Farmasevtikada boshqaruv fanidan o‘quv-uslubiy majmua


I.O‘quv fanning dolzarbligi va oliy ta’limdagi o‘rni



Download 1,63 Mb.
bet175/369
Sana10.07.2022
Hajmi1,63 Mb.
#772520
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   369
Bog'liq
ФБМАЖМУА 2020

I.O‘quv fanning dolzarbligi va oliy ta’limdagi o‘rni
O‘zbekistonda farmasevtika tizimining takomillashuvi, bu tizimdagi islohotlarning samarali rivoji va xalqaro standartlar miqyosida hayotga tatbiq etilishi ko‘p jihatdan zamon talabiga javob beradigan farmasevt-mutaxassislarni tayyorlash sifatiga bog‘liq. Hozirgi sharoitda OTMni bitirgan farmasevt kadrlar o‘zgaruvchan bozor sharoitida yangicha tafakkur asosida faoliyat yuritishlari uchun ular zamonaviy bilimlarga ega bo‘lishlari, iqtisodiy jihatdan yetuk mutaxassis bo‘lishlari kerak. Farmasevtika tashkilotlarida boshqaruv tizimi mutaxassislik fani bo‘yicha bilim saviyasi esa mutaxassislarining boshqaruv va marketing asoslari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarining mukammalligiga bog‘liq. Shu bilan birga, farmatsiya (farmasevtika ishi), farmatsiya (farmasevtik taxlil), farmatsiya (klinik farmatsiya) va kasbiy ta’lim (farmasevtika ishi) yo‘nalishlari uchun mo‘ljallangan Farmasevtika boshqaruv asoslari mutaxassislik fani ushbu bilimlarni shakllantirishni ko‘zda tutadi. Farmatsiya fakulteti bakalavriat talabalari mutaxassislik fanlari bo‘yicha kelgusi boshqaruv faoliyatlari uchun zaruriy bilimlar va ko‘nikmalarni olib, farmasevtika sohasi uchun yuqori malakali va raqobatbardosh kadrlar sifatida shakllanadilar.


II. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi
Hamma sohalar, tarmoqlar kabi farmasevtikada raqobatning o‘sib borishi sharoitida dori vositalarini ishlab chiqaruvchi, savdosi bilan shug‘ullanuvchi firmalar bozorda o‘z mavqeini saqlab qolish, uni rivojlantirish, yangi bozorlarga chiqish, raqobatbardoshlikka erishish, yangi dori vositalarini iste’molchilarga taqdim etish kabi maqsadlarga erishish borasida tashkilotni zamon talabiga mos ravishda boshqarish alohida ahamiyatga egadir.
Fanni o‘qitishdan maqsad – Farmasevtika faoliyatini zamonaviy talablar asosida tashkil etish uchun malakali boshqaruvchi kadrlarni tayyorlash bo‘lib, ushbu maqsadga erishish uchun Farmasevtikada boshqaruv asoslari mutaxassislik fani bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish asosida respublika aholisi va davolash-profilaktika muassasalarini dori vositalari va tibbiyot buyumlariga bo‘lgan talabini qondirishda samarali boshqaruv tizimini shakllantirish va uni rivojlantirishdir.
Fanning vazifalari – ushbu maqsadga erishish uchun bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish asosida respublika aholisi va davolash-profilaktika muassasalarining dori vositalari va tibbiyot buyumlariga bo‘lgan talabini qondirishda samarali boshqaruv tizimini shakllantirish va uni rivojlantirish nazarda tutiladi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi:
Talaba:

  • Farmasevtikada boshqaruv mohiyati;

  • boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoni va bosqichlari;

  • rahbarlik uslublari va ularning qo‘llanishi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi;

  • xodimlar bilan ishni tashkillashtirish, kadrlar boshqaruvi;

  • boshqaruvning funksiyalari;

  • dorixona mussasalari va farmasevtik korxonalarini boshqarish usullarini

  • farmasevtik tovarlar narx siyosatini belgilashni bilish va ulardan foydalana olishi;

  • turli mulkchilik shaklidagi dorixonalar, farmasevtik tashkilotlarni boshqarish tizimini tashkillashtirishni bilishi;

  • farmasevtik boshqaruv muammolarining tahlili

  • Xalqaro sifat standartlari (GMP, GLP, GCP, GPP,GDP, ISO 9001)

  • farmasevtikada marketing boshqaruvi

  • bozor infratuzilmasi

  • Marketing - miks

  • istemolchilarning turi, talab va taklif tushunchalari bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak.


Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   369




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish