Farhod va Shirin (II- qism) Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Farhod va Shirin (II- qism)



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/152
Sana01.08.2021
Hajmi0,99 Mb.
#135342
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   152
Bog'liq
farhod va shirin ii- qism

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
48 
library.ziyonet.uz/ 
 
Sahardin chiqqucha kun boʻyla holi,  
Gah oning, gah muning birla maqoli.  
Yoyilgʻoch kun yana har yon urub gom,  
Dame bir yerda yeldek tutmay orom.  
Dami oʻti shafaqning hamnabardi,  
Uchurgʻondek sabo shingarf gardi.  
Samumi ohidin olamgʻa oshub,  
Oʻtidin nilgun toramgʻa oshub.  
Ayogʻigʻa tikilgan har itik tosh,  
Ayogʻi orqasidin oʻtkarib bosh.  
Yetib koʻksiga urgʻon xorarora,  
Yetin yoʻqkim, soʻngakni rora-rora.  
Solib jismigʻa tigʻi ishqi bebok,  
Shikof uzra shikofu chok uza chok.  
Tongib dardigʻa charxi qaydrayvand,  
Kamand uzra kamandu band uza band.  
Chu gʻam dashtida majnunvor yigʻlab,  
Unidin murgʻu mohi zor yigʻlab.  
Boʻlub raydo urarda tigʻi motam,  
Teshuklar togʻ aro, bal raxnalar ham.  
Jarohatlarki solib xanjari oh,  
Tanida dard xayligʻa kamingoh.  
Qayadin tigʻi ohi rora eltib,  
Ne rora, yuz taroshi xora eltib.  
Topib vodiy aro har sathliq marz,  
Sirishki xaylidin har sori yuz darz.  
Dami dudi sharori koʻh to koʻh,  
Yasab abri balou barqi anduh.  
gʻirevi toshni rajmurda aylab,  
Figʻoni togʻni ozurda aylab.  
Koʻnguldinkim figʻon tinmay chiqorib,  
Salodin un chekargʻa togʻ horib.  
Icharga qon qilibon lolani jom,  
Vale koʻk jomikim boʻlgʻay shafaqfom.  
Tilab ul jom aro ham boda to lab,  
Dema bir, ham damodam, ham labolab.  
Aning bu bodasi xunobi anduh,  
Dema xunob, la’li nobi anduh.  
Ketur soqiy, qadah gardunni aylab.  
Anga mamlu mayi gulgunni aylab.  
Yoʻq ersa boda, quy zahri halohil,  
Hayotu hajr mushkil keldi, mushkil. 
XLIII 
Farhod roʻzgorining qaroligʻi, ya’ni hajr shomigʻa mubtaloligʻi va ul shom tuli 
nihoyatsizligʻikim adami iborat aning quyoshining ayni va subhining damidin boʻlgʻay va 
savodining gʻoyatsizligʻikim mavti kinoyat aning humumining qalbi va zulmatining etagidin 
boʻla olgʻay va mundoq tiyra tunda aning xasdek tanining kuymagikim, tutun ichra axgardin 
afsona aytur erdi va bu yangligʻ qattigʻ kechada teshukluk bagʻrining qongʻa boʻyalmogʻikim, 
xora ichinda yoquti ahmardin nishona koʻrguzur erdi va mundoq tunni sham’dek gudoz bila 
sahargʻa yetkurgani va charxdek taku toz bila kunduzga kelturgani 



Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish