Xitoyda farmasevtikaning rivojlanishi
Xitoy dorishunosligi dunyodagi eng qadimiylardan biridir.
Bizgacha saqlanib qolgan kitoblar qadimgi Xitoy shifokorlari
eramizgacha 2-3 asrlarda yakka dorivor o‘simliklarni va ulardan
terapevtik foydalanishni tasvirlashga kirishganligini ko‘rsatadi.
Bizning eramizning birinchi asrlarida yozilgan tibbiy kitoblarda
ko‘pgina tibbiy preparatlar tasvirlangan. 2-3 asrlarda yashagan
taniqli xitoylik shifokor Djan Sun-djan o‘zining “Terlamali isitma
to‘g‘risida mulohaza” asarida 116 reseptni beradi. Ular orasida
isitma tushiruvchi, diuretik, sedativ va boshqa vositalar mavjud.
O‘sha davrning mashhur kitoblaridan "Shen'on o‘t-o‘lanlari"da 240
dorivor o‘simliklarni tasvirlangan.
652-yilda Sunn Su-Siaoning "Mingta oltin dorilar" kitobi chop
etildi. 659-yilda Xitoy rasmiy davlat farmakopeyasini e'lon qildi, bu
dunyoda birinchi farmakopeya edi; bu yerda 53 ta jildda 844 ta
dorilar tasvirlangan.
Asrlar
mobaynida
to‘plangan
dorishunoslik
haqidagi
ma'lumotlar
maxsus
o‘simliklar solnomalari va reseptlar
to‘plamlariga birlashtirildi.
Ko‘plab dorilar, asosan dorivor o‘simliklar Xitoy an'anaviy
tibbiyotida hozirda ham ishlatiladi. Xitoy tibbiyoti dorilar arsenali
juda boy bo‘lib, o‘simlik, hayvonot va minerallardan olingan
moddalarni o‘z ichiga oladi. Turli holatlarda (sil, anemiya,
bezgak kasalliklari va boshqalar) ishlatiladigan jen'shen' dorivor
o‘simliklar orsida maxsus o‘ringa ega. Limonnik, kofur, rovoch,
zanjabil, hind ko‘knorisi, yosh bambuk kurtaklari, choy, piyoz,
sarimsoq,
smola,
akonit,
ipekakuana,
qarag‘ay, qalampir,
chinnigullar va boshqalar ham ishlatilgan. Mandragora, opiy,
nasha va boshqalardan olingan ajratmalar og‘riqsizlantiruvchi
sifatida foydalanilganligi to‘g‘risida ma'lumotlar mavjud.
Hayvonlardan olingan dori vositalariga yo‘lbars tirnog‘i,
qoni, jigari va yuragi, fil terisi, toshbaqa boshi, quritilgan
kaltakesaklar va boshqalardan tashqari bir qatorda yangi vositalar
- pantlar (rag‘batlantiruvchi sifatida ishlatilgan yosh xolli
kiyiklarning shoxi) va mushk anbarlar ishlatilgan.
Mamlakatning jo‘g‘rofiy landshafti va florasining xilma-
xilligi ishlatiladigan dori vositalarining assortimentiga katta ta'sir
ko‘rsatdi. Jen'shen' ildizi bizning eramizgacha 5-6-asrlardan
kechikmay qo‘llanila boshlandi. Dengizchilar va baliqchilar
qadimdan bo‘qoqni dengiz suvo‘tlari yordamida davolashgan.
Tung yog‘i teri kasalliklarini, betel yong‘oqlari - qurtlarga qarshi,
tuya (kameliya) gullari - kuyishlarda, shaftoli gullari - siydik
xaydovchi sifatida, ich qotishida va o‘smalarni davolashda
ishlatilgan. .
Zupturum, lotos, qirqquloq, momaqaymoq, kofur, hind ko‘knorisi,
zanjabil, limonnik, ipekakuana urug‘lari tibbiyotda keng qo‘llanilgan. Xitoyda
amilofil o‘simliklarining 300 dan ortiq turi mavjud. Ulardan ko‘pchiligi
(guruch, gaolyan, shakar qamish) kasalliklarni daolovchi vosita sifatida xizmat
qilgan. Mushk bilan yurak kasalliklarini, ipak qurti pillasi bilan bolalar
tutqanog‘ini, toshbaqa qobig‘i bilan singani, dengiz baliqlarining yangi jigari
bilan shabko‘rlikni davolashgan.
O‘simlik bo‘yoqlari ko‘plab teri kasalliklari, bezgak va qon
kasalliklarini davolashda ishlatilgan. Surma, tuz, kalay, qo‘rg‘oshin, mis,
kumush va ayniqsa, simob (kinovar') birikmalari juda ko‘p ishlatilgan.
Qadimgi qabristonlarda topilgan "Simob toshlar" nafaqat muqaddas nomga
ega bo‘lgan, balki sifilisni davolashda ham ishlatilgan. Miloddan avvalgi bir
necha asrlar ichida dori vositalarini ularning farmakologik xususiyatlariga
ko‘ra tasniflash ishlari olib borildi. 365 ta dorivor o‘simliklarning ta'rifini o‘z
ichiga olgan, dunyodagi eng qadimiy farmakopeyalardan biri "Ildizlar va o‘tlar
to‘g‘risida traktat" ("Shen'-nuna", miloddan avvalgi 11 asrdan ilgari bo‘lmagan
va besh asrdan kechikmagan)da shifokorlar qonni tozalovchi, ich suruvchi,
aksirtiruvchi vositalarni alohida guruhlarga ajratishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |