Farmatsevtik kimyo



Download 7,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet279/437
Sana26.09.2021
Hajmi7,47 Mb.
#186417
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   437
Bog'liq
farmxim

KSANTINOL NIKOTINAT 

Xantinoli nicotinas 

7- [2-oksi-Z- (N-metil-r-oksietilamino) -propil] -teofillin nikotinat 

 

 



 

 

 



Ksantinol nikotinat hidsiz, oq kristall kukun bo‗lib, suvda engil eriydi, 95 % li spirtda 

kam eriydi, xloroform va efirda esa erimaydi, U 180—186°S haroratda suyuqlanadi. 

 

Ksantin  hosilalarining  chinligini  aniqlashda  ularning  barchasiga  umumiy  reaksiya 



sifatida  Davlat  farmakopeyasida  keltirilgan  «Mureksid»  hosil  qilish  reaksiyasidan 

foydalaniladi.  Bunda  preparat  pergidrol  yoki  bromli  suv  hamda  suyultirilgan  xlorid  kislota 

solingan  chinni  idishni  to‗la  bug‗languncha  suv  hammomida  isitib,  so‗ngra  unga  bir-ikki 

tomchi  ammiak  eritmasi  tomizilsa,  pushti-qizil  rangli  «Mureksid»  yoki tetrametilpurpur 

kislotaning ammoniyli tuzi hosil bo‗ladi. 

Mureksid  hosil  bo‗lish  reaksiyasining  boshlang‗ich  jarayonida  tahlil  qilinayotgan 

preparat,  masalan,  kofein,  pergidrol  yoki  bromli  suv  ta‘sirida  oksidlanib,  dimetilalloksan 

(uning  tautomer  shakl  o‗zgarishidagi  izomeri  1,  3-dimetil  dialur  kislota)  va 

metilmochevinaga (teofillinni tahlilida mochevinaga) parchalanadi. 

 

                                   Kofein                                            1/3-dimetil-    1,3'bimetil-dia- 



                                                                                         

                                                                                                     alloksan            lur kislota 

 

Reaksiyaning  navbatdagi  jarayoni  hosil  bo‗lgan  1,3-  dimetilalloksan  ( I)   va  uning 



tautomer izomeri  1,3-dimetil  dialur  kislota  ( I I ) - xlorid  kislota ishtirokida  o‗zaro  kislorod 

orqali  birikib,  tetrametilalloksantin  (III)  hosil  qiladi.  U  o‗z  navbatida  ammiak  ta‘sirida 

qizil-pushti rangli tetrametilpurpur kislotasining ammoniyli tuzi yoki mureksidga  (IV)  o‗tadi. 

                                             

 

Kofeinning chinligi yana Davlat farmakopeya ko‗rsatmasi, bo‗yicha uning 



eritmasidan xlorid kislota ishtirokida yod eritmasi  ta‘sirida  qo‗ng‗ir  cho‗kma,  poliyodid  

birikmasi holida cho‗ktirib aniqlanadi: 




Pharmaceutical chemistry  

Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T.. 

 

326 


 

Kofein taninning 0,1 % li eritmasi bilan oq cho‗kma hosil qiladi. CHo‗kma 

reaktivning ortiqchasida eriydi. 

Teobromin  va  teofillinning  chinligi  mureksid  hosil  qilish  reaksiyasidan  tashqari, 

ularni  og‗ir  metall  tuzlari  bilan  rangli  cho‗kma  hosil  qilishi  bo‗yicha  ham  aniqlanadi. 

Masalan,  Davlat  farmakopeyasida  keltirilgan  usulga  ko‗ra,  teofillinni  natriy  gidroksid 

eritmasi  bilan  neytrallab,  olingan  natriyli  tuziga  kobalt  xlorid  eritmasi  qo‗shilsa,  och-

pushtiroq rangli oq cho‗kma hosil bo‗ladi. Teobromin kobalt xlorid bilan ko‗kimtir-havo 

rangli  cho‗kma  hosil  qiladi.  Reaksiya  natijasida  cho‗kma  hosil  bo‗lishi  teofillinning  S  7-

xolatidagi,  teobrominning  esa  S

1

-dolatidagi  vodorod  atomining  kobaltga  almashinishi 



hisobigadir. 

 

Kofein  kobalt  xlorid  bilan  teofillin  va  teobrominga  o‗xshash  reaksiyaga 



kirishmaydi. 

Teofillin  va  teobrominning  natriy  gidroksid  eritmasi  bilan  neytrallab  olingan 

natriyli tuzlari kumush nitrat eritmasi ta‘sirida, teofillin isitilganda suyuqlanib ketadigan, 

sovutilganda  esa  yana  qotib  qoladigan  yarim  tiniq  dirildoq  (ilviragan),  teobromin  esa 

ok, dirildoq modda hosil qiladi.  

 



Pharmaceutical chemistry  

Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T.. 

 

327 


 

 

Teofillin natriy nitroprussidning natriy gidroksiddagi eritmasi bilan yashil rangli modda 



hosil  qiladi.  Rang  kislota  ta‘sirida  uchib  ketadi.  Bu  reaksiyani  boshqa  purin  alkaloidlari 

bermaydi  va  shu  reaksiya  bo‗yicha  teofillin  ulardan  farqlanadi.  Purin  alkaloidlarining 

tibbiyotda  keng  qo‗llanadigan  qo‗sh  molekulyar  tuzlarini,  jumladan  kofein  natriy  benzoat 

va  eufillin  chinligini  aniqlashda  ham  avval  ular  tarkibidagi  kofein  va  teofillin  qoldiqlarini 

odatdagicha  mureksid  hosil  qilish  reaksiyasi  bo‗yicha  aniqdanadi.  Kofein  natriy  benzoatdagi 

benzoy  kislota  qoldig‗ini  temir  ( I I I ) -xlorid  eritmasi  ta‘sirida  sariq-qizg‗ish

 

cho‗kma, 



eufillindagi etilendiamin qoldig‗ini esa mis (II) - sulfat eritmasi ta‘sirida binafsha rangli komp-

leks tuz hosil qilishi bo‗yicha aniqlanadi. 

 

 

YAna  eufillinning  chinligini  uning  eritmasidan  xlorid  kislota  ta‘sirida  teofillinni  asos 



holida  cho‗ktirib,  so‗ngra  cho‗kmani  suyuqlanish  harorati  bo‗yicha  aniqlanadi.  Tozalab  va 

quritilgan teofillin asos 269—274°S haro-ratda suyuqlanishi lozim. 

Eufillin  tarkibidagi  etilendiamin  qoldig‗ini  yuqorida  keltirilgan  farmakopeya  usulidan 

tashqari,  yana  bir  qancha  boshqa      reaksiyalar      orqali      aniqlash      mumkin.      Masalan, 

preparat tarkibidagi etilendiaminni oldindan neytral xlorid, sulfat yoki atsetat tuziga o‗tkazib, 

so‗ngra  unga  sariq-qo‗ng‗ir  natriy  rodizonat  ta‘sir  ettirilsa,  to‗q  binafsha  rangli  kristall 

cho‗kma hosil bo‗ladi. 

 

 



Kofein-natriy  benzoatdagi  natriy  ionini  odatdagicha  alanganing  rangsiz  qismini  sariq 

rangga bo‗yashi bo‗yicha bilinadi. 




Pharmaceutical chemistry  

Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T.. 

 

328 


Teofillinning  yarim  sintetik  hosilalaridan  diprofillin  va  ksantinol  nikotinat  chinligini 

aniqlashda  xam  avval  ulardagi  teofillin  qoldig‗ini  mureksid  hosil  qilish  reaksiyasidan 

foydalaniladi. 

Diprofillinning chinligini yana uni natriy gidroksid eritmasi bilan qizdirilganda ammiak 

ajratib  chiqarishi  orqali  xam  aniqlanadi.  Ammiakni  o‗ziga  xos  hididan  yoki  suv  bilan 

ho‗llangan qizil lakmus qog‗ozini ko‗k rangga bo‗yashi bo‗yicha bilinadi.  

Diprofillin  va  kaliy  bisulfat  solingan  probirkaning  ustiga  natriy  nitroprussid  eritmasi 

bilan  ho‗llangan  filtr  qog‗ozi  yopib  probirkani  qizdirilsa,  filtr  qog‗ozida  ko‗k  dog‗  paydo 

bo‗ladi. Keyinchalik unga 2—Ztomchi 0,1 mol/l natriy gidroksid eritmasi tomizilsa, ko‗k rang 

pushti rangga o‗tadi. 

Ksantinol  nikotinatning  chinligi  mureksid  hosil  qilish  reaksiyasidan  tashqari,  farmakopeya 

maqolasi  talabi  asosida  spektrofotometrik  usul  bo‗yicha  xam  aniqlanadi.  Preparatning  0,1 

mol/l  xlorid  kislotadagi  0,0025  %  li  eritmasi  250  dan  275  nm  to‗lqin  uzunligi  soxasidagi 

maksimum nur yutishi 267 nm da bo‗ladi. 

Ksantinol  nikotinatdagi  nikotin  kislota  qoldig‗ini  yupqa  qatlamli  xromatografiya 

usuli  bo‗yicha  aniqlanadi.  Bunda  xromatografik  plastinka  sifatida  UV-254  markali  silufol, 

erituvchi  sistema  sifatida  esa  butil  va  metil  spirti,  25  %  li  ammiak  eritmasi  xamda 

xloroform  (8:9:6:14  qism)  dan  iborat  aralashma  ishlatiladi.  Xromatogrammani  solishtirish 

uchun  plastinkaning  start  chizig‗iga  guvox  standart  eritma  sifatida  toza  nikotin  kislotasidan 

tayyorlangan  eritma  xam  tomiziladi.  Tahlilning  oxirida  olingan  xromatogrammani 

ultrabinafsha nur oqimida quriladi. 

Ksantinol  nikotinatning  tarkibidagi  nikotin  kislotani  yana  preparatning  quruq 

xolidagisini natriy karbonat bilan qizdirilganda piridin hidini eslatishi bo‗yicha bilinadi. 

 

 



Preparat  tarkibidagi  nikotin  kislota  qoldig‗ini  uning  eritmasiga  mis  (II) -  sulfat  va 

ammoniy rodanid eritmasi ta‘sirida  yashil  rangli  kompleks  birikma hosil  qilishi orqali ham 

aniqlash  mumkin  (nikotin  kislotani  chinligini  aniqlashda  keltirilgan  reaksiyaga  qaralsin). 

Ksantin guruhi preparatlarining miqdori ularning kimyoviy xossalari asosida, turli usullar 

yordamida 

aniqlanadi. 

Masalan, 

sof 


kofeinni 

barcha 


organik 

asoslar- 

ga  o‗xshash  suvsiz  muhitda  kislota-asos  titrlash  usuli  bo‗yicha  aniqlanadi.  Bunda 

preparatning  suvsiz  atsetat  kislota  va  benzoldagi  eritmasini  kristallik  binafsha  indikatori 

ishtirokida suyuqlik sariq rangga o‗tguncha perxlorat kislotaning suvsiz atsetat kislotadagi 

0,1 mol/l eritmasi bilan titrlanadi 

 



Pharmaceutical chemistry  

Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T.. 

 

329 


 

Kofeinning miqdorini yodometrik usul bo‗yicha aniqlash farmatsevtik tahlilda keng 

qo‗llanadi.  Ayniqsa  undan  kofein-natriy  benzoatni  va  murakkab  dori  turlari  tarkibida 

kofeinni  aniqlashda  foydalaniladi.  Yodometrik  usul  bo‗yicha  aniqlashda  ma‘lum 

miqdordagi  preparatning  suvdagi  eritmasiga  kislotali  muhitda  0,1  mol/l  yod  eritmasidan 

aniq hajmda ortiqcha qo‗shiladi. 

So‗ngra  filtratda  reaksiyaga  kirishmay  qolgan  yodning  ortiqchasi  natriy  tiosulfatning 

0,1  mol/l  eritmasi  bilan  titrlanadi.  Bu  usul  kofeinni  yod  bilan  qo‗sh  molekulyar  poliyodid 

birikma hosil qilishga asoslangan (reaksiya chinligini aniqlashda keltirilgan). Yodometrik usul 

Davlat  farmakopeyasida  kofein  benzoat  natriy  tarkibidagi  kofeinning  miqdorini  aniqlashda 

asosiy  usul  sifatida  keltirilgan.  Preparat  tarkibidagi  natriy-benzoatning  miqdori  neytrallash 

usuli  bo‗yicha  aniqlanadi.  Bunda  kofein  benzoat-natriyning  suvda  eritilgan  ma‘lum  miqdori 

efir  va  aralash  indikatori  (1  tomchi  metil  ko‗ki  va  2  tomchi  metiloranj  eritmasi)  ishtirokida 

xlorid kislotasining 0,1 mol/l eritmasi bilan titrlanadi. 

 

Reaksiyadan ajralib chiqqan benzoy kislota efir qatlamiga ekstraksiya qilib olinadi. 



Teofillin  va  teobromin  miqdori  bavosita  neytrallash  usuli  bo‗yicha  aniqlanadi. 

Bunda ma‘lum miqdordagi preparatning suvdagi eritmasiga aniq hajmda kumush nitratning 0,1 

mol/l  eritmasi  qo‗shiladi  va  reaksiya  natijasida  ekvivalent  miqdorda  ajralib  chiqqan  nitrat 

kislotasi  fenol-qizil  indikatori  ishtirokida  eritma  qizil-binafsha  rangga  o‗tguncha  natriy 

gidroksidining 0,1 mol/l eritmasi bilan titrlanadi: 

 

 




Pharmaceutical chemistry  

Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T.. 

 

330 


 

Eufillin  miqdorini  aniqlashda  uning  tarkibini  tashkil  qiluvchi  teofillin  va 

etilendiaminning  har  qaysisi  ayrim  holda  aniqlanadi.  Undagi  toefillinni  sof  teofillinga 

o‗xshash  bevosita  neytrallash  usuli  bo‗yicha  aniqlanadi.  Bunda  avval  ma‘lum  miqdorda 

tortib  olingan  preparatni  125—130°S  haroratda  quritish  shkafida  bug‗latish  yo‗li  bilan 

etilendiamindan ozod qilib, so‗ngra idishda qolgan teofillinning miqdori aniqlanadi. 

Eufillin  tarkibidagi  etilendiamin  qoldig‗i  preparatning  suvdagi  eritmasida  metiloranj 

indikatori ishtirokida xlorid kislotasining 0,1 mol/l eritmasi bilan titrlab aniqlanadi. 

 

 

 



Eufillin  tarkibining  80  —  85%  ni  teofillin,  14—  18  %  ni  esa  etilendiamin  tashkil 

qilishi kerak.  

Diprofillin  miqdori  Davlat  farmakopeyasi  talabiga  ko‗ra,  undagi  azot  asosida  Keldal 

usuli  bo‗yicha  aniqlanadi.  Uni  yana  neytrallash  usuli  bo‗yicha  aniqlash  ham  tavsiya  qilinadi. 

Bunda  ma‘lum  miqdordagi  preparatga  piridin  va  sirka  angidridi  solingan  kolbani  qaytar-

sovutgichga  ulangan  holda  tegishli  vaqtgacha  qizdirib,  diprofillinni  atsetillanadi.  Atsetillash 

natijasida  hosil  bo‗lgan  sirka  kislotasi  fenolftalein  indikatori  ishtirokida  natriy  gidroksidning 

0,1 mol/l eritmasi bilan titrlanadi. 

  

 

Ksantinol  nikotinatning  miqdori  suvsiz  muhitda  kislota  asos  titrlash  usuli  bo‗yicha 



aniqlanadi.  Ma‘lum  miqdordagi  preparatni  suvsiz  sirka  kislota,  sirka  angidridi  va  atseton 

aralashmasidagi  eritmasini  kristallik  binafsha  indikatori  ishtirokida  suyuqlik  sariq  rangga 

o‗tguncha perxlorat  kislotasining  suvsiz  sirka  kislotadagi  0,1  mol/l  eritmasi  bilan 

titrlanadi. 




Pharmaceutical chemistry  

Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T.. 

 

331 


 

 

Kofein  va  kofein-natriy  benzoat  qon  tomirlari  spazmasida  yurak  ish  faoliyatini 



yaxshilovchi  (kardiotonik  )modda  sifatida  0,05—0,  1  g  dan  kuniga  2  —  3  marta 

ichiriladi. Kofein-natriy benzoat sof kofeindan suvda engil erishi bilan farqlanadi. Uni 10 % 

li va 20 % li eritma holida in‘eksiyalarda ham ishlatiladi. 

Teofillin  va  teobromin  o‗zaro  kimyoviy  tuzilishlari  bilangina  o‗xshash  bo‗lib 

qolmasdan,    balki  farmakologik  ta‘sirlari  jixatidan  ham  yaqindir.  Ular  yurak  ish 

faoliyatiga  kuchaytiruvchi  ta‘sir  ko‗rsatadi.  Qon  tomirlari  va  bronx  mushaklariga 

kengaytiruvchi (spazmolitik) ta‘sir ko‗rsatadi. 

Teofillin  va  teobromin  diuretik  (siydik  haydash)  ta‘sirga  ham  egadir.  Teofillinni 

diuretik va bronxolitik modda sifatida 0,1 —8,2 g dan kuniga 2—4 marta ichiriladi. 

Teofillin  hosilalaridan  eufillin  va  diprofillin  asosan  bronxial  va  yurak  astma 

kasalligida  xamda  miya  qon  aylanishini  yaxshilovchi  modda  sifatida  ishlatiladi.  Eufillinni 

0,1—0,  15  g  dan  kuniga  2—4  marta  ichiriladi.  Eufillin  va  diprofillinni  eritma  holida 

in‘eksiyalarda ham ishlatiladi. Masalan, eufillinning 24 % li eritmasi 1-1,5 ml dan,  12 % li 

eritmasi  esa  2-3  ml  dan  mushak  orasiga      yoki      2,4%      li      eritmasi      5—10      ml  dan   

venaga  yuboriladi.  Diprofillinning  10  %  li  eritmasi  3—5  ml  dan  mushak  orasiga,  2,5  %  li 

eritmasi esa 5—10 ml dan venaga yuboriladi.  

Ksantinol nikotinat periferik tomirlarni kengaytiruvchi va qon aylanishini  yaxshilovchi 

preparat hisoblanadi. Uni diabet, migren va boshqa ba‘zi kasalliklarni davolashda 0,15 g dan 

kuniga 3 marta ichiriladi, 15 % li eritmasi 2  ml dan mushak orasiga yoki venaga yuboriladi. 

Purin  qator  alkaloidlari  va  ularning  tuzlari  xamda  yarim  sintetik  hosilalari  og‗zi 

maxkam berkitilgan idishlarda, «B» ro‗yxati bo‗yicha saqlanadi.  

Didrofillin,  eufillin   va  ksantinol   nikotinatlarni yorug‗lik  nurlari  ta‘siridan  himoya 

qilgan holda saqlash kerak.  


Download 7,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   437




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish