Elimlar Elimlardan hosil bo’lgan parda fazalararo taranglikni kamaytirib, mustaxkam ximoya pardasini tashqil qiladi.
Arab elimi — (Gummi arabicum). Bu emulgator Afrika akatsiyalaridan olingan mahsulot. YUqori navi — sargish yarim tinik bo’laklardan iborat. YOmon navi juda bo’yalgan va ifloslangan (tuprok, po’stlok va shox bo’laklari) bo’ladi. Arab elimining 1 qismi 2 qism suvda sekin eriydi va quyuq yopishqoq eritma hosil qiladi. Dorixonada ishlatiladigan emulsiyalarni tayyorlashda eng kadimgi emulgator hisoblanadi. Elimlarning naviga qarab emulgirlash xususiyatini bilish mumkin. YUqori navi 64% tomchilar diametri 2,5 mkm li yuqori disperslangan emulsiyalarni hosil qiladi. Emulsiya hosil kilish uchun 10 qism yog’ga 5 qism elim olinadi.
O’rik elimi — (Gummi armeniacae) Z. M. Umanskiy tomonidan taklif qilingan. O’rik elimi daraxtlarning tanasi va po’slog’i yorilishidan hosil bo’ladi. O’rta Osiyoda ko’p miqdorda uchraydi. 1961 yildan davlat (X) farmakopeyasiga kiritilgan elim ok yoki sargish, qattiq, mo’rt bo’lakchalardan iborat bo’lib, ushatilganda notekis bo’lakchalar hosil qiladi. Emulgator sifatida arab elimi o’rnini bosuvchi suvda yaxshi eriydigan oq kukun holidagi modda. 10 qism yog’ga 3-4 qism elim olinadi.
Tragakant — (Gummi Tragacanthae).
Juda kuchli emulgator. 20 g yog’ga 2 g tragakantning mayda poroshogidan olish mumkin. Tayyorlangan emulsiyada yog’ mazasi saqlanganligi sababli, bu emulgator kam ishlatiladi (dispers darajasi kam). Tragakant bilan arab elimini birgalikda ishlatish maqsadga muvofik. Bu emulgator farmatsevtika amaliyotida yuqori dispersli turg’un emulsiya hosil qiladigan eski murakkab emulgator.
O’simlik shilliqlari — bu polisaxaridlarga yakin bo’lgan moddadir. SHilimshiqlar (slizi) o’simlik organizmining qayta tugilishi jarayonida hosil qiluvchi epidermis qavatining " shilliklanishi " natijasida gulxayri ildizidan, salep tugunagidan va suvda o’sadigan o’simlikni xujayra oraligidagi moddalardan tashqil topgan. Suvda bo’kishi bilan yopishqoq shilimshiq eritma hosil bo’ladi. Salep shilligi yaxshi emulgirlash xususiyatiga ega.
Salep shillig’i — Salep shilligi yuqori stabillash xossasiga ega. 10 g yog’ni emulgirlash uchun 1 g salep kukunidan olinadi. 1 g salepni suvda eritib oldin shilimshiq tayyorlanadi. So’ng uni emulgator sifatida ishlatiladi.
Pektin modda — o’simliklarda pektin moddalar juda keng tarqalgan: sabzavotlar, mevalar, barglar, urug’larda va ildizlarda.
Ular xujayra devorining tarkibiga kiradi va yon xujayralarni o’zaro biriktiradi. Pektin moddalarning yana o’ziga xos xususiyatlari uni kuchli jelatinli xossasidir. Pektin moddalar yuqori molekulali moddalar hisoblanadi. Ularning tuzilish asosi — qisman metil spirtining poligalakturon kislota bilan efirlangani.
Pektin — (Pectinum). Bu modda ozik-ovkat sanoatida ishlatilgan. 1933 yildan A. L. Katalxerman tomonidan dorixonada emulgator sifatida qo’llaniladi. Pektinning faol jelatinli xususiyatini pasaytirish uchun o’rik elimi bilan 1:1 aralashmasidan foydalanish kerak.