Farmatsevtik kimyo


CHinligi: YUSSX usuli  Miqdori



Download 7,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet219/437
Sana26.09.2021
Hajmi7,47 Mb.
#186417
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   437
Bog'liq
farmxim

CHinligi: YUSSX usuli 

Miqdori: YUSSX usuli 

Dori shakli: Tabletka 

 

YUqorida nomi  keltirilgan  preparatlarning  kimyoviy  tuzilishlari  bir-birga  yaqin  bo‗lganliklari 



sababli, ularning chinligini aniqlashda qo‗llaniladigan reaksiyalarning ko‗pchiligi umumiydir. Masalan, 

nikotin  kislota  va  nikotinamidni  natriy  karbonat  bilan  aralashtirib  qizdirilganda,  ularning 

dekorboksillanib  ketishi  hisobiga  yoqimsiz  piridin  hidi  keladi.  Bu  reaksiyadan  nikodinni  aniqlashda 

ham foydalanish mumkin. 

 

Nikotinamid  va nikodinlarni  natriy  gidroksid  eritmasi  bilan  qaynaguncha  qizdirilganda,  ular 



parchalanib, ammiak ajratib chiqaradi. Uni hididan yoki suv bilan ho‗llangan qizil lakmus qog‗ozini 

ko‗k rangga bo‗yashi bo‗yicha bilinadi. 




Pharmaceutical chemistry  

Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T.. 

 

242 


 

 

Dietilamid  nikotin  kislotani  bu  reaksiya  bo‗yicha  aniqlashda  o‗ziga  xos  hidli  dietilamin 



ajratib chiqaradi. 

Nikotin kislota eritmasi mis (II) sulfat eritmasi ta‘sirida ko‗k rangli cho‗kma hosil qiladi. 

 

Ushbu  reaksiyani  ammoniy  rodanid  ishtirokida  olib  borilsa,  u  yashil  rangli  uchlamchi 



kompleks birikmaga o‗tadi. 

Dietilamid  nikotin  kislota  mis  (II)  sulfat  eritmasi  ta‘sirida  ko‗k  rangli  eruvchan  kompleks 

birikma hosil qiladi. U ammoniy rodanid eritmasi ta‘sirida yashil rangli uchlamchi kompleks birikma 

holida cho‗kadi: 

 

Dietilamid  nikotin  kislota  va nikodinning chinligini  yana,  ulardagi  piridin  halkasiga  xos,  2,4- 



dinitroxlorbenzol  bilan  spirt  va  natriy  gidroksid  eritmasi  ishtirokida  qizil  yoki  qo‗ng‗ir-qizil  rangli 

glutakon  aldegid  unumini  (polimetin  birikmasini)  hosil  qilish  reaksiyasi  orqali  aniqlanady. 

Ma‘lumki,  piridin  halqasi  ishkor  va  kislotalarning  gidrolitik  ta‘siriga  nisbatan  barqarordir,  ammo 

undagi  uchlamchi  azotni  biror  modda,  jumladan  2,4-  di-nitroxlorbenzol  ta‘sirida  birmuncha  beqaror 

xossali  to‗rtlamchi  azotli  birikmasi  piridiniy  tuziga  o‗tkazilsa,  u  ishqor  ta‘sirida  engil 

parchalanib,  qizil  yoki  qo‗ng‗ir  qizil  rangli  glutakon  aldegid  hosilasiga  aylanadi.  Ushbu  reaksiyani 

amalga oshirishda dietilamid nikotin kislota yoki nikodinga 2,4- dinitroxlorbenzol va spirt qo‗shib 2—3 

minut davomkda kaynatiladi. Bunda avval u sariq rangli dinitrofenilpiridiniy xlorid tuziga ( I ) ,  so‗ngra 

esa kaliy gidroksid eritmasi ta‘sirida qizil yoki ko‗ng‗ir-qizil rangli glutakonaldegidinning hosilasiga 

o‗tadi ( II) .  U beqaror modda bo‗lib, sekin-asta 2,4-dinitroanilin ( I I I)  va glutakon aldegidigacha (IV) 

(sariq rangli) parchalanishi natijasida rangsizlanadi. 



Pharmaceutical chemistry  

Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T.. 

 

243 


 

 

Bu reaksiyadan 2,6- holatdagi vodorod atomlarini biror radikalga almashilmagan piridii halqa 



saqlagai preparatlarning chinligini aniqlashda foydalaniladi. 

Nikodinning  chinligini  undagi  oksimetilen  guruhi  asosida  aniqlash,  preparatni  nikotin 

kislotasining  boshqa  hosilalaridan  farqlantiradi.  Bunda  xromatrop  kislotaning  dinatriy  tuzi  bilan 

konsentrlangan  sulfat  kislota  aralashmasiga  nikodin  qo‗shilsa,  aralashma  qizil-binafsha  rangga 

bo‗yaladi. 

 

Reaksiya  natijasida  ajralib  chiqqan  formaldegid  keyinchalik  xromatrop  kislotasi  ( I )   bilan 



kondensirlanib,  avval  metilendixromatrop  kislotasiga  ( I I ) ,   so‗ngra  esa  u  sulfat  kislota  va  harorat 

ta‘sirida oksidlanib, qizil-binafsha rangli xromatrop kislotaning paraxinoid ( I I I )  hosilasiga o‗tadi: 




Pharmaceutical chemistry  

Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T.. 

 

244 


 

 

Koamidning  chinligini  aniqlashda  uning  tarkibini  tashkil  qilgan  nikotinamid,  kobalt  va  xlor 



elementlarining  har  qaysisi  ayrim  holda  isbotlanadi.  Masalan,  kobaltni  preparatning  suvdagi 

eritmasiga ammoniy fosfat eritmasi ta‘sir ettirib, plastinka shaklida binafsha rangli, yaltiroq cho‗kma 

holida cho‗ktirib aniqlanadi. 

 

Preparatdagi kobaltni yana ammoniy rodanidning izoamil spirtidagi to‗yingan eritmasi ta‘sirida 



ko‗k rangli rodanid kompleks tuziga o‗tkazib ham aniqlanadi. 

 

Preparat  asosini  tashkil  qilgan  nikotinamidni,  uning  chinligini  aniqlashda  keltirilgan 



reaksiyalardan foydalaniladi.  Masalan,  koamid eritmasiga natriy  gidroksid  qo‗shib  qizdirilganda, 

ammiak ajralib chiqadi. Uni odatdagicha hididan yoki qizil lakmus qog‗ozini ko‗k rangga bo‗yashi 

orqali bilinadi. 

 

Feramidning  chinligini  aniqlashda  undagi  ikki  valentli  temirni  kaliy  geksatsianoferrat  ( I I I )  



bilan ko‗k rangli cho‗kma holida cho‗ktirib isbotlanadi. 

 

Feramid  tarkibidagi  nikotinamidni  ham  koamidga  uxshash  natriy  gidroksid  bilan 



qizdirilganda  ajralib  chiqqan  ammiak  bo‗yicha  aniqlanadi.  YAna  preparatiing  quruq  o‗zini  natriy 

karbonat bilan birgalikda qizdirilganda, yokimsiz piridin hidi kelishi bilan bilinadi. 




Pharmaceutical chemistry  

Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T.. 

 

245 


 

 

Koamid  va  feramid  preparatlaridagi  xlorni  odatdagicha  nitrat kislota sharoitida k^mush xlorid 



holida cho‗ktirib aniqlanadi. 

Piridin-3-karbon kislota qator preparatlarning mikdori turli kimyoviy va fizik-kimyoviy usullar 

yordamida aniqlanadi. Masalan, Davlat farmakopeyasi nikotin kislotaning miqdorini neytrallash usuli 

bo‗yicha  aniqlashni  tavsiya  qiladi.  Bunda  ma‘lum  miqdordagi  preparatning  suvdagi  eritmasini 

fenolftalein indikatori ishtirokida natriy gidroksidning 0,1 mol/l eritmasi bilan titrlanadi. 

 

Nikotin  kislotaning  miqdorini  yana  yodometrik  usul  bo‗yicha  ham  aniqlash  mumkin.  Bunda 



ma‘lum  miqdordagi  preparatning  suvdagi  eritmasi  avval  fenolftalein  indikatori  ishtirokida"  natriy 

gidroksidning  0,1  mol/l  eritmasi  bilan  neytrallanadi.  So‗ngra  unga  tegishli  hajmda  ortiqcha  5%  li 

mis  (II)  sulfat  eritmasi  qo‗shiladi.  Keyinchalik  aralashmani  filtrlab,  reaksiyaga  kirishmay 

qolgan mis ( I I)  sulfatning ortiqchasini xlorid kislota ishtirokida yodometrik usul bilan aniqlanadi. 

 

Nikotinamidning  miqdorini  Davlat  farmakopeyasi  talabi  bo‗yicha  suvsiz muhitda kislota-asos 



usuli  bo‗yicha  titrlab  aniqlanadi.  Buning  uchun  ma‘lum  miqdordagi  preparatni  suvsiz  atsetat 

kislotadagi  eritmasini  kristall  binafsha  indikatori  ishtirokida  perxlorat  kislotasining  suvsiz  sirka 

kislotadagi 0,1 mol/l eritmasi bilan titrlanadi. 

 

 




Pharmaceutical chemistry  

Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T.. 

 

246 


 

Nikotinamidning  miqdori  undagi  amid  guruhi  asosida  neytrallash  usuli  bo‗yicha  ham 

aniqlanadi. Buning uchun preparatning ma‘lum miqdordagi eritmasi solingan Keldal kolbasiga 30% li 

natriy  gidroksid  eritmasi  qo‗shib,  uni  sovutgich orkali bor kislota eritmasi solingan  kolbaga  ulanadi. 

Reaksiya natijasida ajralib chiqkan ammiakni suv bug‗lari yordamida bor kislota eritmasi solingan 

kolbaga  haydaladi.  «So‗ngra  uni  metiloranj  indikatori  ishtirokida  xlorid  kislotasining  0,1  mol/l 

eritmasi bilan titrlanadi. 

 

Nikodinning  miqdori  uning  kimyoviy  tuzilishidagi  oksimetilen  guruhi  asosida  yodometrik 



usul  bo‗yicha  aniqlanadi.  Bu  usul  natriy  gidroksid  eritmasi  ta‘sirida  preparatning  gidrolizlanishi  va 

natijada  ajralib  chiqqan  formaldegidning  ishqoriy  muhitda  yod  bilan  oksidlanishiga  asoslangan. 

Reaksiyani amalga oshirishda preparatning ma‘lum miqdoriga ortik hajmda 0,1 mol/l yod eritmasi va 

natriy  gidroksid  eritmasi  qo‗shib,  ma‘lum  vaqtgacha  qorong‗i  joyga  ko‗yiladi.  So‗ngra  eritmadagi 

yodning ortiqchasi xlorid kislota muhitida natriy tiosulfatning 0,1 mol/l eritmasi bilan titrlanadi. 

 

Dietilamid  nikotin  kislotaning miqdorini Davlat  farmakopeyasida  keltirilgan  neytrallash  usuli 



bo‗yicha  aniqlanadi.  Bunda  avval  ma‘lum  miqdordagi  preparatni  bir  xil  hajmda  olingan 

konsentrlangan sulfat kislota va suv aralashmasi bilan qaynatish yordamida parchalanadi. 

 

So‗ngra  gidroliz  natijasida  hosil  bo‗lgan  dietilaminsulfatni  Keldal  kolbasiga  o‗tkazib,  unga 



natriy  gidroksid  eritmasi  qo‗shiladi  va  sovutgichga  ulangan  holda  ajralib  chiqsan  dietilaminni  suv 

bug‗lari yordamida bor kislota eritmasi solingan kolbaga haydaladi. 




Pharmaceutical chemistry  

Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T.. 

 

247 


 

 

Reaksiya  oxirida  eritmadagi  dietilaminometaboratni  xlorid  kislotasining  0,1  mol/l  eritmasi 



titrlanadi. 

 

Koamidning  miqdorini  uning  kimyoviy  tuzilishidagi  xlor  va  kobalt  elementlari  bo‗yicha 



aniqlanadi. Masalan, xlor bo‗yicha argentometrik usulda aniqlashda ma‘lum miqdordagi preparatning 

suvdagi  eritmasini  sirka  kislota  muhitida  va  bromfenol  ko‗ki  indikatori  ishtirokida  reaksiya  natijasida 

hosil bo‗lgan cho‗kma binafsha rangga bo‗yalgunga qadar kumush nitratning 0,1 mol/l eritmasi bilan 

titrlanadi. 

Preparatning  miqdori  kobalt  bo‗yicha  tortma  va  hajmiy  usullar  bo‗yicha  ham  aniqlanadi. 

Tortma  usulda  koamiddagi  kobaltni  SoNN

4

RO

4



  ·  N

2

O  holida  cho‗ktirib,  so‗ngra  uni  avval  spirt, 



keyin  esa  efir  bilan  yuvilgandan  so‗ng,  quritib  tortiladi.  Hajmiy  usulda  esa  ma‘lum  miqdordagi 

preparatning  suvdagi  eritmasini  rN  qiymati  5  ga  teng  atsetat  buferi  hamda  ksilenol  to‗q-sariq 

indikatori ishtirokida undagi kobaltni suyuqlik binafsha rangdan to‗q-sariq rangga o‗tgunga qadar, 

trilon B ning 0,05 mol/l eritmasi bilan titrlanadi.  

Feramid  tarkibidagi  ikki  valentli  temir  asosida  uning  miqdorini  dixromatometrik  usul 

bo‗yicha  aniqlanadi.  Buning  uchun  preparatning  ma‘lum  miqdorini  sulfat  va  fosfat  kislota  hamda 

difenilamin  indikatori  ishtirokida  suyuqlik  ko‗k  rangga  bo‗yalguncha,  kaliy  dixromatning  0,1  mol/l 

eritmasi  bilan  titrlanadi.  Bunda  eritmaga  qo‗shilgan  fosfat  kislota  reaksiya  natijasida  hosil 

bo‗lgan uch valentli temirni biriktirib, dissotsiyalanmaydigan G‗eRO

4

 tuziga o‗tkazadi. 



 

Reaksiyaning ekvalent nuqtasida bir tomchi ortiqcha qo‗shilgan kaliy dixromat suyuqlikdagi 

difenilaminni oksidlab, ko‗k rangga bo‗yaydi: 

 



Pharmaceutical chemistry  

Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T.. 

 

248 


 

Nikotin  kislota  va  nikotinamid  pellagra  kasalligiga  qarshi  o‗ziga  xos  modda  bo‗lishi  bilan 

birga,  ular  yana  organizmda  qand,  oksil  va  holesterin  almashinuvida  ishtirok  etadi.  Preparatlarni 

jigar,  yurak,  tyori  kasalliklarida,  qon  tomir  spazmasida  kukun,  tabletka  holida  0,02—0,05  g  dan 

0,1 g gacha kuniga 2—3 marta ichiriladi yoki 1—2,5—5,0% li eritma holida venaga, mushak orasi va 

teri ostiga 1—2 ml dan kuniga 1—2 marta yuboriladi. 

Dietilamid  nikotin  kislotaning  25%  li  suvdagi  eritmasi  tibbiyotda  ko‗llash  uchun  kordiamin 

nomi bilan chiqariladi. Uni nerv sistemasini, nafas yo‗li va yurak ish faoliyatini  yaxshilovchi modda 

sifatida  ishlatiladi.  Kordiaminni  10—15  tomchidan  ichiriladi  yoki  uning  sterillangan  eritmasi  teri 

ostiga, mushak orasiga va venaga yuboriladi. 

Nikodin  farmakologik  ta‘sir  jihatdan  o‗t  haydovchi,  bakteristatik  va  bakteriotsid  xossaga 

egadir.  Uni  holetsistit,  holingit,  siydik  yo‗llari  infeksiyasida  va  ba‘zi  boshqa  kasalliklarni  davolashda 

0,5—1 g dan kuniga 3—4 marta ichiriladi. 

Koamid gipoxromat va gipoplastik anemiya, qon ketishi natijasida kelib chiqadigan anemiyada 

ishlatiladi. Uning 1% li eritmasi 1 ml dan teri ostiga yuboriladi. 

Feramidning 2% li sterillangan eritmasi yoki 0,1 va 0,2 g dan tabletkasi organizmda qizil 

qon tanachalari kamayib ketgan hollarda qo‗llanadi. 

Nikotin  kislota,  nikotinamid,  nikodin  va  dietilamid  nikotin  kislotalar  og‗zi  mahkam 

berkitilgan idishlarda, yorug‗lik tushmaydigan joylarda «B» ro‗yxat bo‗yicha saqlanadi. 

Koamid va feramid ham kuruk va qorong‗i joyda saqlanadi. 

Amlodipin  besilatning  chinligi  va  miqdori  yuqori  samarali  suyuqlik  xromatografiya  usulida 

standart namuna eritmasi bilan taqqoslab aniqlanadi. 

Tibbiyotda kalsiy kanalining blokatori sifatida qo‗llaniladi. 


Download 7,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   437




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish