Bog'liq 4-FARMASEVTIKA SOHASIGA OID DIAGRAMMA VA GRAFIKLARINI YARATISH.
Jadvalda ajratish chiziqlarini qo`yish. Odatda jadvalda ajratish chiziqlari bo`lmaydi (katak chegaralari). Jadvalni qulay va o`qishga oson qilish uchun bu chegaralarni, ya’ni ramkalar qo`yish lozim. Buning uchun Форматирование uskunalar panelidan [Границы] tugmasidan foydalaniladi. Bu tugma bosilganda, unda 12 ta piktogramma hosil bo`ladi. Belgilangan katak yoki kataklar guruhini “ramka” ga olish (chegaralash) uchun mos piktogrammani bosish lozim.
Satr, ustun va kataklar qo`yish va ularni yo`qotish. Ba’zan jadvallarni tahrirlashda, unga qo`shimcha katak, satr va ustunlar o`yishga to`g`ri keladi. Qo`shimcha katak qo`yish uchun, jadvalning kerakli qismiga kursor joylashtirilib, menyular satrining Вставка bo`limidan Ячейки buyrug`idan foydalaniladi. Natijada quyidagi muloqat oyan hosil bo`ladi. Bu oynada katakni qaysi tomonga siljitishni tanlash lozim (Ячейки со сдвигом вправо – o`ngga siljitish yoki Ячейки со сдвигом вниз – quyiga siljitish).
Agar bu muloqat oyananing Строку yoki Столбец buyruqlaridan biri tanlansa, u holda alohida katak o`rniga mos holda qo`shimcha satr va ustun qo`yiladi. Jadvalga qo`shimcha ustun yoki satr qoyishning yana bir usuli menyular satridan Вставка bo`limining mos holda Столбцы yoki Строки buyruqlaridan birini tanlash etarli. Bundan tashqari kontekst menyuning Добавить ячейкиbuyrug`idan foydalanib jadvalga qo`shimcha katak, satr yoki ustun qo`yish ham mumkin.
Katak, satr va ustunlarni yo`qotish. Jadvalda keraksiz katakni yo`qotish uchun unga kursor o`rnatilib, menyular satridan Правка bo`limining Удалить buyrug`ini ishga tushirish zarur. Hosil bo`ladigan muloqat oynada katakni qayoqqa siljitishni ko`rsatish lozim.
Agar bu muloqat oyananing Строку yoki Столбец buyruqlaridan biri tanlansa, u holda alohida katak o`rniga mos holda kursor turgan satr yoki ustun yo`qotiladi. Bir necha kataklar, satr va ustular yo`qotish uchun ularni ajratilish shart. Bundan tashqari kontekst menyuning Добавить ячейкиbuyrug`idan foydalanib jadvalga qo`shimcha katak, satr yoki ustun qo`yish ham mumkin. Yo`qotishda shunga e’tibor berish kerakki, qaysiki yo`qotish vaqtida ba’zi kataklardagi formulalar o`zgarishi mumkin.
Ish kitobining ishchi varag`ini qo`yish, yo`qotish va uning nomini o`zgartirish. Qo`shimcha varaq qo`yish yoki varaqni yo`qotish
Kerak bo`lganda nafaqat qo`shimcha katak, satr yoki ustunlar balki, ish kitobiga qo`shimcha ishchi varaqlar ham qo`yish mumkin. Buni amalga oshirishning quyidagi usullari mavjud:
Menyular satridan Вставка bo`limining Лист buyrug`ini ishga tushirish;
“Лист” yorlig`ida sichqonchaning o`ng tugmasini bosish va hosil bo`lgan kontekst menyudan Вставить buyrug`ini tanlash;
Klaviaturadan [Shift]+[F11] tugmalar kombinatsiyasini bosish.
Yuqoridagilardan ixtiyoriy birini bajarish joriy ish kitobida yangi varaqni hosil qiladi. Bu varaq joriy varaqdan oldin joylashgan bo`ladi va avtomatik tarzda faollashadi.
Agar biror varaq kerak bo`lmasa yoki bo`sh varaqni nish kitobidan olib tashlash kerak bo`lsa, bu holda quyidagi ikki usuldan foydalanish mumkin:
Menyular satridan Правка bo`limining Удалить лист buyrug`ini ishga tushirish;
“Лист” yorlig`ida sichqonchaning o`ng tugmasini bosish va hosil bo`lgan kontekst menyudan Удалить buyrug`ini tanlash. Bunda yo`qotishni tasdiqlash so`rov oyasi hosil bo`ladi va uni tasdiqlash lozim.
Ish kitobidan biror varaq yo`qotilsa u qayta tiklanmaydi.
Ishchi varaq nomini o`zgartirish. Varaqning yorlig`ida uning nomi hosil qilinadi. Odatda ish kitobi varaqlari nomi “Лист 1”, “Лист 2” va h.k. kabi nomlangan bo`ladi. Bu nomlarni mazmunli nomlarga o`zgartirish mumkin. Buning uchun quyidagi usullardan biridan foydalanish lozim.
“Лист” yorlig`ida sichqonchaning chap tugmasini tez ikki marta bosish. Natijada varaq nomi ajaratiladi va unda yangi nomni kiritib, [Enter] tugmasini bosish kerak. Yorliqda yangi nom hoisil bo`ladi;
“Лист” yorlig`ida sichqonchaning o`ng tugmasini bosish va hosil bo`lgan kontekst menyudan Переименовать buyrug`ini ishga tushirish kerak;
Menyular satridan Формат bo`limining Лист buyrug`i tanlanadi, hosil bo`lgan ost menyudan Переименовать buyrug`ini ishga tushirish. Bundan tashqari bu ost menyuda quyidagi buyruqlaridan ham foydalanish mumkin:
Скрыть – joriy varaqni yashirish;
Отобразить – yashirilgan varaqni hosil qilish (yashirilgan varaq nomini tanlash lozim).
Varaq nomi 31 ta belgidan iborat bo`lishi mumkin. Nomad oraliq ham ishtirok etishi mumkin. Juda uzun nomlar maqsadga muvofiq emas, chunki u keng yorliqni talab etadi.