o‘z faoliyatlari tekshirilishi to‘g‘risidagi tegishli axborotga ega bo‘lish;
nazorat idoralarining tekshiruvchi mansabdor shaxslaridan maxsus vakolatli organ yoki uning xududiy bo‘linmalar qarorini, tekshirish o‘tkazish uchun asos hisoblanuvchi boshqa xujjatlarni talab qilish, tekshiruvchilarning shaxsini tasdiqlovchi xujjatlar bilan tanishish;
tekshirish o‘tkazish uchun asosga ega bo‘lmagan shaxslarning tekshirish o‘tkazishiga yo‘l qo‘ymaslik;
nazorat idoralarining vakolatiga kirmaydigan masalalarga oid talablarni bajarmaslik va tekshirish predmetiga taaluqli bo‘lmagan materiallar bilan ularni tanishtirmaslik:
nazorat idoralarining tekshiruvchi mansabdor shaxslaridan tekshirish tugaganidan so‘ng o‘n kun muddat ichida tekshirish natijalarini aks ettiruvchi xujjatning bir nus’hasini olish;
qonunda belgilangan tartibda tekshirish natijalari ustidan shikoyat qilish.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tekshiruvchilarning qonuniy talabiga bi-noan tekshirish o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan materiallar va xujjatlarni taq-dim etishga, ularni tekshirish ob’ektlariga kiritishga, tekshiruvchilarga o‘z vazifalarini bajarishlari uchun ko‘maklashishga majburdirlar.
Nazorat idoralarining mansabdor shaxslari xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini tekshirnsh chog‘ida o‘z vakolatlari doirasida quyidagi xuquqlarga ega:
tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardan tekshirish o‘tkazish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan zarur xujjatlar va boshqa axborotlarni talab qilish;
tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga aniqlangan qoida-buzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;
tegishli davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar mulkdorlari oldiga aybdor shaxslarning javobgarligi to‘g‘risidagi masalalarni qo‘yish;
tekshiruvga vazirliklar va idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar mutaxassislarini belgilangan tartibda shartnoma asosida jalb etish;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda moliyaviy yoki ma’muriy jazo choralarini qo‘llash.
Nazorat idoralari mansabdor shaxslarining qonuniy talablari tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan bajarish uchun majburiydir.
Nazorat idoralarining mansabdor shaxslari xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini tekshirish chog‘ida o‘z vakolatlari doirasida quyidagilarni bajarishga majburdirlar:
tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga tekshirish o‘tkazish huquqini beruvchi zarur xujjatlarni ko‘rsatish;
davlat siri, tijorat yoki boshqa sirlar saqlanishini ta’minlash;
tekshiruv natijalarini dalolatnoma (ma’lumotnoma) bilan rasmiylashtirib, uning bir nus’hasini tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt ixtiyorida qoldirish;
huquqbuzarlik hollari aniqlangan taqdirda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralarni ko‘rish.
Nazorat idoralarining mansabdor shaxslari xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan faoliyatiga aralashishga haqli emas.
Nazorat organlari va ularning mansabdor shaxslari, mugaxassislar yoki auditorlar (auditorlik firmalari) xo‘jalik yurituvchi sub’ektni tekshirish natijasida ma’lum bo‘lgan tijorat siri ma’lumotlarini oshkora qilganliklari uchun qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Nazorat vaqtida tashkilot faoliyatida qonun hujjatlari buzilganligi aniqlansa, muayyan qoidabuzarlikni bartaraf etish bilan bevosita bog‘liq chora - tadbirlar ko‘rilishi mumkin. Lekin nazorat idorasining mansabdor shaxslari qoidabuzarlik holati mavjudligidan tashkilotning boshqa qonuniy faoliyatiga aralashish yoki uni cheklash uchun asos sifatida foydalanishga haqli emas.
Tekshirish natijalari dalolatnoma bilan, zarur hollarda esa aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi ko‘rsatma bilan rasmiylashtiriladi. Dalolatnoma va ko‘rsatmani rasmiylashtirish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobi to‘ldirilgandan va tekshirish tugagandan so‘ng mansabdor shaxs – tekshiruv rahbari va xo‘jalik yurituvchi sub’ekt rahbari unda qayd qilingan yozuvlarni sana va vaqt ko‘rsatilgan imzosi bilan tasdiqlaydilar.