Farhod va Shirin (II- qism) Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Farhod va Shirin (II- qism)



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/152
Sana01.08.2021
Hajmi0,99 Mb.
#135342
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   152
Bog'liq
farhod va shirin ii- qism

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
135 
library.ziyonet.uz/ 
 
XXIX 
Bu bob sarlavhasida Farhodning taxta ustida Yaman mamlakati tomon suzib borib, savdogarlar 
kemasidagilarni xalos qilgani, kema qaroqchilar hujumiga uchragani, Farhod ularni yenggani va 
Shopur bilan doʻstlashgani bayon etiladi. 
 
1. Yaman – Arabiston yarim orolining janubidagi mamlakat. 
 
2. Shopur – Nizomiyda bu obraz Xusravning qissaxoni, Shirin bilan Xusrav munosabatlarida 
vositachi, koʻmakchi sifatida talqin qilingan. Xusrav Dehlaviyda ham Shopur Xusrav bilan birga 
yuruvchi, unga turli ajoyib-gʻaroyibotlar hikoya qilib yupatib yuruvchi shaxs. Xusravga 
Shirinning rasmini koʻrsatib, Armaniya oʻlkasiga birga ketgan ham Shopurdir. Navoiyda esa 
Shopur Farhod bilan tasodifan uchrashib sodiq doʻstiga aylanib qolgan, mohir naqqosh va 
insonparvar shaxs sifatida talqin etiladi. 
 
3. Toyif– Hijozdagi bir shahar nomi. 
 
4. Qorurai naft– neft' solingan shisha idish. 
 
5. Furza– arabcha: koʻrfaz, qoʻltiq. 
 
6. Yaman oʻzining tabiiy boyligi aqiq (qimmatbaho qizgʻish tosh, haqiq ham deyiladi) bilan 
mashhur boʻlgan. Shoir bu baytda Yamanda dengiz qaroqchilaridan qutulganlari sharafiga 
savdogarlar uyushtirgan bir bazmda shu qadar toza may (mayi nob)lar tortildiki, Yamanda hatto 
aqiqlar ham bunchalik serob emas, demoqchi boʻladi. 
 
7. Na’li bozguna urdi – maqol tarzidagi ibora boʻlib, aynan: na’l (taqa shaklidagi tamgʻa)ni 
teskari qoqmoq; maj. chalgʻitish, alahsitish demakdir. Shoir el qatori oʻz kori holi bilan mashgʻul 
yurgan Farhodning ishini taqdir teskarilab, chappalashtirib yubordi, deydi. 
XXX 
Bu bob sarlavhasi Farhodning Shopur rahnamoligida Yamandan Arman mamlakatiga joʻnagani, 
Armaniyada togʻ qaziyotganlarning ogʻir mehnatini koʻrib, ularga koʻmaklashib ishga tushib 
ketgani va bu haqda Mehinbonu va Shiringa xabar yetgachi haqida darak beriladi. 
 
1. Bu va avvalgi bayt mazmuni: lekin tosh shu qadar qattiq ediki, yuz marta tesha urilsa ham 
foydasiz, bir noʻxatchalik, noʻxat u yoqda tursin, koʻknori urugʻichalik ham tosh uchmas, 
kesilmas edi. 
 
2. Qori – uzunlik oʻlchovi, quloch. 
 
3. Ruhul-amin – arabcha: ishonch ruhi. Shoir bu yerda togʻ qazuvchilarning Farhodga unda oliy 
sifatlar koʻrib murojaat qilishlarini ta’riflaydi. Bu va keyingi baytda shoir qator sifatlash san’atini 
ishlatadi: (she’r ilmida buni «sifatchini» deb ataladi) ruh ul-amindek pok gavhar, malak, oliy 
guhar va h. k. 
 
4. Hisn – kadimgi yahudiylar yashagan Madinaga yaqin qishloqning nomi. Bu soʻz asosan 
panohgoh qoʻrgʻon, istehkom, qal’a ma’nosida ishlatiladi. Shoir bu yerda Mehinbonu saroyini 
koʻzda tutmoqda. 
 
5. Ba’zn tadqiqotchilar Mehinbonu Shirining ammasi, deb yozadilar. Bu baytda u Shiringa xola 



Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish