Narx – baho, qiymat, dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning pul bilan o‘lchanadigan qiymati, baho.
Tartibga solinadigan narxlar tushunchasi – bu davlat boshqaruv organlari tomonidan belgilanadi, talab va taklifning ta’siri ostida shakllangan va nazorat ostiga olingan bo‘ladi.
Narxni shakllantirishning birinchi bosqichi – bu maqsadni belgilash.
Farmasevtika bozorida narxning shakllanishidagi eng muhim omil – bu talab va taklif hajmi.
Farmasevtika bozorining narxlarni shakllantirish funksiyasi – dori vositalari narxini talab va taklif holatiga muvofiq shakllantirishdan iborat.
Farmasevtika bozorida dori vositalarining narxi iqtisodiy asoslangan bo‘lishi kerak.
Narxning rivojlanish davri Institutsion maktabmarketingning mustaqil fan sifatida shakllanishida eng muhim o‘rin egalaydi. Ushbu maktabning namoyondalari mahsulotning ishlab chiqaruvchidan iste’molchigacha bo‘lgan harakatini amalga oshiruvchi tashkilotlar, marketing institutlarini tekshirib tahlil qilgan. Marketingning ushbu yo‘nalishi XX asrning 1910 yilida AQShda iste’molchilarning qishloq xo‘jaligi mahsulotini sotishda ko‘p sonli vositachilar ishtirokida narxlarning keskin oshib ketishiga bo‘lgan noroziliklarga nisbatan aks ta’sir sifatida vujudga keldi. Shu boyis marketologlar tomonidan marketing kanallarining samaradorligi masalasi ko‘tarildi. uning esa javobi vositachilarning tutgan o‘rnini belgilash va taqsimlash bo‘yicha xarajatlarni minimallashtirishni ko‘zda tutgan. 1923 yilda R. Batler mahsulotni ishlab chiqarish joyi va vaqtidan farqlanadigan joylarda va vaqtda sotish zarurligi tushuntirilib, vositachilarning muhimligini asoslab berishga urinilgan. XX asrning 1970 yillariga kelib institutsion maktab o‘z rivojining cho‘qqisiga yetdi. Bu vaqtga kelib marketing kanallari, ularning tuzulmasini rivojlantirish, hamda B. Mak-Kemon, L. Baklin va B. Malen tomonidan asoslab berilgan mahsulotning samarali va ta’sirchan taqsimlash tizimini loyihalashtirish tamoyili ifodalab berilgan edi. 1970 yillarning boshlariga kelib marketing institutsion maktabining rivoji asl holida tushkunlikka uchradi. Bunga uning boshqa hil institutsiondinamik maktab vujudga kelganligi sabab bo‘ldi. Ushbu maktab ham o‘zini tutish jihatlari, ham hukmronlik, nizolar kabi omillarga yo‘naltirilgan edi.