlovchi o’simliklardan (qizilmiya ildizi, istod ildizi, senega ildizi, sinyuxa ildizi) hamma vaqt qaynatma tayyorlanadi. Adabiyotlarda ko’rsatilishicha saponin saqlovchi o’simliklardan qaynatma tayyorlashda ajratma tarkibi ishqoriy sharoitga keltirilsa ta’sir etuvchi modda ko’p miqdorda ajratmaga o’tadi. SHuning uchun ham senega ildizi va sinyuxa ildizidan qaynatma tayyorlashda 10 g o’simlikka 1 g NaHCO3 qaynashga ko’yishdan oldin qo’shiladi. qizilmiya o’simligi ildizidan qaynatma tayyorlashda 30 minutdan ko’p qaynatish glitsirrizin miqdorining kamayishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |