Farmatsevtik kimyo


Miqdori:  Suvsiz  muhitda  kislota  asos  titrlash  usuli  Ishlatilishi



Download 7,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet245/437
Sana26.09.2021
Hajmi7,47 Mb.
#186417
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   437
Bog'liq
farmxim

Miqdori:  Suvsiz  muhitda  kislota  asos  titrlash 

usuli 


Ishlatilishi:Amyobali 

dizenteriyada 

qo‗llaniladi   

 

YUqorida nomi keltirilgan preparatlarning chinligini aniqlashda umumiy reaksiya sifatida, ular 



molekulasidagi fenol gidroksiliga xos temir (III) xlorid bilan turli rangga bo‗yalgan birikma hosil qilish 

reaksiyasidan  foydalaniladi.  Masalan,  xinozolning  suvdagi  eritmasi  temir(III)  xlorid  ta‘sirida 




Pharmaceutical chemistry  

Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T.. 

 

280 


 

ko‗kimtir-yashil,  nitroksolinning  0,1  mol/l  xlorid  kislotadagi  eritmasi  qoramtir-yashil, 

klioxinolning eritmasi esa ko‗kimtir-yashil rangli birikmalar hosil qiladi. 

Xinozolning suvdagi eritmasiga natriy karbonat eritmasi qo‗shilsa, och sariq cho‗kma holida 

sof 8-oksixinolin cho‗kadi. U natriy karbonatning ortiqchasida eruvchan fenolyat hosil kiladi. 

 

Xinolzoldagi sulfat kislota qoldig‗ini bariy sulfat holida cho‗ktirib aniqlanadi. 



Nitroksolindagi  nitroguruh  asosida  azobo‗yoq  hosil  qilish  reaksiyasi  bo‗yicha  ham  uning 

chinligi  aniqlanadi.  Bunda  avval  nitroguruh  rux  kukuni  va  xlorid  kislota  yordamida 

aminoguruhgacha  qaytariladi.  So‗ngra  unga  natriy  nitrit  va  β-naftolinning  ishqordagi  eritmasi 

qo‗shilsa, to‗k sariq-qizil rangli cho‗kma holida azobo‗yoq hosil bo‗ladi. 

 

Nitroksolinning  chinligi  farmakopeya  maqolasida  keltirilgan  temir  ( III)   xlorid  va  azobo‗yoq 



hosil  qilish  reaksiyalaridan  tashqari,  boshqa  reaksiyalar  bo‗yicha  ham  aniqlanadi.  Masalan,  kukun 

holidagi  nitroksolinga  bir  necha  tomchi  natriy  gidroksid  eritmasi  ta‘sir  ettirilsa,  u  boshqa 

nitroaromatik birikmalarga o‗xshash, qizil rangli psevdonitrotuz hosil qiladi. 

 

Preparat tarkibidagi nitroguruhni yana konsentrlangan sulfat kislota ishtirokida difenilaminni 



ko‗k rangga bo‗yashi bo‗yicha ham aniqlanadi. 


Pharmaceutical chemistry  

Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T.. 

 

281 


 

Klioxinolning  chinligini  aniqlashda  yukorida  ko‗rsatib  o‗tilgan  temir  ( I I I ) xlorid  bilan  undagi 

fenol  gidroksiliga  xos  reaksiyadan  tashqari,  uni  spektrofotometrik  hamda  xromatometrik  usullar 

orqali ham aniqlanadi. 

Preparatdagi  organik  birikkan  xlor  va  yodni  aniqlashda  uni  natriy,  kaliy  karbonat  va  kaliy 

nitrat  tuzlaridan  tashkil  topgan  aralashma  bilan  yukori  haroratda  qizdirib  parchalanadi.  So‗ngra 

aralashmani  suvda  eritib,  eritmadagi  xlor  va  yod  ionlarini  o‗ziga  xos  reaksiyalar  yordamida 

aniqlanadi.  Masalan,  yod  ionini  aniqlashda  eritmaga xlorid  kislota, natriy nitrit eritmasi va xloroform 

qo‗shib chayqatilsa, reaksiya natijasida ajralib chiqqan erkin yod xloroform qatlamini binafsha rangga 

bo‗yaydi. 

Xlor  ionini  eritmadan  nitrat  kislota  muhitida  kumush  nitrat  bilan  cho‗ktirib  aniqlanadi.  Bunda 

bir  vaqtning  o‗zida  sariq  cho‗kma  holida  kumush  yodid  ham  cho‗kadi.  Kumush  xlor  va  kumush 

yodlarni ammiak eritmasiga bo‗lgan munosabatlari orqali ajratib aniqlanadi. 

Xinozolning  miqdori  uning  tarkibidagi  sulfat  kislota  asosida  neytrallash  usuli  bo‗yicha 

aniqlanadi.  Bunda  ma‘lum  miqdordagi  preparat  eritmasi  fenolftalein  indikatori  va  xloroform 

ishtirokida natriy gidroksidning 0,1 mol/l eritmasi bilan titrlanadi. 

 

 

Xinozolning  miqdorini  yana  ko‗pchilik  fenollarga  o‗xshash  quyidagi  reaksiyalarga 



asoslangan holda bromatometrik va yodxlorometrik usullar bo‗yicha ham aniqlanadi. 

Reaksiyaga  kirishmay  qolgan  brom  yoki  yodxlorning  ortiqchasini  eritmaga  kaliy  yodid 

qo‗shib, so‗ngra ajralib chiqqan erkin yodni natriy tiosulfatning 0,1 mol/l eritmasi bilan titrlanadi. 

 

 



Nitroksolinning mikdori suvsiz muhitda kislota-asos titrlash usuli bo‗yicha aniqlanadi. Buning 

uchun  ma‘lum  miqdordagi  preparatning  dimetilformamiddagi  eritmasini  timol  ko‗ki  indikatori 

ishtirokida  natriy  metilatning  0,1  mol/l  eritmasi  bilan  suyuqlik  sariq  rangdan  ko‗k-yashil  rangga 

o‗tguncha titrlanadi. 




Pharmaceutical chemistry  

Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T.. 

 

282 


 

 

 



Klioxinolning  miqdori  ham  suvsiz  muhitda  kislota-asos  titrlash  usuli  bo‗yicha  aniqlanadi. 

Preparatning  suvsiz  sirka  kislotadagi  eritmasi  kristallik  binafsha  indikatori  ishtirokida  perxlorat 

kislotaning 0,1 mol/l suvsiz sirka kislotadagi eritmasi bilan suyuqlik och yashil rangga bo‗yalguncha 

titrlanadi. 

Xinozol  antiseptik  va  qon  to‗xtatish  xususiyatiga  ega.  Uning  suvdagi  (1:1000,2:1000) 

eritmalari  antiseptik  modda  sifatida  yaralarni  yuvishda  va  ginekologiya  amaliyotida  ishlatiladi.  Uni 

talk yoki kraxmal bilan bo‗lgan 2 % li aralashmasi sepma va 5 % li malham holida ham ishlatiladi. 

Nitroksolinni asosan urologiya amaliyotida pielonefrit, sistit, uretit va boshqa kasalliklarni 

davolashda  0,1  g  dan  kuniga  4  marta  ichiriladi.  Preparat  0,05  g  dan  ko‗ng‗ir  qobiq  bilan 

qoplangan tabletkalarda chiqariladi. 

Klioxinol  enterokolit,  amyobali  va  bakteriyali  dizenteriya  va  boshqa  kasalliklarni 

davolashda 0,25 g dan chiqariladi. 

Xinozolni oddiy sharoitda og‗zi mahkam berkitilgan i di s hda   s aql anadi .   Nit roksoli n   v a 

kl i oxi nol   es a  «B»  ro‗yxati  bo‗yicha,  yorug‗lik  ta‘siridan  ehtiyot  qilingan  holda  quruq  joylarda 

saqlanishi zarur. 


Download 7,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   437




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish