Gidrofil asosdan tayyorlanuvchi shamchalar
Suvda eruvchan asoslarda faqat shamcha va sharchalar tayyorlanadi. SHamchalar sovun-glitserinli asosda, sharchalar esa jelatina-glitserinli asosda tayyorlanadi. Tayyorlangan shamchalar va sharchalar o’z qovushqoqligi jihatidan xona haroratida berilgan shaklini yuqotmaydi, lekin tana haroratida (370S) erish xususiyatiga egadir. Ular quyish usulida tayyorlanadi.
Jelatina-glitserinli asos. Ushbu asosning X DF da berilgan tarkibi quyidagichadir: jelatina — 1 qism, tozalangan suv — 2 qism, glitserin — 5 qism. Bu asos ko’pincha qin shamchalarini tayyorlashda ishlatiladi va quyidagicha tayyorlanadi: jelatinaning mayda bo’laklarini chinni kosachada kerakli miqdordagi suvda 3-4 soat davomida buktiriladi. So’ngra glitserin qo’shib aralashtiriladi va bir xil ko’rinishga kelguncha suv hammomida isitiladi. Shamchalar tayyorlashda jelatin-glitserinli asos miqdori ham xuddi kakao moyi kabi topiladi. Faqat bu asosning zichligi 1,15 g/sm3 ekanligini hisobga olish kerak (kakao moyining zichligi-0,95 g/sm3 edi). Demak, jelatin-glitserinli asosning zichligi kakao moyining zichligidan 1,21 marta ortiq ekan (1,15:0,95=1,21). Ana shu 1,21 soni suvda eriydigan asoslardan moyli asoslarga o’tish moduli deb ataladi. Moyli asoslardan suvda eriydigan asoslarga o’tish moduli esa 0,826 (0,95: 1,15=0,826) ga tengdir.
Rp.: Acidi borici 0,2
Massae gelatinosae q.s. ut fiat suppos.
D.t.d. № 20
S. Kuniga ikki mahal bitta shamchadan to’g’ri ichakka yuboriladi.
Pasport: Borat kislotasi 4,0 Jelatina 8,75 Tozalangan suv 17,5 Glitserin 43,75
Dorixatda shamcha og’irligi ko’rsatilmaganligi uchun qoidaga kura 3 g li qilib tayyorlanishi kerak. Asos miqdorini hisoblash xuddi kakao moyi kabi bo’ladi. 3,0x20=60 g kakao moyi faraz qilinadi. 0,2x20=4 g dorixat buyicha borat kislotasi olinishi kerak. Borat kislotasi uchun 1/Ko’=625 bo’lgani uchun uning egallaydigan hajmi 4,0*0,625=2,5 kakao moyiga teng. 60,0-2,5=57,5 g kakao moyi olinadi. Moyli asosdan jelatin-glitserinli asosga o’tish uchun o’tish modulidan foydalaniladi: 57,5x1,21=70 g yoki 57,5x0,826=70 g. Demak, 20 ta shamcha tayyorlash uchun 70 g jelatin-glitserinli asos kerak ekan. Asos tarkibiga kiruvchi moddalar nisbatini (1:2:5) hisobga olgan holda jelatinadan 8,75 g, suvdan 17,5 g va glitserindan 43,75 g olinadi.
Avval asos tayyorlab olinadi va issiqligida unga yaxshi maydalangan borat kislotasi vazelin moyi bilan aralshtiriladi. Massa bir oz sovigach, qoliplarga quyiladi va yuqoridagi kabi jihozlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |