Satrlarni formatlash. Ish vaqtida, ayniqsa katta jadvallar bilan ishlashda ko`p hollarda satrlardagi ma’lumotlarni ularda to`liq joylashishini hal qilishga to`g`ri keladi. Buni amalga oshirish uchun menyular satrining Формат bo`limidan Строка buyrug`idan foydalaniladi. Bu buyruq tanlanganda ost menyu hosil bo`ladi, bu menyuning buyruqlari yordamida quyidagilarni amalga oshirish mumkin:
Высота – satr balandligi o`lchamini kiritish;
Автоподбор высоты – ajratilagan satrlar uchun eng baland satr o`lchamini avtomatik tanlash;
Скрыть – satrni yashirish;
Отобразить – yashirilgan satrlarni hosil qilish.
Ustunlarni formatlash. Ish vaqtida, ayniqsa katta jadvallar bilan ishlashda ko`p hollarda ustunlardagi ma’lumotlarni ularda to`liq joylashishini hal qilishga to`g`ri keladi. Buni amalga oshirish uchun menyular satrining Формат bo`limidan Столбец buyrug`idan foydalaniladi. Bu buyruq tanlanganda ost menyu hosil bo`ladi, bu menyuning buyruqlari yordamida quyidagilarni amalga oshirish mumkin:
Ширина – ustun eni o`lchamini kiritish;
Автоподбор ширины – ajratilagan ustunlarni eng uzun ma’lumotga moslaydi;
Скрыть – ustunni yashirish;
Отобразить – yashirilgan ustunlarni hosil qilish;
Стандартная ширина – satndart ustun o`lchamini kiritish.
Berilganlar formati va funktsiyalardan foydalanish.
Yacheykadagi berilganlar formati. Dastavval kiritiladiga barcha berilganlar uchun Общий (umumiy) format ishlatiladi. Bu shuni anglatadki, berilganlar Excel nuqtai nazariga ko`ra optimal tarizda hosil qilingan. Odatda, ba’zi murakkab bo`lmagan hollarda bu format etarli hisobalanadi.
Jadva katta va unda juda ko`p ma’lumotlar bo`lgan holda esa shunday qilish kerak bo`ladiki, pullar uchu iqtisodiy format, sanalar uchun uniga mos format va boshqa formatlarni ishlatish maqsadga muvofiq bo`ladi.
Agar biror kata yoki kataklar guruhiga sonli format berish kerak bo`lsa, u holda ular ajratilib, faollashtiriladi va menyular satrining Формат bo`limidan Ячейки buyrug`i ishga tushiriladi. Yoki kerakli katakda sichqonchaning o`ng tugmasi bosilib, hosil bo`lgan kontekst menyuning Формат ячеек buyrug`i ishga tushiriladi. Natijada quyidagi muloqat oyan hosil bo`lad.
Sonli format. Bu sahifada yacheykadagi berilganlarning sonli formatlari tanlanadi. Budan quyidagi 12 ta sonli formatlar mavjud:
Общие – umumiy format, bu sonli, sanali va h.k. formatlardir;
Числовой – bu sonlar formati uchun mo`ljallangan. Bunda sonning turini tanlash mumkin. Masalan, butun son, haqiqiy son.
Денежный – bu pul birliklari formatini o`rnatadi;
Дата – sanalarni berishda foydalaniladi;
Время – vaqtni ifodalash formati;
Процентный – katakdagi qiymat 100 ga ko`paytiriladi va unga foiz belgisi qo`yiladi (%);
Дробный – katakdagi qiymatni sodda kasrlar ko`rinishida ifodalaydi;
Do'stlaringiz bilan baham: |