Pharmaceutical chemistry
Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T..
11
II.
ISHCHI DASTUR
Kirish
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadi—ta'lim soxasini tubdan isloh qilish, uni
o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan de-
mokratik davlatlar darajasida, yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori
malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir. Dunyoga yangi ko‘z bilan qaraydigan,
uddaburon, ishning ko‘zini biluvchi, buyuk kelajagimiz poydevorini quruvchi va yuksaltiruvchi
mutaxassis kadrlarni tayyorlash, respublikamiz pedagoglari oldida turgan eng muhim va
mas'uliyatli vazifadir.
Ushbu modernizatsiya qilingan fan dasturi Vazirlikning 2008 yil 30 maydagi ―Fan
dasturlarini modernizatsiya qilishni tashkil etish to‘g‘risida‖gi 160-sonli buyrug‘ida
belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida, ―Fanlarning o‘quv dasturlarini
modernizatsiya qilish bo‘yicha yo‘riqnoma‖ va ―Fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlarini yaratish
tartibi‖ asosida ishlab chiqilgan.
Farmatsevtik kimyo farmatsiya fanlari orasida etakchi o‘rinlardan birini egallab, dori
moddalarning olinishi, kimyoviy tuzilishini aniqlash, sifatini nazorat qilish va standartlash,
turg‘unligini, saqlash muddatini aniqlash va saqlash sharoitini belgilab berish kabi
muammolarni hal etadi.
Ushbu fan asos kimyo va fizika, tibbiyot fanlarining qonuniyatlari va usullaridan dori
vositalarini izlab topish, ularni sifatini nazorat qilish uchun foydalanib, dori moddalari va dori
preparatlarining sifatini baxolash, shuningdek biofarmatsevtik, farmakokinetik tahlil usullarini
ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Dori vositalari uchun asosiy sifat standartlari bo‘lgan
me'yoriy hujjatlar, ularning tuzilishi, ko‘rsatkichlarini aniqlash usullarini ishlab chiqish va
takomillashtirish, dori vositalarining barqarorligini ta'minlash va yaroqlilik muddatini aniqlash,
saqlash sharoitlarini belgilab berish ham ushbu fan zimmasiga yuklatilgan. Dori vositalarining
sifatliligini ularning tozaligi orqali belgilanganligi uchun ruxsat etilgan va ruxsat etilmagan,
shuningdek yot aralashmalarni aniqlashning aniq va sezgir usullarini ishlab chiqish ham muhim
ahamiyat kasb etadi.
Fanni o‘qitish auditoriya darslari, laboratoriya darslari, mustaqil ta'lim, kurs ishlari,
ishlab chiqarish amaliyoti, hamda takomillashtirilgan dastur asosida bilim berish kabi
shakllardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: