Ikkinchi usul. Ingliz usuli. Olingan miqdordagi emulgatorni oz miqdordagi suvda eritib, keyin tomchilab yog’ qo’shiladi. Hamma yog’ni emulgirlab bo’lgandan keyin, birlamchi emulsiyaga qolgan suv quyiladi.
Uchinchi usul. Ibn Sino usuli(Rus usuli) . Stakanga suv tortib olinadi, ustiga yog’. Kerakli miqdorda olingan emulgatorni hovonchada eziladi va unga yog’ bilan suvning arashmasi qo’shib aralashtiriladi. Hosil bo’lgan birlamchi emulsiyaga suv qo’shiladi. SHunday qilib yuqorida berilgan usullar moddalarning oldinma-ketin olinishiga va ba’zi bir texnik usullarni qo’llashga bog’liq. Komponentlarning miqdori — yog’ni retsept ko’rsatmasi bilan, emulgator miqdorini emulgirlash qobiliyatiga qarab, suv miqdorini emulgatorning suvda erishini hisobga olib, birlamchi emulsiya hosil qilishiga ko’ra olinadi.
Boshqa emulgatorlar uchun suv va emulgatorlar miqdori boshqacha. Masalan: bu emulsiyani o’rik elimi yoki olxo’ri elimi bilan tayyorlansa, 6 g emulgator, 25-30 ml suv olinib, ularning arab elimiga nisbatan kam eruvchanligini hisobga olish kerak. Ko’rsatilgan usullar bilan emulsiyalarni barcha emulgatorlardan tayyorlasa bo’ladi (eritma holida ishlatiladigan salep shilimshig’i, kraxmal elimidan tashkari). Ularga ikkinchi usulni qo’llash mumkin.
Kraxmal bilan emulsiya quyidagicha tayyorlanadi: 10 g kraxmalni chinni idishga teng miqdordagi sovuq suv solib aralashtiriladi va 80 ml kaynok suvni ustiga qo’shib aralashtiriladi va bir oz qaynagunga kadar isitiladi. Hovonchaga o’tkazilgan yarim sovutilgan, eritmaga 20 g yog’ oz-ozdan qo’shib, hovonchada yaxshilab emulgirlanadi. Birlamchi emulsiyaga oz-ozdan suv qo’shib 200,0 gacha suyultiriladi.
Tragakant bilan tayyorlash quyidagicha: 2 g mayda tragakant poroshogidan, 20 marta ko’p suv bilan tragakant shilimshig’ini tayyorlab olinib, unga tomchilab 20 g yog’ qo’shiladi. Hosil bo’lgan birlamchi emulsiyaga 200 g bo’lguncha suv qo’shiladi.
Quruq sut bilan emulgirlash quyidagicha: 10 g quruq sut, 10 g yog’ bilan aralashtirib, 10 g suv qo’shiladi va hovonchada birlamchi emulsiya hosil bo’lguncha eziladi va kerakli miqdorgacha suv qo’shiladi. Emulgator T-2 qo’llanganda uning kerakli miqdori olinib, suv hammomida eritiladi va hovonchada 10 marta ko’p 60-70°S suvni ustiga qo’shiladi va soviguncha aralashtiriladi. Hosil bo’lgan kaymokka o’xshash bir xil aralashma o’ziga yog’ni oson qabul qiladi. Hosil bo’lgan birlamchi emulsiya retseptda ko’rsatilgan miqdorgacha suyultiriladi.
Rp.: Emulsi ex oleis 200,0
D. S. 1 choy qoshiqdan 3 mahal ichilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |