Farmasevtikada boshqaruv fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Download 1,63 Mb.
bet141/369
Sana10.07.2022
Hajmi1,63 Mb.
#772520
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   369
Bog'liq
ФБМАЖМУА 2020

Ekspert baholash usuli – mantiqiy va matematik-statistik uslublar va muolajalar majmuasi bo‘lib, mutaxassislardan mavjud vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumot olishga yo‘naltirilgan. Ushbu usulni u yoki bu parametrlar ahamiyatini eksperimental aniqlashning imkoni yo‘qligida qo‘llash maqsadga muvofiqdir va marketing tadqiqotlarida aksariyat hollarda sodir bo‘ladigan sub’ektiv baholashga tayanish zarur.
Ekspertiza o‘tkazish uchun ishchi guruh tashkil qilinadi va bu guruh:

  • Maqsad va vazifalarni aniqlaydi;

  • Ekspertiza instrumenti – anketani ishlab chiqadi;

  • Ekspertlar tanlovini o‘tkazadi va ekspertlar guruhini shakllantiradi;

  • Ekspertlar o‘rtasida savol-javob (so‘rovnoma) o‘tkazadi;

  • Natijalarni qayta ishlaydi;

  • Natijalarni tahlil qiladi;

  • Xulosalarni shakllantiradi.

Ekspertiza maqsadini aniq-ravshan belgilab olish katta ahamiyatga ega. Tajribalardan ma’lumki, aniq ifodalangan maqsad va aniq tushunilgan ehtiyojning mavjudligi ekspertizaning ishonchli natijalar berishiningmajburiy shartidir. Ekspertiza maqsadi va muolaja xarakterini tanlash muhim darajada muammo, kutilgan natijalar, va ularni taqdim etish usullari bilan belgilanadi. Tanlov, shuningdek, mavjud ma’lumotlarning ishonliligi va to‘laqonliligiga va talab qilinayotgan ma’lumot turiga bog‘liq. Shu sababli, avvalambor, mavjud muammoni ta’riflaydigan faktorlarni tanlab olish zarur. Masalan, raqobatbardoshliligini baholashda dorivor preparat yoki tibbiyot asbobini ta’riflaydigan ko‘rsatkichlar ro‘yxati; vaziyatli tahlilda tashqi muhit faktorlari tahlili uchun bu usulni qo‘llash mumkin.
Ekspertlar guruhini shakllantirishda mutaxassislarning ushbu sohadagi professional layoqat, bilimdonlik, ishbilarmonlik, hayoli jamlanganlik, jiddiy fikr kabi xususiyatlari va ekspertning bu guruhda ishlashdan manfaatdorligi e’tiborga olinadi.
Ekspertlar guruhi fikridan foydalanishda mutaxassislar o‘rtasidagi munosabatni to‘g‘ri tashkil qilish mo‘ljallanadiki, bunda guruhdagi ba’zi a’zolarning fikrlari o‘zgacha bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi va ekspertlar guruhi ixtiyorida mavjud bo‘lgan axborotlar yig‘indisi guruhning alohida a’zosi ega bo‘lgan axborotdan ko‘proq bo‘ladi.
Shu bilan birga, tadqiq qilinayotgan faktorlarga guruh bergan bahoning aniqligi ekspertlar soniga ham bog‘liqdir. Ekspertlar sonini kamaytirish baholashning aniqligini pasaytiradi, chunki har bir ekspertning bahosi guruh bergan bahoga ortiqcha ta’sir ko‘rsatadi. Vaholanki, ekspertlar soni juda ko‘p bo‘lganda ularning fikri o‘zaro mosligini aniqlash mushkuldir.

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   369




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish