Farmatsevtik kimyo



Download 7,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet227/437
Sana26.09.2021
Hajmi7,47 Mb.
#186417
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   437
Bog'liq
farmxim

LOPERAMID GIDROXLORID 


Pharmaceutical chemistry  

Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T.. 

 

254 


 

Loperamidi hydrochloridum 

4-[4-(4-xlorfenil)-4-gidroksipiperidino]-N, N-2,2-difenilbutiramid gidroxlorid 

 

 

 



 

     C


29

H

34



Cl

2

N



2

O

2



                                                      M.m. 513,5 

Oq, sarg‗ish kristall kukun. Suvda kam, metanolda oson, etanolda eriydi. 



GALOPERIDOL 

Galoperidolum 

4-[4-(4-xlorofenil)-4-gidroksiniperidino]-4

1

-ftorbutirofenon 



 

 

 



 

                C

21

H

23



ClFNO

                                                       375,9 



Oq yoki deyarli oq kristall kukun. Suvda amalda erimaydi, dixloretan va etanolda (96%) eriydi, 

efirda kam eriydi. Suyuqlanish harorati 150-153

0

S. 


Promedolning  chinligini  farmakopeya  ko‗rsatmasi  bo‗yicha  uning  molekula  tuzilishidagi 

uchlamchi  azot  asosida  ko‗pchilik  alkaloid  va  azot  saqlovchi  geterotsiklik  birikmalarga  o‗xshash 

pikrin  kislotasining  suvdagi  to‗yingan  eritmasi  bilan  sariq  cho‗kma  shaklida  qo‗sh  molekulyar 

birikma hosil qilishi orqali aniqlanadi: 

 

Preparatning  chinligini  yana  uning  formaldegidning  konsentrlangan  sulfat  kislotadagi  eritmasi 



bilan  rangli  birikma  hosil  qilishi  bo‗yicha  ham  aniqlanadi.  Bunda  preparatning  xloroformdagi 

eritmasiga  asta-sekin  formaldegidning  konsentrlangan  sulfat  kislotadagi  eritmasidan  qo‗shilsa, 

suyuqlikdagi ikki qatlam chegarasida qizil rangli halqa paydo bo‗ladi. 



Pharmaceutical chemistry  

Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T.. 

 

255 


 

 

Promedol  tarkibidagi  xlor  ionini  odatdagicha  nitrat  kislota  muhitida  kumush  xlorid  holida 



cho‗ktirib aniqlanadi. 

Pirilenning  chinligini  aniqlashda  uning  suvdagi  eritmasidan  natriy  gidroksid  eritmasi 

ta‘sirida 1, 2, 2, 6, 6- pentametilpiperidin asosni oq loyqa shaklida cho‗ktirib isbotlanadi. 

 

Pirilen  tarkibidagi  p-toluolsulfonat  kislota  qoldig‗ini,  undagi  oltingugurt  asosida  aniqlanadi. 



Buning  uchun  preiaratni  konsentrlangan  nitrat  kislota  va  pergidrol  bilan  qizdirib,  organik  birikkan 

oltingugurtni sulfat ioniga o‗tkaziladi, so‗ngra uni bariy sulfat holida cho‗ktirib aniqlanadi. 

Pirilenning  sirka  aldegididagi  eritmasi  natriy  nitroprussid  ta‘sirida  to‗q  qizil  rangli  birikma 

hosil qiladi. Bu reaksiyadan ham preparatning chinligini aniqlashda foydalaniladi. 

Dimekolinning chinligini aniqlash uchun uni natriy gidroksidning 30% li eritmasi bilan qizdirish 

yordamida parchalanadi. Reaksiyadan ajralib chikkan dimetilamin probirka ustida tutib turilgan qizil 

lakmus qog‗ozini ko‗k rangga bo‗yaydi. 

 

Dimekolin  kaliy  dixromat  va  konsentrlangan  sulfat  kislota  solingan  probirka  ustiga  natriy 



nitroprussid  eritmasi  va  piridin  bilan  ho‗llangan  filtr  qog‗ozi  tutib,  so‗igra  uni  qizdirilsa,  qog‗ozda 

ko‗k dog‗ paydo bo‗ladi. Bu reaksiya preparatdagi NN metil guruhiga xosdir. 

Preparat  tarkibidagi  yodni  aniqlash  uchun  unga  konsentrlangan  sulfat  kislota  qo‗shib  isitiladi, 

bunda binafsha rangli erkin yod bug‗lari ajralib chiqadi. 

Dimekolinning  chinligini  yana  uning  isitilgan  spirtdagi  eritmasini  sovutilganda  oq  kristall 

shaklida cho‗kma cho‗kishi bo‗yicha ham aniqlanadi. Bunda dimekolin asos holida ajralib chiqadi. 

Promedolni  Davlat  farmakopeyasi  talabiga  ko‗ra  suvsiz  muhitda  kislotaasos  usuli  bo‗yicha 

titrlab  aniqlanadi.  Buning  uchun  preparatning  suvsiz  sirka  kislotasida  eritilgan  ma‘lum  miqdorini 




Pharmaceutical chemistry  

Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T.. 

 

256 


 

simob  (II)  atsetat  tuzi  hamda  kristallik  binafsha  indikatori  ishtirokida  suyuqlik  yashil  rangga 

o‗tguncha perxlorat kislotaning 0,1 mol/l suvsiz sirka kislotadagi eritmasi bilan titrlanadi. 

Preparatning miqdorini yana uning tarkibidagi xlorid kislota qoldig‗i asosida argentometrik yoki 

neytrallash  usullari  bo‗yicha  aniqlash  mumkin.  Neytrallash  usulida  preparatning  ma‘lum  mikdorini 

xloroformda  eritib,  fenolftalein  indikatori  ishtirokida  natriy  gidroksidning  0,1  mol/l  eritmasi  bilan 

titrlanadi. 

Pirilenni  suvsiz  muhitda  kislota-asos  usuli  bo‗yicha  perxloratning  0,1  mol/l  eritmasi  bilan 

potensiometrik  titrlash  orkali  aniqlanadi.  Bunda  indikator  elektrod  sifatida  platina  yoki  shisha 

elektrod ishlatiladi. 

Dimekolinning  mikdori  uning  tarkibidagi  yod  asosida  argentometrik  (Fayans)  usul  bo‗yicha 

aniqlanadi. Bunda indikator sifatida flyuoresseinning 0,2% li spirtdagi eritmasi ishlatiladi va cho‗kma 

to‗la to‗q sariq rangga o‗tguncha kumush nitratning 0,1 mol/l eritmasi bilan titrlanadi. 

Promedolni  farmakologik  ta‘siri  jihatidan  morfin  alkaloidining  o‗rnini  bosuvchi  analgezitik 

modda  sifatida  bemorni  operatsiyaga  tayyorlashda  va  undan  keyin,  me‘da  va  o‗n  ikki  barmoqli 

ichak  yaralarida,  holetsistit,  buyrak  va  jigar  kolitlarida  hamda  boshqa  kasalliklarda  og‗rik. 

qoldiruvchi modda sifatida ishlatiladi. Ginekologiya amaliyotida tug‗ruq paytida uni og‗riq qoldiruvchi 

sifatida ishlatiladi. 

Odatda  promedolni  0,025—0,05  g  dan  ichiriladi  yoki  1—2%  li  eritmasi  1  ml  dan  teri 

ostiga yuboriladi. Preparat tabletqadarda 0,025 g va ampulalarda 1 ml dan 1%  yoki 2% li  eritmasi 

chiqariladi. 

Pirilenni  gipertonik  kasalliklarda,  periferik  qon  tomirlari  spazmasida,  me‘da  va  o‗n  ikki 

barmoq ichak yaralarida 0,0025—0,005 g dan ichiriladi. Uni tabletkalarda 0,005 g dan chiqariladi. 

Dimekolin ham me‘da va o‗n ikki barmoq ichak yaralarida, holetsistit va silliq mushak periferik 

qon tomirlari spazmasida hamda gipertoniya kasalligini davolashda 0,025— 0,05 g dan kuniga 2—3 

marta ichiriladi. Dimekolin 0,025— 0,05 g dan sariq qobiq bilan koplangan tabletkalarda chiqariladi. 

Promedol  og‗zi  mahkam  berkitilgan  shisha  idishlarda  «A»  ro‗yxati  bo‗yicha,  pirilen  esa 

«B»  ro‗yxatida  saqlanadi.  Dimekolin  yorug‗lik  tushmaydigan  joylarda  «B»  ro‗yxati  bo‗yicha 

saqlanishi zarur. 

Ketotifen  chinligi  IQ  -,  UB  -  spektrofotometrik  usulda  standart  namuna  eritmasi  bilan 

taqqoslab aniqlanadi.  

Ketotifen miqdori yuqori samarali suyuqlik xromatografiya va suvsiz muhitda kislota asos 

titrlash  usulida  aniqlanadi.  Preparatning  aniq  tortmasi  muz.sirka  kislotada  eritilib,  0,1  m  xlorid 

kislota eritmasi bilan titrlanadi (indikator kristallik binafsha). 

Tibbiyotda allergiyaga qarshi vosita sifatida qo‗llaniladi.  

Tolperizon  gidroxlorid  chinligi  UB  –  spektrofotometrik  usulda  aniqlanadi.  Bunda 

tekshiriluvchi eritma UB spektri 200 nm dan 400 nm oralig‗ida maksimum nur yutish ko‗rsatkichi 

260±2 nm bo‗lishi kerak. 

Preparat  chinligi  gidroxlorid  qoldig‗idagi  xlor  ioniga  xos  DF  XI  bo‗yicha  reaksiya 

yordamida aniqlanadi.  




Pharmaceutical chemistry  

Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T.. 

 

257 


 

Tolperizon  gidroxlorid  chinligi  yupqa  qatlam  xromatografiya  usulida  standart  namuna 

eritmasi bilan taqqoslab aniqlanadi.  

Tolperizon  gidroxlorid  miqdori  suvsiz  muhitda  kislota  asos  titrlash  usulida  aniqlanadi. 

Aniq  tormani  3%  li  simob  (II)  atsetat  saqlagan  muz.  sirka  kislota  eritmasida  eritilib,  0,05  M 

xlorid kislota bilan 0,1% kristallik binafsha eritmasi ishtirokida ko‗k yashil rang xosil bo‗lguncha 

titrlanadi.  

Tibbiyotda miorelaksant vosita sifatida qo‗llaniladi. 15 – 30

S xona haroratida saqlanadi.  



Loperamid  gidroxlorid  chinligi  IQ  -,  UB  -  spektrofotometrik  usulda  standart  namuna 

eritmasi bilan taqqoslab aniqlanadi.  

CHinligi yana xloridlarga xos sifat reaksiya yordami DF XI bo‗yicha aniqlanadi.  

Loperamid  gidroxlorid  miqdori  neytrallash  usulida  (potensiometrik  titrlash)  aniqlanadi. 

Dori moddasini etil  spirt  va  0,01 M  xlorid kislotada  eritib, 0,1  M  natriy  gidroksid  eritmasi  bilan 

titrlanadi.  

Tibbiyotda diareyaga qarshi vosita sifatida qo‗llaniladi.  

Galoperidol  chinligi  IQ  -,  UB  –  spektrofotometrik,  yupqa  qatlam  xromatografiya  usulida 

aniqlanadi.  

Tekshiriluvchi  moddaning  400  dan  4000  sm

-1 

gacha  oralig‗idagi  IQ  spektri  standart 



namuna bilan taqqolanganda mos kelishi lozim.   

YUpqa qatlam  xromatografiya  usulida  oktadetsilsilil  silikagelli  plastinkasidan  foydalanib, 

tetragidrofuran-metanol-natriy  xlor  (10:45:45)  aralashmasiga  xromatogramma  solinadi.  So‗ng 

quritib 254 nm to‗lqin uzunligida UB nurida ko‗riladi. 

Galoperidol  miqdori  suvsiz  muhitda  kislota  asos  titrlash  usulida  aniqlanadi.  Bunda 

muz.sirka kislota eritmasida eritib, 0,1 N xlorid kislota bilan tirlanadi (indikator 1- naftolbenzol).  

Tibbiyotda antipsixik neyroleptik vosita sifatida qo‗llaniladi.  


Download 7,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   437




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish