Farmatsevtik kimyo



Download 7,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet242/437
Sana26.09.2021
Hajmi7,47 Mb.
#186417
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   437
Bog'liq
farmxim

Pefloksatsin mezilat  

Pephloxazini mezilatum 

1-etil-6-ftor-1,4-digidro-7-/4-metil-1-piperazil/-4-okso-3-xinolinkarbon kislota metansulfonat 

digidrat 

 

 



     C

18

H



24

FN

3



O

6

S·2H



2

O                                                      M.m. 465,5   

Oq  rangli  kristall  kukun.  Suvda  oson,  95%  etil  spirtda  kam,  xloroformda  juda  kam,  etilefirda 

amalda erimaydi.    

 Xingaminning  chinligi  uning  pikrat  kislota  eritmasi  bilan  204,5—207°S  haroratda 

suyuqlanadigan  sariq  cho‗kma  hosil  qilishi  bo‗yicha  aniqlanadi.  Preparatning  chinligini  Davlat 

farmakopeyasi  spektrofotometrik  usul  bo‗yicha  aniqlashni  ham  tavsiya  qiladi.  Bunda  preparatni 

(0,001 li 0,01 mol/l xlorid kislotadagi eritmasi) uchta maksimum nur yutish ko‗rsatkichi (257,329, 

343 nm to‗lqin uzunligi) borligi bo‗yicha aniqlanadi. 

Trixomonatsid  chinligini  aniqlashda  undan  aromatik  halqaga  birikkan  nitroguruh  asosida 

azobo‗yoq  hosil  qilish  reaksiyasidan  foydalaniladi.  Buning  uchun  avval  nitroguruhni  rux  kukuni  va 

xlorid  kislota  yordamida  aminoguruxgacha  qaytarib,  keyinchalik  uni  natriy  nitrit  bilan  diazotirlab, 




Pharmaceutical chemistry  

Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T.. 

 

277 


 

so‗ngra β- naftolning natriy gidroksiddagi eritmasi ta‘sir ettirib, yorqin qizil rangli azobo‗yoq hosil 

qilinadi. 

 

Trixomonatsid  eritmasiga  kaliy  yodid  eritmasi  ta‘sir  ettirilsa,  u  gidroyodit  tuzi  holida  sariq 



cho‗kma  hosil  kiladi.  Preparatning  chinligini  yana  spektrofotometrik  usul  bo‗yicha  ham  aniqlash 

mumkin. Uning 0,001 % li suvdagi eritmasining  solishtirma nur  yutish  ko‗rsatkichi  357  nm to‗lqin 

uzunligida aniqlanadi. 

Xingamin va trixomonatsidlardagi fosfat kislota qoldig‗i oddiy analitik reaksiyalar yordamida 

aniqlanadi.  Masalan,  uni  nitrat  kislota  ishtirokida  ammoniy  molibdat  bilan  sariq  cho‗kma  holida 

cho‗ktirib bilish mumkin. 

 

Xingamin  va  trixomonatsidning  miqdorini  ham  boshqa  organik  asoslarga  o‗xshash,  suvsiz 



muhitda  kislota-asos  titrlash usuli bo‗yicha aniqlanadi. Buning uchun suvsiz sirka kislotada  eritilgan 

preparatning ma‘lum miqdori kristall binafsha indikatori ishtirokida perxlorat kislotasining 0,1 mol/l 

suvsiz  sirka  kislotadagi  eritmasi  bilan  titrlanadi.  Reaksiyani  xingamin  misolida  quyidagicha 

ifodalash mumkin: 

 

Xingamin  bezgak  kasalligini  davolashda  va  uning  oldini  olishda  hamda  boshqa  ba‘zi 



kasalliklarda, jumladan, qizil volchanka hamda antiaritmik dori sifatida qo‗llaniladi. Uni 0,25 g dan 

ichiriladi yoki 5 % li eritma holida mushak orasi va venaga yuboriladi. 

Trixomonatsid  trixomona  kasalligiga  qarshi  kuchli  ta‘sir  ko‗rsatadi.  Uni  0,3  g  mikdorida 

bir sutka davomida 2—3 mahal ichiriladi. Preparat shamcha shaklida ham ishlatiladi. 




Pharmaceutical chemistry  

Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T.. 

 

278 


 

Xingamin  va  trixomonatsid  «B»  ro‗yxati  bo‗yicha  og‗zi  mahkam  berkitilgan  idishlarda, 

yorug‗lik tushmaydigan joyda saqlanadi. 

Pefloksatsin  mezilat  chinligi  IQ  –  spektrofotometrik  usulda  standart  namuna  bilan  solishtirib 

aniqlanadi. 

Pefloksatsin  mezilat  miqdori kalomelli shisha elektrodlari  yordamida  potensiometrik  titrlash  usulda 

aniqlanadi (DF XI, 1 nashr, 120 bet).   


Download 7,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   437




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish