II.Mavzuning ahamiyati: Statsionar sharoitda davolanayotgan bemorlarni dori vositalari bilan ta’minlash haqidagi ma’lumotlar asosida ko‘nikmalar shakllantirish.
III.Sinov testlari
1.Shifoxona dorixonasining ishlash vaqti kim tomonidan belgilanadi?
A.Aholi tomonidan
B.Bo’limlar boshliqlari tomonidan
C.Dorixonaning o’zi belgilaydi
D.DPM bosh vrachi tomonidan
2.DPMlarning ixtisosi va tuzilishiga ko‘ra shifoxona dorixonalarining tasnifi qanday?
A.Umumiy turdagi shifoxonalarning dorixonalari, ixtisoslashtirilgan va ruhiy asab kasalliklari shifoxonasi dorixonalari, maxsus klinik shifoxonalari dorixonalari.
B.Xususiy dorixona
C.Jamoa dorixonlari
DAksiyadorlik dorixonalari
3.Shifoxona dorixonasining bevosita rahbarligi kim tomonidan amalga oshiriladi?
A.O’rta ma’lumotli farmatsevt assistent
B.Oliy ma’lumotli farmatsevt
C.Farmatsevt-texnolog
D.DPM bosh vrachi
4.Shifoxona dorixonasida zaxarli dori vositalari qanday saqlanadi?
A.Qulflanadigan seyflarda
B. Assistentlar stolida
C.Mudirning stolida
D. Barcha javoblar to’g’ri
5.Shifoxona dorixonasidagi narkotik dori vositalari qanday saqlanadi?
A.Yogochdan yasalgan qulflanadigan shkaflarda
B.Faqat temir shkaflarda qulflanib saqlanadi
C.Assistentlar stolida
D.Farmatsevt-texnolog stolida
6.Zaxarli doriga berilgan yuk xati talabnomalar shifoxonada
qancha vaqt saqlanadi?
A.4 yil
B.1 yil
C.3 yil
D.5 yil
7.Narkotik dori vositalariga yozilgan talabnomalar necha yil davomida saqlanadi?
A.5 yil
B.3 yil
C.1 yil
D.2 yil
8.DPM dorixonasi aholiga xizmat ko’rsatadigan dorixonadan qaysi jixati bilan farqlanadi?
A.Kutish zali
B.Retseptura xonasi
C.Savdo zali bo’lmasligi bilan
D.Ekspeditsiya xonasi bo‘lmasligi bilan
9.Shifoxona dorixonalarida qanday xonalar mavjud?
A.Ishlab chiqarish xonasi, saqlash xonalari, ma’muriy va xizmatchilar xonalari, maishiy xo’jalik xonasi
B.Saqlash xonalari
C.Maishiy xo’jalik xonasi
D.Savdo zali
10.Sog’liqni saqlash muassasalarida sarflangan narkotik dori vositalarining bo‘sh ampulalarni qanday xujjat asosida xisobdan chiqariladi?
A.Bosh shifokorga berilgan bo’shagan ampulalar soni qayd etilgan dalolatnoma asosida
B.Sarflangan dori vositasining qaydnomasi
C.Bosh shifokor muoviniga berilgan xujjat
D.Hamma javoblar to’g’ri
11.O’z vaqtida DPM bo’limlarini dori vositasi va tibbiyot tovarlari bilan ta’minlash kimning zimmasida?
A.Sog’liqni saqlash vazirligining
B.DPM dorixonasining mudiri
C.Dorixona assistenti
D.Har bir bo’lim boshlig’ining
12.Shifoxona dorixonasining ishlab chiqarish xonalariga qaysi xonalar kiradi?
A.Talabnomalarni qabul qilish, assistentlar xonalari
B.Muzlatuvchi kameralar xonasi
C.Mudirning xonasi
D.Buxgalteriya xonasi
13.DPM dorixonasining asosiy vazifalari qanday?
A.DPM bo’limlaridan dori vositalari va tibbiyot buyumlari uchun talabnomalar qabul qilib olish, ular asosida dori vositalari tayyorlash, sifatini tekshirib, tegishli bo’limlarga tarqatish va boshqa ishlar bilan shug’ullanish.
B.Aholini dori vositalari bilan ta’minlash.
C.Ambulator bemorlarni dori vositalari bilan ta’minlash.
D.Sanatoriylarni dori vositalari bilan ta’minlash.
14.Dorixona mudirining vazifalari qanday?
A.Talabnomalarni qabul qilib olib, ular asosida dori vositalarini tayyorlash, sifatini nazorat qilib, tarqatishni tashkil etish, dorixonada sanitariya tartibi qoidalariga rioya qilish, tasdiqlangan shakllarda o’z vaqtida xisobotlar tuzib topshirish.
B.Xujjatlarni rasmiylashtirish
C.Dori vositalarini saqlash
D.Xodimlar ishini taqsimlash
15.DPM dorixonalarida qanday xonalar mavjud?
A.Ishlab chiqarish, tovarlarni saqlash, maishiy xo’jalik, ma’muriy va xizmatchilar xonalari
B.Tovarlarni qabul qilish xonasi
C.Assistentlar xonasi
D.Yuvish xonasi
16.DPM dorixonalarida sanitar yuvuvchi lavozimi qaysi lavozimdagi shaxslarning umumiy sonidan kelib chiqadi?
A.Farmatsevt-texnolog va farmatsevtlarning umumiy sonidan
B.Farmatsevt- texnologlarning umumiy sonidan
C.Farmatsevtlarning umumiy sonidan
D.Qadoqlovchilarning umumiy sonidan
17.DPM dorixonasida qanday xisob-kitob xujjatlari bo’lishi
kerak?
A.Dorixonaga keltirilgan tovarlarni schot-fakturasini qayd etish daftari, talabnomalar, qiymati aniqlangan talabnomalarni qayd etish daftari va boshqa xujjatlar, xisobotlar
B.Buyurtma
C.Yuk xati
D.Xisobot
18.Shifoxona dorixonalari qaysi muddatda inventarizatsiya qilinadi?
A.Har yili 1 marta
B.Yilda 3 marta
C.Oyda 1 marta
D.Chorakda 2 marta
19.DPM dorixonasi xujjatlarining saqlanishiga kim javobgar?
A.Farmatsevt-texnolog
B.Farmatsevt-assistent
C.Farmatsevt
D.Dorixona mudiri
20.Qaysi dorixonalarda sanitar-yuvuvchi lavozimi farmasevt-texnolog va farmatsevtlarning umumiy sonidan kelib chiqadi?
A.Aksiyadorlik dorixonalarida
B.Xususiy dorixonalarida
C.Davlat tasarrufidagi dorixonalarida
D.Shifoxonalararo dorixonalarda
Do'stlaringiz bilan baham: |