Laboratoriya ishning rejasi
1.
Dori moddalarining tarkibidagi umumiy kulni aniqlash.
2.
Dori moddalarining zichligini areometr yordamida aniqlash (farmakopeya bo’yica).
3.
Dori moddalarining zichligini piknometr yordamida aniqlash
Таdqiqot ob’ekti:
Natriy gidrokarbonat, magniy sulfat, magniy oksidi, rux sulfat, glyukoza, salitsil
kislotasi
Jarayonning asosiy bosqichlari va tadqiqotni olib borilishi:
Arsenni aniqlash
Davlat Farmakopeyasida arsenni aniqlash uchun ikkita usul tavsiya etilgan bo’lib, agar
farmakopeya maqolasida qaysi usuldan foydalanish ko’rsatilmagan bo’lsa, birinchi usuldan
foydalaniladi:
1-usul.
Arsen ionlari xlorid kislota yoki sulfat kislotaga qo’shilgan rux bilan qaytarilib AsH
3
—
arsin hosil qiladi. Arsin uchuvchan birikma bo’lib, probirka og’ziga tutilgach, simob (II) xlorid bilan
ho’llangan qog’ozni sariq yoki pushti rangga bo’yab, qog’oz kaliy yodid eritmasi bilan ho’llansa, bu
rang qo’ng’ir rangga o’tadi.
Reaksiya sezgirligi 0,0005 mg/ml.
As
2
O
3
+
6Zn
+
6H
2
SO
4
2AsH
3
+
6ZnSO
4
+
3H
2
O
As
+3
As
-
3
Zn
0
Zn
+2
+
6e
+
2e
2
1
6
3
HgCl
2
+
AsH
3
AsH
2
(HgCl)
+
HCl
2HgCl
2
+
AsH
3
AsH(HgCl)
2
+
2HCl
3HgCl
2
+
AsH
3
As(HgCl)
3
+
3HCl
As(HgCl)
3
+
AsH
3
As
2
Hg
3
+
3HCl
Dori modda tarkibidagi arsenni aniqlash uchun dastlab quyidagi ishlar bajariladi.
Dori modda anorganik tuzilishga ega bo’lsa:
a) Nitrat kislota, nitrit va nitratlar saqlamaydigan va aniqlash jarayonida galogenlar, vodorod
sulfid, sulfit angidridi va fosfinlar ajralib chiqmaydigan moddalar uchun, aniqlanuvchi moddaning
tortib olingan miqdori arsenni aniqlash uskunasidagi kolbaga solinib 20 ml suyultirilgan xlorid
kislota qo’shiladi.
b) Nitrat kislota, nitratlar, nitritlar saqlagan va tekshirish jarayonida galogenlar, vodorod sulfid,
Pharmaceutical chemistry
Autors: Juraeva A.A., Muhitdinova K.Sh., Zaripova N.T. R.A.Xusainova, A.D.Tashpulatova
425
sulfit angidridi hamda fosfinlar ajraladigan moddalar uchun ularning tortib olingan miqdorini
uskunadagi kolbaga solingach, 10 ml konsentrlangan sulfat kislotasi
qo’shib 40 minut qaynatiladi, qaynoq eritmaga kolbaning devorlari
bo’vlab 4 ml pergidrol qo’shiladi. So’ng 10—15 minut qaynatilib
sovitilgach, 20 ml suv solib, aniqlash davom ettiriladi.
Dori modda organik tuzilishga ega bo’lsa, uning tortib olingan
miqdori uskunaning kolbasiga solinib, 10 ml konsentrlangan sulfat
kislota qo’shib modda ko’mirlanguniga qadar qaynatilib (40
minutgacha), issiq eritmaga kolbaning devorlari bo’ylab eritma
rangsizlangunicha 4 ml pergidrol solinib, 10—15 minut qizdirilgach,
sovitilib 20 ml suv qo’shiladi va aniqlash davom ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |