Farg'ona vodiysida Arxeologiya maktabini shakllanish tarixini o'rganish


Qadimgi davr insonlarining anteopologiyasini o'rganish tarixi



Download 82,1 Kb.
bet8/8
Sana24.11.2022
Hajmi82,1 Kb.
#871774
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Farg\'ona vodiysida Arxeologiya maktabini shakllanish tarixini o\'rganish

Qadimgi davr insonlarining anteopologiyasini o'rganish tarixi
Odamning kelib chiqishi to’g’risidagi masalani isbotlash-biologiya fani oldida turgan eng asosiy muammolardan biridir. Bu muammo juda qadim zamonlardan beri insoniyat diqqatini o’ziga jalb etib keladi. Ko’p asrlardan beri bu muammo sirli bo’lib kelmoqda. Odamnining kelib chiqishi to’g’risida juda ko’plab diniy va ilmiy qarashlar mavjud. Biroq, odam tanasining anatomiyasi bilan birinchi bor tanishuvning o’zi ham tabiat tadqiqotchilarini odam bilan yuqori darajada tuzilgan umurtqali hayvonlarning tuzilishi bir-biriga o’xshashligini ta’kidlashadi.
Odamning tarixiy rivojlanishi to’g’risidagi yangi tushunchani tasdiqlagan birinchi tabiatshunos J.B.Lamark bo’lib u odam daraxtlarda o’rmalab yurishdan yerda yurishga o’tgan maymunsimon ajdodlardan kelib chiqqan degan nazariyani taklif etdi. Lamark fikriga ko’ra, tik holda yurish tananing to’g’rilanishiga va oyoq panjasining o’zgarashiga olib kelgan. To’da-to’da bo’lib hayot kechirish esa, nutq paydo bo’lishiga yo’l ochgan.
Ch.Darvin 1871-yilda “Odamning kelib chiqishi va jinsiy tanlanish” degan asarini nashr ettirdi. Bu asarning asosiy g’oyasi odam, hayvonot olamining tarixiy taraqqiyotining natijasi, degan fikrdir. Darvin solishtirma anatomiya va embriologiya, shuningdek juda kamyob bo’lsada, paleontologik topilmalarning natijalariga asoslanib, odamning hozir yashab turgan odamsimon maymunlarga yaqin ekanligini ishonarli qilib isbotlab berdi. Shu bilan bir vaqtda u, zamonaviy maymunning birontasi ham odamning ajdodi deb hisoblanishi mumkin emas, degan qoidani oldinga surdi.
Bunday g’oyaga, fikrlashga, barcha dinlarni, kontseptual diniy e’tiqod talqinlarining asosida, unga mutlaqo qarama-qarshi g’oya, tasavvur tomonida turadilar. Olimlarning fikricha, qarama-qarshi tomonlarning qarashlarini ikkalasi ham nazariy g’oya sifatida bo’lib, ayni vaqtda, dunyoviy fanlar tarafdorlari tadqiqotlari, izlanishlari, tajriba va dalillari orqali, insonlarga ilmiy amaliy natijalari bilan, haqiqiy ob’ektiv jarayonlarni aniqlash, ulardan insonlarni tabiiy manfaatlari yo’lida barcha qiyinchiliklarini yengishga, yengillashtirishga yordam berish maqsadidadirlar.
Din esa ongli insonlarning ijtimoiy jamoa bo’lib yashashida eng zaruriy jabhasi, ruhiy hayotini asosi bo’lib, insonlar jamiyatida uni to’g’ridan-to’g’ri o’zining ijtimoiy vazifasi bopki, uning o’rnini boshqa sohalar bosa olmaydi. Bularga insonlarni ruhiy hayotini, ruhiy ozuqalari orqali niyatlarini, maqsadlarini, tafakkurlarini, fikrlash va yashash tarzini, imonini tarbiyalash, ruhiy ozuqa berish, to’g’ri yolga solish, axloq-odob me’yori, arkonlari, qoidalari asosida tarbiyalashdir. Ruhiyatni, ruhiy hayotni hech kim inkor etmaydi va eta olmaydi. Insonlar ruhiy hayotining idroki va kechinmalari orqali u tasavvur, tafakkur, san’at, madaniyat, imon va ilohiy olloh e’tiqodiga egamizki, bu har qanday moddiy boylikdan yuqoriroq, zarurroq ahamiyatga ega.
Antropologiya ta’limoti, asosan 3 ta katta mustaqil fanlarni o’z ichiga oladi:
1. Antropogenez
2. Etnografiya.
3. Arxeologiya.
Bu fanlar insonlarni hayoti bilan bog’liq jarayonlarga to’g’ridan-to’g’ri aloqasi bo’lib, bu bilan umumiylikka ega, tadqiqot usullari, maqsadi va vazifasiga ko’ra ular bir-biridan farqlanib, ilmiy dalillar asosida o’rganadi.
Antropogenez fani quyidagi asosiy 5 ta bo’limlarni o’z ichiga oladi:
Odamning qiyosiy morfologiyasi,
Antropogenez sistematikasi,
Antropogenez metodologiyasi,
Irqshunoslik,
Odam biologiyasi.
2. Antropogenezning maqsadi, vazifasi va ahamiyati.
Ma’lumki, odamning tana tuzilishi anatomiyada ham o’rganiladi. Xo’sh, bu ikki fan o’rtasidagi farq nimada? Antropomorfolog odam tana tuzilishini o’rganishga anatomdan farqli yondashadi. Odatdagi anatomiya odamni umumlashma “o’rtacha” tip, mavhumlashtirilgan sxema, tizim sifatida o’rganadi. Antropomorfologiya odamni o’rganishga ancha keng yondashadi, insonning aniq individual: jinsiy, yosh, konstitutsional (tuzilish), kasbiy, etnik, irqiy xususiyatlarini o’rganadi.
Qator masalalarda antropomorfologiya, etnografiya va arxeologiyaga chambarchas bog’liqdir, biroq bu fanlar turdosh bo’lsada, mustaqil fanlar sanaladi. Antropomorfologiya odamning zamon va makondagi tabiiy variatsiyalarini o’rganadi. Arxeologiya insoniyat o’tmishini moddiy qazilmalar (mehnat qurollari, turmush, sana’t buyumlari) moddiy dalillar bo’yicha tadqiq etadi.
Etnografiya hozirda mavjud xalqlarning madaniyati va yashash tarziga xos xususiyatlar, ularning kelib chiqishi, tarqalishi, migratsiyasi, madaniy – tarixiy o’zaro munosabatlarini o’rganadi.
Antropomorfologiya – tabiatshunoslikning sohasi. U biologiya fanlari qatorida alohida o’rin tutadi, zero, odam ikki xil: biologik va ijtimoiy tabiatga ega. Insonning shakllanishi va hayoti, ijtimoiy sharoitda ham moddiy ishlab chiqarish sharoitida ham o’tadi. Mehnat va jamiyat – insoniyat mavjudligi va rivojlanishining asosiy sharti. Shu sababli antropogenez tabiiy biologik fanlar doirasidan chiqib, ijtimoiy-tarixiy omillar amal qiladigan sohaga kirib boradi. Shu nuqtai nazardan Antropogenez fani quyidagi bo’limlarga bo’linadi:
3. Antropogenez fanining bo’limlari quyidagilardan iborat:
1. Antropoevolyutsiya – insonning hayvonot olamidagi sistematik o’rnini, uni kelib chiqish jarayonini va rivojlanish tarixini o’rganadi.
2. Antropomorfologiya – odamning jismoniy tipi, yoshi, jinsiy dimorfizmi, mehnat va yashash sharoitlarini ta’siri bilan bog’liq individual o’zgaruvchanlik haqidagi masalalarini o’rganadi.
3. Antropometriya – odam morfologiyasi bilan birgalikda, topilgan qazilma suyaklarni ilmiy o’rganish, hozirgi odam suyaklarini o’ziga xosligini aniqlashdir. Bu maxsus o’lchov asboblari bilan amalga oshiriladi. Olingan ma’lumotlar har bir antropomorf turga, irqqa, odamlarga va boshqa organizmlarga solishtirilib qiyosiy tadqiq qilinadi. Bu sohaga Somatologiya va Merologiya ham kirib, ular inson organizmini individual o’zgaruvchanligini, tana tuzulishida jinsiy demorfizmi va o’lcham nisbatlarini go’daklikdan keksalikka qadar o’rganadi. Yosh bilan bog’liq o’zgarishlar, turli biologik va ijtimoiy sharoitlarning odam tanasiga, tuzilishi va konstitutsional holatiga ta’sirini tadqiq qiladi. Bu bo’lim tibbiyot bilan uzviy bog’liq bo’lib, jismoniy rivojlanish va o’sish sur’atlari me’yorlarini belgilash, Gerontologiya va Geriatriya uchun jiddiy qimmatga ega.
4. Etnik antropomorfologiya – yer yuzidagi aholini hozirgi va o’tmishdagi tarkibini, irqlarni shakllanishini, antropologik guruhlar o’rtasidagi qondoshlik aloqalarini, xalqlarning tarqalishi va izolyatsiya tarixini tadqiq etadi. Bugungi kunda bu masalalar irqchilik “nazariyalari”ning g’ayri ilmiy va reaktsion mohiyatini ochib berish uchun, ayniqsa, muhim.
5. Antropofiziologiya – odamda fiziologik va biokimyoviy xususiyatlar hamda ularning variatsiyalarini, jumladan, populyatsiyalarda qon guruhlarini taqsimlanishini aniqlaydi. Gemoglabinni tuzilish variatsiyalari, inson konstitutsiyasini, uning reaktivligi va ayrim kasalliklarga moyilligi bilan bog’liqligini tadqiq etadi. Aynan shu bo’limda insonning o’tmishdagi vakillarini fiziologik xususiyatlari haqidagi masalalar o’rganiladi.
6. Antropogenetika – barcha antropomorf organizmlarni hozirgi odamlargacha, irsiyatini genetik o’rganish usullari bilan qondoshlik darajasini aniqlovchi fan. Olimlar uni alohida bo’lim sifatida e’tirof qilishadi.
Antropogenezni o’rganish tibbiyot uchun katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega. U insonning kelib chiqishi, rudiment va atavizmlar mavjudligini evolyutsion ta’limot nuqtai nazaridan, odamni tabiiy tipining individual va etnik variantlarini tushuntirib beradi. Antropologiya ma’lumotlarini mamlakatimizda rejali tarzda amalga oshirilayotgan aholining ayrim guruhlari salomatligini nazorat qilish uchun ahamiyatli. Antropomorfologik tadqiqotlarda, odatda, alohida shaxslar emas, balki guruhlar, jamoalar kuzatiladi. Asosiy o’rganish ob’ekti klinik ifodalangan, patalogiyadan xoli bo’lgan amalda sog’lom guruhlar o’rganiladi. Xulosalar guruh tavsiflari va qiyoslashlar asosida chiqariladi.
Guruh bilan olib boriladigan tadqiqotlardan olingan natijalar tasodifiy elementlardan xoli bo’ladi. Antropomorfologik tadqiqitlarda turli populyatsiyalarda turlicha bo’lgan morfologik va fiziologik ko’rsatkichlar, iqlim, geografik sharoitlar bilan bog’liq, tibbiyot xodimlari va pedagoglar hisobga olishi zarur bo’lgan ma’lum adaptiv belgilar o’rganiladi.
Antropologik tadqiqot metodlari qadimgi aholi kasalliklari haqida bizgacha yetib kelgan suyak yoki mo’miyolangan qoldiqlari bo’yicha tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Ularda qator umumiy va mahalliy kasalliklar izlarini ko’rish mumkin (revmatizm, artritlar, rak metastazalar, parazitar infektsiyalar va boshqalar).
Antropologiya ma’lumotlaridan sud tibbiyotida shaxsni aniqlash (identifikatsiyalashda) bosh, kalla suyagi yoki boshqa, ko’pincha kichik qolqiqlar bo’yicha sub’ektning Yoshi, irqiy mansubligi, individual xususiyatlari aniqlanishi kerak bo’lganda foydalaniladi. Qadimgi bosh suyaklarni o’rganish jarrohlik belgilarini yuzaga kelish tarixi bilan tanishishga imkon beradi. Shunday kalla suyak qopqog’ini ochilganligini (trepanatsiyasi) bronza va temir davrida, ming yilliklar oldin amalga oshirilganligi ma’lum. Ayrim ochilgan kalla suyak jarohati chetlarida suyak to’qimasi o’sishi ko’rinadiki, bu operatsiyadan keyin odam ma’lum muddat tirik qolganidan dalolat beradi. Bu dalillar tibbiyot tarixi uchun katta ahamiyatlidir.
Inson qiyofasini uning bosh suyaklariga qarab tiklashning yangi metodini buyuk olim M.M.Gerasimov 1927 yilda taklif qilgan. Keyinchalik bu metod olim va uning xodimlari tomonidan yanada aniqroq ishlab chiqilgan. Bu kromanyon, noandertal va boshqa topilgan qazilma ajdodlar shakllari, shuningdek, ayrim tarixiy arboblar qiyofasini qayta tiklash (rekonstruktsiyalash) imkonini berdi. M.M.Gerasimov bosh suyagini va yuzning yumshoq qismini xususiyatlari korelyatsiyasini o’rganish asosida ishlab chiqqan yuzni tiklash usullari, kriminalistika uchun ham ahamiyatlidir.
Antropomorfologik tadqiqotlar natijalari kiyim va mebellardan foydalanish uchun, asbob, dastgoh va mashinalarni loyihalash standartlari va sanitar me’yorlarini ishlab chiqishda juda muhim.
Download 82,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish