Iqtisodiy usullar yordamidaboshqaruv ob’ektining moddiy manfaatlarini hisobga olgan holda unga ta’sir o‘tkazib, boshqaruv maqsadiga erishish ko‘zda tutiladi. Bu usullar bozor munosabatlari sharoitida eng samarali va maqsadga muvofiq usullarhisoblanadi.
Har qanday jamiyatning iqtisodiy munosabatlari, avvalo moddiy manfaatlarda namoyon bo‘ladi. Ushbu manfaatlar uch hil bo‘ladi:
jamiyat manfaatlari;
jamoa manfaatlari;
shaxsiy manfaatlar.
Iqtisodiy usullardan shunday foydalanish kerakki, bunda jamoaning va har bir hodimning manfaatlari jamiyat manfaatlari bilan uyg‘unlashib ketishi ta’minlanishi kerak. Bunda ayrim hodim va jamoa uchun foydali tadbirlar jamiyat uchun ham foydali bo‘lishi ham ta’minlanishi kerak. Bu usullarni samarali qo‘llash yordamida insonlarning shaxsiy va jamoa manfaatlarini yuzaga chiqarish orqali ularning samarali ishlashiga erishilanadi.
Shaxsiy va jamoa manfaatlarini ruyobga chiqarish ish xaqi miqdorini oshirish, mukofotlar va taqdirlash orqali amalga oshirilsa, umumjamiyat manfaatlariga qaratilgan iqtisodiy usullar elementlariga davlat tomonidan kredit va foiz stavkasi bo‘yicha beriladigan imtiyozlar; soliq va soliq yuki bo‘yicha imtiyozlar; boj to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar; subsidiyalar; litsenziyalashtirish; moliya-kredit munosabatlari; narxlar kiradi.
Iqtisodiy usullar boshqarishning barcha usullari ichida yetakchi o‘rinni egallaydi. Har qanday darajadagi rahbar ularning mazmunini yaxshi bilishi va ularni to‘g‘ri qo‘llay olishi kerak. Boshqariluvchi ob’ektga iqtisodiy usullar bilan ko‘rsatiladigan ta’sir korxonalarda mehnat va moliya resurslaridan yanada unumliroq foydalanishga, yangi texnologiyalarni joriy qilishga, mehnat unumdorligini oshirishga, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga rag‘batlantirishi kerak.
2. Tashkiliy – farmoyish usullar yuqori pog‘onaning quyi pog‘onaga to‘g‘ridan- to‘g‘ri ta’sir o‘tkazishini ifodalaydi,ular yordamida boshqaruv ob’ektining tarkibiy tuzilishi va faoliyatining tartib-qoidalari belgilanadi. Bu usullar boshqaruv tizimida muhim o‘rin egallab, ular quyidagi chora-tadbirlar asosida amalga oshadi:
boshqaruv apparatining muayyan tizimini tuzish;
har bir boshqaruv bo‘g‘inining funksiyalarini belgilash;
kadrlarni to‘g‘ri tanlash, joy-joyiga qo‘yish;
bo‘limlar va hodimlarning huquq, burch va javobgarliklarini belgilash;
vakolatlarni to‘g‘ri taqsimlash:
buyruq, farmoyish, ko‘rsatma, nizom va yo‘riqnomalar chiqarish, ularning bajarilishini ta’minlash;
topshiriqlar va direktiv ko‘rsatmalarni bajarmayotgan bo‘linma va shaxslarga nisbatan choralar ko‘rish.
Tashkiliy – farmoyish usullar boshqarish tizimidagi munosabatlarni tartibga soladi, boshqaruv idoralarining o‘zaro bog‘lanib ishlashini ta’minlaydi. Bu usullar boshqarish funksiyalari bajarilishining tashkiliy barqarorligini, intizomliligini, muvofiqligini, uzluksizligini ta’minlaydi3.
Tashkiliy ta’sir o‘tkazish shakllarini amalga oshirish yo‘llari
№
|
Tashkiliy ta’sir o‘tkazish shakllari
|
Mohiyati
|
1
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |