Farhod va Shirin (II- qism) Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Farhod va Shirin (II- qism)



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/152
Sana01.08.2021
Hajmi0,99 Mb.
#135342
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   152
Bog'liq
farhod va shirin ii- qism

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
14 
library.ziyonet.uz/ 
 
Ne boda, obi hayvondin namudor.  
Ayoqchilar shakarguftoru dilband,  
Qilib dilbandliq birla shakarxand.  
Mugʻanniylar aningdek lahnrardoz  
Ki, jonlar rardadin raqs aylab ogʻoz.  
Bu majlis ichra hozir oʻn dilorom,  
Bori ham sarv qomat, ham gulandom:  
Boʻlub Shirin bisotining nadimi,  
Alardin xush Mihinbonu harimi.  
Kelib har qaysi bir fazl ichra mohir,  
Mahorat shevasi har birda zohir.  
Biri ash’or bahri ichra gʻavvos,  
Biri advor
(1)
 davri ichra raqqos.  
Biri mantiq
(2)
 rusumida raqamkash,  
Biri hay’at
(3)
 ruqumigʻa qalamkash.  
Birining shevasi ilmi haqoyiq
(4)
,  
Balogʻatda
(5)
 biri aytib daqoyiq.  
Biri tarixda soʻz aylab fasona,  
Biri hikmat
(6)
 fani ichra yagona.  
Hisob ichra birining zihni borib  
Muammoda
(7)
 birisi ot chiqorib
(8)
.  
Bu fanlarda bular bir-birdin ahsan  
Yuz ul fanliq aro har qaysi yakfan
(9)
.  
Diloromu Diloroyu Diloso,  
Gulandomu Sumanboʻyu Sumanso.  
Parichehru Parizodu Parivash,  
Pariraykar zihi oʻn ismi dilkash.  
Chu evruldi labolab davr ayogʻi,  
Qizidi bazm yangligʻ el dimogʻi.  
Mihinbonu kamol izhori aylab  
Daqoyiqdin savol izhori aylab,  
Alargʻa aylagach juzvi ishorat,  
Radidor oʻldi yuz dilkash iborat.  
Funun bozori ichra shoʻr tushti,  
Atorudgʻa degin gʻavgʻo yovushti.  
gʻaroyib koʻp qila boshladi zohir,  
Oʻzining fannida har shoʻxi mohir.  
Alargʻa chun taammul qildi Farhod,  
Unutqon nuktalarni ayladi yod.  
Daler oʻlmish edi may jur’atidin,  
Ne may, jomi rayoray jur’atidin.  
Ani chun tab’i poku zihni oliy,  
Qilib erdi zamon sohibkamoli.  
Boqib ul sori tab’i ravshanidin,  
Savole qildi har birning fanidin.  
Javobida sanamlar borcha ojiz,  
Eshitmay oʻyla mushkil nukta hargiz.  
Alar chun shubhasigʻa tormayin daf’  
Oʻzi-oʻq aylabon ul shubhani raf’.  
Fasohatda soʻzidin qosir idpok  
Ki, har bir lafzi erdi gavhari pok.  
Takallumni qilib chun nuktararvard,  
Boʻlub bazm ahli aqlu hushidin fard.  



Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish