Farmatsevtik kimyo


Miqdori: YUSSX usuli  Ishlatilishi



Download 7,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet258/437
Sana26.09.2021
Hajmi7,47 Mb.
#186417
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   437
Bog'liq
farmxim

Miqdori: YUSSX usuli 

Ishlatilishi: Selektiv ta‘sirga ega alfa

1

-




Pharmaceutical chemistry  

Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T.. 

 

294 


 

adrenoblokator.  

 

YUqorida  nomi  keltirilgan uratsil hosilalarining chinligini  aniqlashda  quyidagi  reaksiyalardan 



foydalaniladi. Masalan, ftoruratsilni sariq rangli bromli suvni rangsizlantirishi bo‗yicha aniqlanadi. 

 

Ftoruratsilinning  chinligini  uning  tarkibidagi  ftor  bo‗yicha  ham  aniqlanadi.  Buning  uchun 



ma‘lum miqdordagi preparatni kul qoldirmaydigan filtr kog‗oziga o‗rab, yutuvchi suyuqlik sifatida 

tozalangan  suv  solingan  maxsus  kolbada  kislorod  atmosferasida  kuydiriladi.  Kolbadagi  suyuqlikni 

aralashtirib  biroz  qaynatiladi.  So‗ngra  unga  qizil  rangli  temir  (III)  rodanid  eritmasi  qo‗shilganda, 

suyuqlikda rangning susayib borishi va hatto keyinchalik o‗chib ketishi kuzatiladi. 

 

Eritmadagi rangning o‗chishi temir (III) ftor hosil bo‗lishi hisobigadir. 



YAna ftoruratsildagi ftorni aniqlashda uni kaliy va natriy  karbonat  hamda  kaliy  nitratdan 

iborat kuydiruvchi aralashma bilan kuydirib, parchalab ham aniqlash mumkin. Bunda kuydirgandan 

keyin qolgan qoldiqni suvda eritib filtrlanadi va filtratda rN 4—5 qiymatiga ega bo‗lgan muhit yaratib, 

so‗ngra unga kalsiy xlorid qo‗shilganda eritmadagi ftor ioni kalsiy ftorit holida oq loyqalanish hosil 

qiladi.

 

YUqoridagi  reaksiyalardan  ftorafurdagi  organik  birikkan  ftorni  aniqlashda  ham 



foydalaniladi. 

Ftorafurni  30  %  li  natriy  gidroksiddagi  eritmasiga  kukun  holida  sof  rux  qo‗shib  qizdirilsa, 

ammiak ajralib chiqadi. Uni odatdagicha hididan yoki suv bilan ho‗llangan qizil lakmus qog‗ozini 

ko‗k  rangga  bo‗yashidan  bilinadi.  Kaliy  orotatning  chinligini  aniqlashda  Davlat  farmakopeyasi 

purin  alkaloidlarini  aniqlashda  keltirilgan  mureksid  hosil  qilish  reaksiyasidan  foydalanishni  tavsiya 

qiladi.  Buning  uchun  preparatni  pergidrol  va  xlorid  kislota  qo‗shib  suv  hammomida  qizdirib 

bug‗lantiriladi.  So‗ngra  unga  bir  necha  tomchi  ammiak  eritmasi  qo‗shilganda  qizil  rangli  purpur 

kislotaning ammoniyli tuzi yoki mureksid hosil bo‗ladi. Bundan ko‗rinib turibdiki, mureksid reaksiyasi 

faqat  purin  alkaloidlarga  xos  reaksiya  bo‗lmasdan,  balki  undan  uratsil  hosilalari  va  boshqa  guruh 

birikmalarini aniqlashda ham foydalanish mumkin. 




Pharmaceutical chemistry  

Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T.. 

 

295 


 

 

Kaliy orotatdagi kaliy ionini aniqlash uchun uni chinni tigelda kuydirib, so‗ngra idishda qolgan 



qoldiqni suvda eritiladi va eritmadagi kaliy ionini sirka kislota muhitida  kobaltnitrit natriy eritmasi 

ta‘sirida sariq kristall cho‗kma holida cho‗ktirib aniqlanadi. 

 

Kaliy  orotatdagi  kaliyni  yoqilg‗idagi  alanganing  rangsiz  qismini  binafsha  rangga 



bo‗yashidan ham bilinadi. 

Uratsil qator preparatlarining chinligini spektrofotometrik usul bo‗yicha aniqlash mumkin. Ular 

eritmalarining  maksimum  nur  yutishi  250  va  290  nm  (ftoruratsil), 290  nm  (ftorafur),  300  nm  (kaliy 

orotat) to‗lqin uzunligida bo‗ladi. 

Ftoruratsilning  miqdorini  purin  alkaloidlaridan  teobromin  va  teofillinga  o‗xshash  bavosita 

neytrallash  usuli  bo‗yicha  aniqlanadi.  Buning  uchun  ma‘lum  miqdordagi  preparatning  suvdagi 

eritmasiga aniq o‗lchangan hajmda kumush nitratning 0,1 mol/l eritmasidan qo‗shiladi va reaksiya 

natijasida,  ekvivalent  mikdorda  ajralib  chiqkan  nitrat  kislotani  fenol  qizili  indikatori  ishtirokida 

natriy gidroksidning 0,1 mol/l eritmasi bilan titrlanadi. 

 

Ftoruratsil  mikdorini  yana  suvsiz  muhitda  kislota-asos  titrlash  usuli  bo‗yicha  aniqlanadi. 



Bunda  ma‘lum  miqdordagi  preparatning  dimetilfor-mamiddagi  eritmasini  timol  ko‗ki  indikatori 

ishtirokida  natriy  gidroksidning  metanol-benzol  (1:3)  aralashmasidagi  0,1  mol/l  eritmasi  bilan 

suyuqlik ko‗k rangga bo‗yalguncha titrlanadi. 



Pharmaceutical chemistry  

Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T.. 

 

296 


 

 

Kaliy  orotatning  miqdorini  neytrallash  usuli  bo‗yicha  aniqlanadi.  Buning  uchun  preparatning 



ma‘lum  miqdorini  avval  maxsus  platinadan  yasalgan  tigelchada  yuqori  haroratda  (600°S  gacha) 

qizdirib  parchalanadi.  So‗ngra  tigelchada  qolgan  qoldiq  —  K

2

SOz  ni  suvda  eritib,  eritmani 



metiloranj indikatori ishtirokida suyuqlik qizil rangga o‗tguncha  xlorid  kislotaning  0,1  mol/l eritmasi 

bilan titrlanadi. 

 

Ftorafurning  mikdorini  bromatometrik  usul  yordamida  aniqlanadi.  Bu  usul  preparat 



molekulasidagi  ftoruratsil  halqasini  bromlashga  asoslangan.  Ma‘lum  miqdordagi  preparatni  suvdagi 

eritmasiga suyultirilgan xlorid kislota, kaliy bromid va aniq hajmda ortig‗icha kaliy bromatning 0,1 

mol/l  eritmasidan  qo‗shiladi.  Suyuqlik  biroz  turgach,  unga  kaliy  yodid  eritmasi  qo‗shib,  so‗ngra 

ajralib  chiqqan  erkin  yodni  kraxmal  indikatori  ishtirokida  natriy  tiosulfatning  0,1  mol/l  eritmasi 

bilan titrlanadi. 

 

 



Uratsil  qator  preparatlarining  mikdori  yana  spektrofotometrik  usul  bo‗yicha  ham  aniqlanadi. 

Masalan,  ftoruratsilning  0,1  mol/l  xlorid  kislotadagi  0,001  %  li  eritmasini  265  nm,  ftorafurning  0,1 

mol/l natriy gidroksiddagi 0,002 % li eritmasini 270 nm va kaliy orotatning 0,1 mol/l ishqordagi 0,001 

%  li  eritmasini  285  nm  to‗lqin  uzunligida  nur  yutish  ko‗rsatkichini  spektrofotometrda  o‗lchab 

aniqlanadi. 

Ftoruratsil  va  ftorafurni  me‘da,  to‗g‗ri  va  yo‗g‗on  ichaq  o‗pka  va  boshqa  a‘zolardagi  rak 

kasalligini  davolashda  ishlatiladi.  Ftoruratsilning  5  %  li  eritmasi  10—15  mg/kg  miqdorida  venaga 

yuboriladi. 




Pharmaceutical chemistry  

Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T.. 

 

297 


 

Ftorafurning 4 % li eritmasi bir kunda 1—2 marta 30 mg/kg dan venaga yuboriladi. Uni 

yana  kapsulalarda  kuniga  1,2—2  g  miqdordagisi ikki marta bo‗lib  ichiriladi.  Ftoruratsilning  5  %  li 

eritmasi  5  ml  dan,  ftorafurning  4  %  l  eritmasi  esa  10  ml  dan  ampulalarda  chiqariladi.  Ftoruratsil 

yana 0,4 g dai kapsulalarda chiqariladi. 

Kaliy orotat organizmda oqsil almashinuvi jarayoni buzilganda anabolik ta‘sir ko‗rsatadi. Uni 

jigar, o‗t yo‗llari kasalliklarida 0,25—0,5 g dan kuniga 2—3 marta ichiriladi. Kaliy orotat 0,5 g dan 

tabletkalarda chiqariladi. 

Ftoruratsil  bilan  ftorafurni  «A»  ro‗yxati  bo‗yicha  og‗zi  maxkam  berkitilgan  idishlarda, 

yorug‗lik tushmaydigan joyda saqlanadi. 

Kaliy orotatni oddiy sharoitda og‗zi maxkam berkitilgan idishlarda saqlanadi. 

Dopiridamol 

preparati 

chinligi 

IQ-spektrometrik 

va 


yuqori 

samarali 

suyuqlik 

xromatografiya usulida aniqlanadi. 

Miqdori  yuqori  samarali  suyuqlik xromatografiya  usulida  standart namuna  bilan taqqoslab 

aniqlanadi.  

Atsiklovir  chinligi  IQ  –  spektrometrik  usulda  standart  namuna  eritmasi  bilan  taqqoslab 

aniqlanadi. 

Atsiklovir  chinligi  yupqa  qatlam  xromatografiya  usulida  aniqlanadi.  Bunda  silikagel 

plastinkasi, erituvchilar aralashmasi sifatida p-propanol:kons.ammiak: difenilformamid (60:30:10) 

dan foydalaniladi. 254 nm to‗lqin uzunligida UB nur spektrida ko‗riladi. 

Miqdori  suvsiz  muxitda  kislota  asoso  titrlash  (potensiometrik  titrlash)  usulida  aniqlanadi. 

Aniq  tortib  oolingan  preparatni  muz.  sirka  kislotasida  eritib,  0,1  N  perxlorat  kislotasi  bilan 

neytrallanadi. Indikator sifatida ko‗k – yashil kristallik binafshasidan foydalaniladi. 

Tibbiyotda  virusga  qarshi  vosita  sifatida  keng  qo‗llaniladi.  Maxkam  berkitilgan  idishda, 

quruq va qorong‗u xonada saqlanadi. 

Doksazozin  chinligi  va  miqdori  yuqori  samarali  suyuqlik  xromatografiya  usulida 

aniqlanadi.  

Tibbiyotda selektiv ta‘sirga ega alfa

1

-adrenoblokator sifatida qo‗llaniladi.  




Download 7,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   437




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish