Laboratoriya ishning maqsadi:
Arilalkilaminlar, gidroksifenilalkilaminlar, nitrofenilalkilaminlar
guruhiga kirgan dori moddalari tahlilini o‘rgatishdan iborat.
Mazmun va kutilayotgan natija:
Arilalkilaminlar, gidroksifenilalkilaminlar, nitrofenilalkilaminlar
guruhiga kirgan dori moddalari tahlilini FS asosida olib borishi lozim.
Таdqiqot ob’ekti:
Levomitsetin eritmasi
Laboratoriya ishning rejasi va aniqlash tartibi:
Levomitsetin eritmasi 0,15; 0,2; 0,25% – 10,0
Chinligini aniqlash. 1. Bir necha tomchi eritmaga 4-5 ml 10% li natriy gidroksid eritmasidan
qo‘shilib, qizdirilganda avval sariq, so‘ngra qizil rang, keyin qizil rangdagi cho‘kma hosil bo‘lib,
ammiakning hidi seziladi.
1. Bir necha tomchi eritmaga 2 ml suyultirilgan xlorid kislotasi, 0,1 g rux kukuni qo‘shilib
suv hammomida 2-3 daqiqa qizdiriladi. So‘ngra eritma sovitilib filtrlanadi va 0,5 ml 1% li natriy
nitrit eritmasi va 2 ml
β
-naftolning ishqoriy eritmasidan qo‘shilsa qizil rang hosil bo‘ladi (azobo‘yoq
hosil bo‘lish reaksiyasi).
Miqdorini aniqlash. Nitritometrik usul. 2-3 ml eritmaga 1 ml konsentrlangan xlorid kislotasi
va 0,25 g rux kukuni, yana 1 ml konsentrlangan xlorid kislotasi qo‘shilib, 15 daqiqadan so‘ng
filtrlanadi. Filtr qog‘ozi va kolba 40 ml suv bilan yuvilib, asosiy filtratga qo‘shiladi. Eritmaga 1 g
kaliy bromidi, 2 tomchi tropeolin 00 va 1 tomchi metil ko‘ki eritmasidan qo‘shilib, 0,02 mol/l natriy
nitrit eritmasi bilan titrlanadi. 1 ml 0,02 mol/l natriy nitrat eritmasi 0,006462 g levomitsetinga mos
keladi.
2.Spektrofotometrik usul. 100 ml hajmli o‘lchov kolbasiga 1 ml eritmadan solinib,
belgisigacha suv bilan suyultiriladi va 278 nm to‘lqin uzunligida optik ko‘rsatkichi aniqlanib,
formula bo‘yicha levomitsetinning miqdori hisoblanadi:
l
D
Х
*
298
100
*
=
3. Fotoelektrokolorimetrik usul. 1 ml eritmaga 1 ml konsentrlangan xlorid kislotasi 0,1 g rux
kukunidan qo‘shilib, 15 daqiqadan so‘ng 25 ml hajmli o‘lchov kolbasiga solinib, suv bilan
belgisigacha suyultiriladi va filtrlanadi (A eritma).
0,5 ml A eritmaga 1 ml 0,1% li natriy nitrit eritmasi qo‘shilib, 3 daqiqadan so‘ng suv bilan 8
ml gacha suyultirilib, 2 ml 1% li
β
-naftol eritmasidan qo‘shiladi. 10 daqiqadan so‘ng eritmaning
optik ko‘rsatkichi 364 nm to‘lqin uzunligida 5 mm qalinlikdagi kyuvetada aniqlanadi.
Solishtiriluvchi eritma 1 ml 0,1% li natriy nitrit, 7 ml suv va 2 ml 1% li
β
-naftolning ishqoriy
eritmasidan iborat.
Bir vaqtning o‘zida 1,5 ml levomitsetinning standart eritmasiga yuqoridagi reaksiyani bajarib
optik ko‘rsatkichi aniqlanadi (0,00003 g). Levomitsetinning % miqdorini quyidagi formula orqali
hisoblanadi.
Pharmaceutical chemistry
Autors: Juraeva A.A., Muhitdinova K.Sh., Zaripova N.T. R.A.Xusainova, A.D.Tashpulatova
490
5
,
0
*
*
100
*
25
*
00003
,
0
*
0
l
D
D
Х
=
Levomitsetin standart eritmasini tayyorlash uchun 0,1000 g levomitsetin 100 ml hajmli
o‘lchov kolbasida eritiladi (A eritma), uning 10 ml ni yana 100 ml hajmli o‘lchov kolbasida
suyultiriladi (B eritma). 5 ml B eritmaga 1 ml konsentrlangan xlorid kislota, 0,1 g rux kukuni
qo‘shilib, 15 daqiqadan so‘ng 25 ml hajmli kolbaga o‘tkazilib, belgisigacha suyultiriladi va
filtrlanadi.
1 ml standart eritma 0,00002 g levomitsetinning qaytarilgan shaklini saqlaydi.
Tekshiruvlar natijasida olingan natijalarni taxlil qilish va hisoblash;
O‘quv-tadqiqot ishlari asosida xulosalar chiqarish va bayonnomalarni rasmiylashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |