Farhod va Shirin (II- qism) Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Farhod va Shirin (II- qism)



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/152
Sana01.08.2021
Hajmi0,99 Mb.
#135342
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   152
Bog'liq
farhod va shirin ii- qism

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
90 
library.ziyonet.uz/ 
 
Demak oʻz aybini xud, ayb ekandur.  
Bu dam hamkim yetubtur hukmi shohiy,  
Erurmen ulcha mumkindur mubohi.  
Agar shah koʻnglida yoʻqtur kudurat,  
Qilurbiz xizmatin jondin zarurat.  
Vale voqe’ boʻlubtur bir ajab ish  
Ki, andindur manga ranju taab ish  
Ki, bu muddatki darbandonliq erdi,  
Falakdin bizga sargardonliq erdi.  
Haroratdin havo erdi shararrez,  
Yubusatdin yel erdi otashangez.  
Xaloyiq kasratigʻa yoʻq taayyun,  
Tushub qoʻrgʻon aro andin taaffun.  
Latofat joʻyborining tazarvi,  
Malohat gulshanining zod sarvi.  
Jamol ayvonida mohi dilorom  
Ki, boʻlsun shahgʻa oning vaslidin kom.  
Boʻlub ozurda ul noxush havodin,  
Nishoti bulbuli qolmish navodin.  
Haroratdin tushubtur bistar uzra,  
Nechukkim axgare xokistar uzra.  
Qavidur ul sifat ranju maloli  
Ki, bordur har zamon bir oʻzga holi.  
Magar shah lutfi-oʻq yovarliq etgay,  
Mening jurmumgʻa uzrovarliq etgay.  
Yiborgay lutf birla nomai afv,  
Xato xattigʻa surgʻay xomai afv  
Ki, el ozod oʻlub mahbusliqdin,  
Qutulgʻay qal’a ham madrusliqdin».  
Ufunatdin qutulsa sarvi gulrux,  
Boʻlub xurram havodin shodu farrux.  
Atibbo necha kun aylab taraddud,  
Kam oʻlsa dardu ranjidin tashaddud.  
Shah ar koʻrsa, aziz oʻlgʻay azizi,  
Vagar xud qilsa xor oʻlgʻay kanizi.  
Eshitganlar bu harfi jonfizoni,  
Borib Xusravdin olib mujdagoni.  
Nishotu aysh fartidin deolmay,  
Eshitgach Xusrav oʻz holida qolmay.  
Bashorat fartidin aylab ishorat  
Ki, cholgʻaylar ravon koʻsi bashorat.  
Tarabdin hoʻyu gʻavgʻo boʻldi har yon,  
Qiyomat oshkoro boʻldi har yon.  
Yarash birla solib ovozalarni,  
Ochib, rust aylagan darvozalarni.  
Qabolgʻon el kezib har yon havasdin,  
Tamom andoqki qush chiqqay qafasdin.  
Tuzub oncha nishot asbobi Rarvez  
Ki, hayrat aylabon charxi sabukxez.  
Yasab bir mahdi oliy xusravona,  
Qilib arkoni davlatni ravona  
Ki, Bonu mahd ichinda maskan etgay,  
Aning oliy bisotin ravshan etgay.  



Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish