1.4 Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni
Oliy tibbiy bilimgohlarda o‘qitiladigan fanlar ichida fiziologiya bilan anatomiya asoslari fani ma’lum ahamiyatga ega. U organizmning tuzilishini, unda kechadigan hayotiy jarayonlarni idora etish mexanizmlarini o‘rganadi. Fiziologiya, anatomiya asoslari fani tibbiyotning barcha sohalarida tajribaga asoslangan ma’lumotlardan
keng foydalanadi. Fiziologiya sohasida to‘plangan bilimlar turli tibbiyot sohasidagi mutaxasislar uchun, shu jumladan farmatsevtika instituti talabalari uchun ham nihoyatda zarurdir. CHunki organizmning tuzilishi, unda kechadigan fiziologik jarayonlarni bilish, kasal organizmda ro‘y beradigan o‘zgarishlarni hamda dori moddalarini ta’sir etish mexanizmini tushunishga katta yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |