Qon ivishi omillari – qon ivish jarayonida ishtirok etadigan moddalar.
Qon ivishini qon plastinkalari omillari – trombotsitlardan ajraladigan va qon ivishida ishtirok etadigan moddalar.
Qon ivishini kontakt omili – kontakt Xageman (XII) plazma omili; plazmani shikastlangan tomirlar va to‘qimalar yuzasi bilan to‘qnashishi natijasida faollashadi. Qon ivishi I fazasi barcha reaksiyalarini boshlovchi omil.
Qon ivishining plazma omillari – qon ivishida ishtirok etadigan plazmaning ferment va boshqa moddalari yig‘indisi.
Do'stlaringiz bilan baham: |