Farmatsevtik kimyo



Download 7,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet209/437
Sana26.09.2021
Hajmi7,47 Mb.
#186417
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   437
Bog'liq
farmxim

FENIGIDIN, KORINFAR 

Phenigidinum 

2,6-dimetil-4-(2-  nitrofenil)-1,4-digidropiridin 

—3,5-karbon  

kislota metil efiri 

Fenigidin  sariq  rangli,  kristall  kukun  bo‗lib, 

suvda deyarli erimaydi, spirtda qiyin eriydi. 



CHinligi:  

1. 


 YUQX usuli 

2. 


 Spektrofotometrik usul  

3. 


 Azobo‗yoq hosil qilish reaksiyasi  

Miqdori: Spektrofotometrik usul  

Ishlatilishi: Antianginal 

va antigipertenziv modda sifatida 



Dori shakli: Sariq kobik bilan qoplangan 

tabletka (drajelarda) 0,01 g   



PIRIDOKSIN GIDROXLORID 

 Pyridoxini hydrochloridum 

2-Metil-3-oksi-4,5-dioksimetil-piridin gidroxlorid. 



 

Oq mayda kristallik kukun. Suvda oson, spirtda qiyin eriydi. 



PIRIDOKSALFOSFAT 

Pyridoxalphosphatum 

5-(2-Metil-3-oksi-4-formilpiridil)-metilfosfor kislota 




Pharmaceutical chemistry  

Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T.. 

 

231 


 

 

Och sariq kristallik kukun. Yorug`likda beqaror. Suvda kam eruvchan; spirtda deyarli erimaydi. 

Piridoksin  gidroxloridning  chinligini  Davlat  farmakopeyasida  keltirilgan  quyidagi  usullar 

yordamida aniqlanadi. Preparat eritmasiga 2,6- dixlorxinonxlorimid, ammiakli bufer eritmasi va butil 

spirti qo‗shib chayqatilsa, aralashmaning butil spirti qatlamida havo rangli indofenol turidagi modda 

hosil bo‗ladi. 

 

Bu  reaksiya  yana  bir  bor  geterotsiklik  xalqadagi  gidroksil  guruhi  fenol  xarakterda 



ekanligini  tasdiqlaydi.  CHunki  indofenol  xarakterdagi  bo‗yoq  moddalarni  fakat  fenol  gidroksiliga 

nisbatan, para holatdagi uglerod atomi o‗rinbosar saqlanmagan fenollargina hosil qiladi. 

Indofenol  hosil  qilish  reaksiyasidan  piridoksal  fosfat  chinligini  aniqlashda  ham 

foydalaniladi.  Fakat  bunda  butil  spirt  qatlami  avval  yashil  rangga  bo‗yaladi,  so‗ngra  esa 

ko‗ng‗ir rangga o‗tadi. 

Piridoksin  gidroxlorid  molekula  tuzilishidagi  fenol  xossaga  ega  bo‗lgan  gidroksil  guruhi 

hisobiga  temir  (III)  xlorid  bilan  sulfat  kislota  ta‘sirida  o‗chib  ketuvchi  qizil  rangli  birikma  hosil 

qiladi. 


Davlat  farmakopeyasida  keltirilgan  yuqoridagi  reaksiyalardan  tashkari,  piridoksin 

chinlignni   aniqlashda  yana  A.  Aliev  tavsiya  qilgan  azobo‗yoq  hosil  qilish  reaksiyasidan 

foydalaniladi.  Bunda  preparatning  suvdagi  eritmasiga,  tarkibida  katalizator  sifatida  rux  xlorid 

saqlagan norsulfazolni diazoniy tuzining suv-spirtdagi eritmasidan qo‗shilganda qizil binafsha rangli 

azobo‗yoq shaklida kompleks birikma hosil bo‗ladi. 

 



Pharmaceutical chemistry  

Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T.. 

 

232 


 

 

Piridoksalfosfatning chinligini spektrofotometrik usul bo‗yicha xam aniqlanadi. Uning 0,003% 



li eritmasi rN qiymati 7 ga teng bo‗lgan fosfat buferi muhitida 280 nm dan 450 nm to‗lqin uzunlik 

sohasidagi maksimum nur yutishi 330 va 388 nm to‗lqin uzunligida bo‗ladi. 

Piridoksalfosfatni  molekula  tuzilishidagi  aldegid  guruhi  asosida,  uning xlorid  kislota muhitida 

fenilgidrazin gidroxlorid bilan sariq. rangli cho‗kma hosil qilishi bo‗yicha ham chinligi aniqlanadi. 

 

Piridoksalfosfat tarkibidagi efirsimon birikkan fosfat kislota qoldig‗ini, uni suyultirilgan nitrat 



kislota bila n   qaynatish  yordamida  gidrolizlab, so‗ngra  fosfat  ionini  odatdagicha  ammoniy  molibdat 

eritmasi ta‘sirida sarik cho‗kma holida cho‗ktirib aniqlanadi. 

 

Piridoksin  gidroxloridning  miqdorini  aniqlashga,  juda  ko‗p  turli  usullar  tavsiya  qilingan 



bo‗lib,  ulardan  farmatsevtika  tahlilida  suvsiz  muhitda  kislota-asos  titrlash  usulida,  preparat 

tarkibidagi  vodorod  xlorid  asosida  neytrallash,  merkurimetriya  hamda  rangli  reaksiyalar  asosida 

fotokolorimetriya, shuningdek spektrofotometriya usullaridan foydalaniladi. 

Davlat  farmakopeyasi  bo‗yicha  piridoksin  gidroxloridni  suvsiz  muhitda  kislota-asos  titrlash 

usulida aniqlashda preparatning suvsiz sirka kislotadagi eritmasini simob (II) atsetat va kristallik 

binafsha indikatori ishtirokida perxlorat kislotasining 0,1 mol/l suvsiz sirka kislotadagi eritmasi bilan 

suyuqlik yashil rangga o‗tgungacha titrlanadi: 

 



Pharmaceutical chemistry  

Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T.. 

 

233 


 

Piridoksalfosfatning  miqdorini  uning  0,002%  li  rN  kiymati  7  ga  teng  bo‗lgan  fosfat 

buferidagi  eritmasini  388  nm  to‗lqin  uzunligida  optik  zichligini  spektrofotometrda  o‗lchab 

aniqlanadi. 

Piridoksin  gidroxloridni homiladorlik toksikozlarida,  parkinsonizmning  turli  hollarida,  gepatit, 

pellagra,  radioaktiv  nurlar  ta‘sirida  kelib  chiqadigan  kasalliklarni  davolashda  kukun,  tabletka  holida 

ichiriladi  yoki  1—5%  li  eritmasi  in‘eksiyada  ishlatiladi.  Uni  kuniga  2—3  marta  0,001—0,002  g  va 

0,003 g dan ichiriladi. Preparatni kukun va tabletkada 0,002; 0,005 va 0,01 dan va 5% li eritmasi 1 ml 

dan ampulalarda chiqariladi. 

Piridoksalfosfatning  ham  farmakologik  ta‘siri  piridoksin  gidroxloridnikiga  o‗xshashdir.  Faqat 

teri  kasalliklariga  (ekzema,  psoriaz  va  boshqalarda)  nisbatan  kuchli  ta‘sir  ko‗rsatadi.  Uni 

0,02—0,04  g  dan  kuniga  3—5 marta ichiriladi. Piridoksalfosfatni tabletkalarda 0,01—0,02 g dan 

sariq qobiq bilan koplangan holda chiqariladi. 

Piridoksin  gidroxlorid  va  piridoksalfosfatni  og‗zi  mahkam  yopilgan  idishlarda  salqin  va 

qorong‗i joylarda saqlanadi. 

Hozirgi  vaqtda  vitamin  Vb  ning  kimyoviy  tuzilishi  jixatidan  unga  o‗xshash  ko‗p  sonli 

hosilalari olingan bo‗lib, ularning ba‘zilari ayni vitaminga nisbatan antagonist ta‘sir ko‗rsatadi. Ularga 

quyidagi moddalar misol bo‗ladi: 

 

Olimlarning keyingi yillarda piridoksinning turli hosilalarini olish borasida olib borgan samarali 



izlanishlari  natijasida  uning  yangidan  yangi  dori  hosilalari  yaratildi.  Ulardan  piridoksinning  disulfid 

hosilasi — piriditol tibbiyotda turli kasalliklarni davolashda keng qo‗llanilmoqda.

15

 

Kupir  chinligi  IQ  –  spektrofotometrik  usulda  aniqlanadi.  Preparatning  IK  spektri  400-4000 



sm

-1 


maydon oralig‗ida standart namuna spektrlari bilan mos tushishi lozim. CHinligi 1 ml eritmaga 

0,5  ml  kons.  ammiak  eritmasi  qo‗shiladi,  och  –  ko‗k  rangli  eritma  xosil  bo‗ladi.  Xlor  ioniga  xos 

kumush nitrat eritmasi bilan oq pishloqsimon cho‗kma hosil qilish reaksiyasi bilan aniqlanadi.   

Kupirning miqdori rN 4-6,5 (atsetat bufer) da piridin -2-azo-1-2-naftol indikatori ishtirokida 

0,05 M tiron B eritmasi bilan eritmaning rangi to‗q binafshadan ko‗k-yashil rangga o‗tguniga qadar 

titrlash orqali aniqlanadi (kompleksonometrik usul).  

Tibbiyotda vitiligo va sil kasalliklarida keng qo‗llaniladi. 

                                                             

12. 

15

 



A.N.Yunushodjaev,  Q.A.Ubaydullaev  va  b.  Farmatsevtik  kimyo.    Toshkent,  «Extremum 

press», 2011 

 



Pharmaceutical chemistry  

Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T.. 

 

234 


 

 Xloropiramina  gidroxlorid  chinligini  aniqlashda  UB  spektrofotometrik  usul  qo‗llaniladi. 

Bunda  UB  spektrlar  210  nm  va  350  nm  oralig‗ida  maksimum  to‗lqin  uzunligi  222±2,  239±2  va 

313±2 nm ni tashkil etishi lozim. 

  Xloropiramina  gidroxlorid  miqdori  spektrofotometriya  usulida  2  39  nm  to‗lqin  uzunligida 

optik zichligi aniqlanadi.  

Tibbiyotda allergiyaga qarshi dori sifatida keng qo‗llaniladi.   

Omeprazolning  chinligi  va  miqdori  yuqori  samarali  suyuqlik  xromatografiya  usulida 

aniqlanadi. 

Tibbiyotda N

2

-gistamino retseptor antagonisti sifatida ishlatiladi.    




Download 7,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   437




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish