Farhod va shirin



Download 268,34 Kb.
bet1/5
Sana08.01.2022
Hajmi268,34 Kb.
#334087
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Alisher Navoiy


F arhod va Shirin

"FARHOD VA SHIRIN" - turkiy xalqlar adabiyotlarida anʼanaviy mazmunga ega boʻlgan va bir necha ijodkorlar tomonidan qalamga olingan ishqiy qissa va dostonlardan birining nomi.

Shirin va Farhod forstojik adabiyotida 10—11-asrlardan boshlab Abulqosim Firdavsiyning "Shohnoma", Nizomiy Ganjaviyning "Xusrav va Shirin", Xusrav Dexlaviyning "Shirin va Xusrav", oʻzbek shoiri Qutbning "Xusrav va Shirin" dostonlarida eng fidoyi oshiq va maʼshuqalar sifatida tasvirlangan. Alisher Navoiy Sharkda bu anʼanaviy ishqiy qissani qayta ishlab, uni yangidan shakllantirgan, Farhod va Shirinni dostonning bosh qahramonlari sifatida tasvirlagan va unga "F. va SH" deb nom qoʻygan.

Navoiy yigitlik davrida "Topmadim" radifi bilan yozgan gʻazallarining birida yoshligida oʻzi qaytaqayta oʻqib, diliga jo qilgan dostonlar toʻgʻrisida soʻz yuritadi, unda shunday bir bayt bor:Koʻp oʻkudum Vomiqu Farhodu Majnun qissasin,Oʻz ishimdin bulʼajabroqdostone topmadim.

Demak, Navoiy yoshligidan boshlab mashhur oshiq va maʼshuqalar, shu jumladan, Farhod, Shirin haqidagi qissalarni koʻp va qaytaqayta oʻqigan. Shu bilan birga, bu dostonlar vaqt oʻtishi bilan uning shaxsiyati, shaxsiy histuygʻulari ila birlashib ketgan va koʻnglida Farhod va Shirin haqida butunlay yangi bir doston gʻoyasi shakllana boshlagan. Bu ijodiy reja esa 1483—84 yillarda amalga oshirilgan.

Navoiyning "F. va Sh." dostoni u yaratgan "Xamsa"ning 2dostoni boʻlib, unda Farhod oddiy tosh yoʻnar oshiq emas, balki xoqonning oʻgʻli, aniqrogʻi, Xoʻtan mamlakati podshosining qarilikda koʻrgan yakkayu yagona farzandi boʻlib, yoshligidan fanning barcha sohalariga qiziqqan, harbiy bilimlarni, ayniqsa, toshyoʻnarlik, kasbini egallashga uringan. U Shirinni otasi xazinasidagi sehrli oynada koʻrib, darhol sevib qoladi. Unga erishish uchun turli mashaqqatlarni boshidan kechiradi. U Arman elidaShirin uchun qazilayotgan ariqni bitkazish ishlarida oʻzining nimalarga qodir ekanini koʻrsatadi. Ammo bosqinchi Eron hukmdori Xusrav bilan kurashda xiyla bilan qoʻlga olinib, qahramonlarcha xalok boʻladi. Uning sevgilisi Shirin esa uning jasadi ustida jon beradi.

15-asrdan keyin turkiy xalqlar adabiyotida Farxrd va Shirin nomlari bilan bogʻlangan dostonchilikka Navoiyning shu nomdagi asari oʻzining katta taʼsirini koʻrsatdi. Uygur shoiri Xirqatiyning (17-asr) "Muxabbatnoma va mehnatkom" hamda Abduraim Nizoriyning "Farhod va Shirin" dostoni Farhod haqidagi xalq afsona va rivoyatlari bilan bir qatorda Navoiy dostonidan ruxutanib yaratilgan. 19-asrda yashab ijod qilgan oʻzbek shoiri Mahzunning "Farhod va Shirin" dostonida ham Farhod bilan boglik. Navoiy asarlaridagi asosiy syujet chizigʻi saklangan. Bu dostonida Mahzun Navoiy gʻazallaridan ham foydalangan. Mashhur oʻzbek xalq baxshisi Fozil Yoʻldosh oʻgʻli repertuarida "Farhod va Shirin" dostoni ham boʻlib, mazmuniga koʻra u koʻp jihatdan Navoiy dostoniga yaqin.

1922 yilda "Farhod va Shirin" nomi bilan oʻzbek shoiri va dramaturgi Xurshid tomonidan musikali drama, 1941 yilda mashhur ozarbayjon shoiri Samad Vurgʻun tomonidan drama asari yaratildi. Bu asarlarning yuzaga kelishida Navoiy dostoni birinchi manba boʻlishi bilan birga ularda ulugʻ shoir kuylagan insonparvarlik, mehnatsevarlik, zulmni qoralash goyalari, xalqchillik yanada yorqin oʻz aksini topdi.




Download 268,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish