k = к· c
к
— konsentratsiyasi birga teng bo’lgan eritmaning yutilish ko’rsatkichi.
;
10
0
v
k
J
J
⋅
−
=
(lg);
10
0
v
c
k
J
J
⋅
⋅⋅
−
=
;
10
lg
lg
0
⋅
⋅
⋅
−
=
v
C
k
J
J
1
10
lg
=
)
1
(
lg
0
−
⋅
⋅
−
=
v
C
k
J
J
;
lg
0
v
C
k
J
J
⋅
⋅
−
=
D
J
J
=
0
lg
v
C
k
D
⋅
⋅
=
Nur yutilishining birlashgan qonuniga ko’ra, eritmaning optik zichligi yutilish ko’rsatkichiga, eritma konsentratsiyasiga va
qatlam qalinligiga to’g’ri proporsional.
Fotokolorimetrik va spektrofotometrik usullarning o’xshashlik va farq qiladigan tomonlari quyidagilardan iborat:
O’xshashligi:
•
Bu ikkala usul ham absorbsion, ya’ni nur yutilish usullari qatoriga kiradi.
•
Bu ikkala usul ham elektron energiyani yutib to’yingan orbitaldan to’yinmagan orbitalga o’tishiga asoslangan.
Farqi:
•
Fotokolorimetrik usul rangli eritmalar tomonidan nomonoxromatik ko’zga ko’rinadigan nurning yutilishiga,
spektrofotometrik usul esa rangli va rangsiz eritmalar tomonidan ko’zga ko’rinadigan va ultrabinafsha monoxromatik nurning
yutilishiga asoslangan.
Fotokolorimetrik va spektrofotometrik usullardan dori vositalarining chinligini, tozaligini va miqdorini aniqlashda foydalanish
mumkin.
Dori vositalarning chinligini aniqlashda spektming ko’zga ko’rinadigan va ultrabinafsha qismidagi spektrofotometrik usul
qo’llanilganda ularning spektrdagi yutilish maksimumlariga asoslaniladi. Agar dori moddaning kimyoviy tuzilishidagi xromafor
guruhlar o’xshash bo’lsa, ularning yutilish spektrlari ham o’xshash bo’ladi. Masalan, tuzilishida fenil radikalini saqlagan dori moddalar
- efedrin, dimedrol, benzilpenitsillin, atropin va boshqalar)ning yutilish spektrida 251, 257 va 263 nm da uchta yutilish maksimumi
kuzatilsa, fenol gidroksil guruhi saqlagan dori moddalarning UB-spektrida 280 nm da yutilish maksimumi bo’ladi (adrenalin, izadrin,
morfin, estradiol va boshqalar). To’yinmagan yenol guruhi saqlagan steroid tuzilishga ega bo’lgan dori moddalarning UB-spektrida
238 nm da maksimum kuzatiladi (kortizon, gidrokortizon, prednizon, prednizolon va boshqalar). Ko’rsatilgan to’lqin uzunliklarida UB-
spektrda yutilish maksimumining bo’lishi moddani to’laligicha tavsiflash uchun yetarli bo’lmasdan, umumiy tushuncha beradi, xolos.
Lekin ko’pgina dori moddalarning UB-spektridagi u yoki bu yutilish maksimumidan, shu moddaning chinligini aniqlashda keng
foydalaniladi.
Sefaleksinning 0,002% li suvli eritmasini UB-spektrida 260±l nm da yutilish maksimumi kuzatilsa, sulfapiridazinning 0,001%
li 0,1 mol/l natriy gidroksid eritmasida olingan UB-spektrida 230 nm dan 400 nm gacha oraliqda 255±2 nm da yutilish maksimumi
kuzatiladi.
Sianokobalaminning chinligi uning 0,002% li eritmasini UB-spektrida 278±1 nm, 361 ±1 nm va 548±2 nm dagi yutilish
maksimumlari bilan aniqlanadi. Bunda 278 nm dagi maksimum benzimidazol halqasiga, 361 nm dagi maksimum korrin tuzilishdagi
oltita to’yinmagan bog’larga, 548 nm dagi yutilish esa kobalt ioniga tegishli.
Ba’zi MTXlarda yutilish maksimumining UB-spektrdagi joyi bilan bir qatorda uning kattaligi ham ko’rsatiladi.
Pharmaceutical chemistry
Autors: Juraeva A.A., Muhitdinova K.Sh., Zaripova N.T. R.A.Xusainova, A.D.Tashpulatova
445
Piridoksin gidroxloridning 0,05% li pH=6,9 bo’lgan fosfat buferidagi eritmasining UB-spektrida 230 nm dan 350 nm oralig’ida
254 nm va 324 nm da yutilish kattaligi (optik zichligi) 0,18 va 0,35 ga teng bolgan ikkita maksimum bolishi lozim.
Ba’zi hollarda dori moddasining chinligini aniqlashda ikki xil to’lqin uzunligiga mos keladigan yutilish maksimumilarining
nisbatidan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |