Фармацевтика таълим ва тадқИҚот институти “тасдиқлайман”


Doimiy faoliyatdagi xay’at vazifalari



Download 4,45 Mb.
bet31/125
Sana02.04.2022
Hajmi4,45 Mb.
#525402
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   125
Bog'liq
мажмуа 2021 фарм ФТТИ

6. Doimiy faoliyatdagi xay’at vazifalari
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2005-yil 12-oktabrda 506-sonli buyrug‘i asosida dori vositalari, tibbiy ashyo va tibbiy asbob-uskunalarni sotib olish, taqsimlash va ulardan unumli foydalanishni nazorat qiluvchi „Doimiy faoliyatdagi hay’at“ (keyinchalik matnda DFH) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar Sog‘liqni saqlash boshqarmalari, Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash Bosh boshqarmasi va barcha davolash-rrofilaktika muassasalarida tashkil etilgan va bevosita O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziriga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziriga, viloyatlar Sog‘liqni saqlash boshqarmalari boshliqlariga, Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash Bosh boshqarmasi boshlig‘iga, Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati departamenti bosh shifokorlariga bo‘ysunadi.
DFH o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlariga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining buyruq va farmoyishlariga hamda mazkur nizomga amal qilgan holda olib boradi.
7.Farmakoiqtisodiy tahlilning farmatsevtika faoliyatidagi o‘rni, farmakoiqtisodiy tahlil usullari
Farmakoiqtisodiyot bu – sog‘liqni saqlash tizimida bemorlarni dori vositalari bilan davolash qiymatini tahlil qilishdir.
Tibbiyot tizimi rivojlangan davlatlarda asosiy mablag‘lar farmakoterapiya, bemorlar tashxisi, profilaktika ishlari va statsionar davolashga yo‘naltiriladi.
Farmakoiqtisodiy tahlil davolash-profilaktika muassasalarida aksariyat hollarda qanday dori vositalaridan foydalanish zarurligini, bemor uchun berilgan eng yaxshi, samarali va havfsiz dori vositasini aniqlash imkonini beradi. SHuningdek, ikkita davolash usullarini taqqoslash mumkinki, bunda ushbu davolash sxemasini qo‘llashda bemorning sog‘ligi yaxshilanishi hamda kasallikni davolash uchun aniq dori vositasini tanlash imkonini beradi .
Farmakoiqtisodiyot o‘rganuvchi sohalar:
–kamida ikki xil ko‘rinishdagi davolash usullarini solishtirish asosida farmakoterapevtik xulosa olish;
–yangi dori vositalarini havfsizligi va samaradorligini aniqlash;
–farmakoterapiya va tashxis qo‘yishda iqtisodiy harajatlarni hisoblash;
–farmakoepidemiologik statistika (farmakoepidemiologiya-farmakoiqtisodiyotning tarkibiy qismi bo‘lib, bozorda yangi ishlab chiqarilgan dori vositalarining segmenti, zararlilik va havfsizlik darajalarini tekshiradi);
–dori vositalarini bir guruh kasalliklarda klinik sinovlarini hujjatlashtirish.

Download 4,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish