Fargʻona viloyati



Download 311,12 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana13.05.2022
Hajmi311,12 Kb.
#603373
1   2   3   4
Bog'liq
Fargʻona viloyati - Vikipediya

Maorifi va madaniyati
Qishloq xoʻjali
Transporti
Ijtimoiy soha


Viloyatda 4 oliy oʻquv yurti boʻlib, 18,9 mingdan ortiq talaba, 910 umumiy taʼlim maktabi (690
mingga yaqin oʻquvchi), 8 gimnaziya (7,3 ming oʻquvchi), 47 litsey (16,3 ming oʻquvchi), musiqa
va sport maktablari ishlab turibdi. Xalq taʼlimi sohasida chet el investorlari bilan aloqa bogʻlanib
„Mersi KO“ jamgarmasi, Osiyo taraqqiyot banki, Yaponiya grantlar dasturi asosida kompyuter va
boshqa jihozlar olindi. Viloyat sportchi oʻquvchilari 2003—04 yillardagi „Umid nihollari“ sport
musobaqalarida 2 va 3 oʻrinlarni egalladilar. Fargʻona viloyatida 77 kasbhunar kolleji, 3 akademik
litsey faoliyat koʻrsatadi shuningdek 4 teatr, madaniyat uylari, 3 muzey, 193 klub muassasasi,
609 ommaviy kutubxona (603,6 ming nusxa asar) aholiga xizmat koʻrsatadi. Viloyatda 
1998-
yilda
 Fargʻoniyning 1200-yillik, 
2000-yilda
 Burhoniddin Margʻinoniyning 910 yillik yubileylari
oʻtkazildi.
Sogʻliqni saqlash
97 kasalxonada 6,3 ming vrach va 31,9 ming oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. 413 ambulatoriya
poliklinikasi, 214 qishloq vrachlik punkti, 61 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 28 ta dispanser bor.
Dam olish uylari va „Chimyon“, „Oʻzbekiston“, „Qiziltepa“, „Nurafshon“, „Temir yoʻlchi“
sanatoriylari, tez tibbiy yordam viloyat boʻlimi bor.
Sport
Fargʻona viloyatida „Universiada 2004“ sport musobaqalari oʻtkazildi. 2004-yildan boshlab
viloyatda sportning suv polosi va sinxron suzish turlari yoʻlga qoʻyildi, seksiyalar tashkil etildi.
Mavjud sport federatsiyalaridan tashqari qoʻl toʻpi, turon milliy yakka kurashi, sinxron suzish,
armrestling kabi sport turlari boʻyicha sport federatsiyalari tuzildi.
Fargʻona viloyatia jami 5135 sport inshooti mavjud. Shuningdek, Fargʻona Olimpiya zaxiralari
sport kollejida dastlabki sport inshootlari ishga tushirildi. „Yoshlar madaniyat va sport
majmuasi“, „Fargʻona“ markaziy stadioni, „Istiqlol“ tennis majmuasi, ot sporti maktabi, „Kimyogar“
sport majmuasi faoliyat koʻrsatadi. Sportning yunon-rim, 
qoʻl jangi

taekvondo

karate

shaxmat
,
shashka

boks
, belbogʻli kurash, 
milliy kurash
, turon milliy yakkakurashi, yengil atletika, mini
futbol, 
voleybol
turlari rivojlangan.
Fayl:Fargʻona Davlat Universiteti.jpeg
Fargʻona Davlat Universiteti


Viloyat sportchilari 2004-yilda xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etib 7 oltin va 4 kumush
medallarga sazovor boʻlishdi. Ayniqsa, 
Koreya Respublikasida
oʻtkazilgan boks boʻyicha yoshlar
oʻrtasidagi Jahon chempionati, 
Qozogʻistonda
armrestling, 
Yaponiyada
 
baydarka
va 
kanoe
,
Filippinda
boks boʻyicha oʻtkazilgan Osiyo chempionatlarida viloyat sportchilari muvaffaqiyatli
ishtirok etishdi. Yengil atletika boʻyicha oʻtkazilgan respublika sport musobaqalarida viloyat
vakillari Ye. Tunguskova va Z. Abdullayevalar qatnashib respublika terma jamoasi tarkibiga
kiritildi. Ogʻir atletika boʻyicha respublika chempionatida Ye. Sisoyeva oʻz vazni boʻyicha golib
boʻldi. Shuningdek, Ye. Sisoyeva va B. Toshpoʻlatovalar 2004-yilda 
AQShda
talabalar oʻrtasida
ogʻir atletika boʻyicha oʻtkaziladigan chempionatga nomzod etib kiritildi.
Nogironlar oʻrtasida stol tennisi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida A.
Ismatullayev gʻolib boʻlib, Jahon chempionatida ishtirok etish uchun Respublika terma jamoasi
tarkibiga kiritildi. 2004-yilning avgust oyida Afinada oʻtkazilgan 28 yozgi Olimpiya oʻyinlarida
Fargʻona viloyatining 5 sportchisi ishtirok etdi. 2004-yilda viloyatda basketbol boʻyicha xalqaro
„Mersiko“ turniri, milliy va belbogʻ kurashi boʻyicha Hazrat Ali hamda Temirjon va Hamid
polvonlar xotirasiga bagʻishlangan xalqaro turnirlarda respublika viloyatlari, 10 dan ortiq xorijiy
davlat polvonlari katnashdi. Yil davomida oʻtkazilgan sport musobaqalarda ishtirok etib, viloyat
sportchilari 250 dan ortiq medallarni qoʻlga kiritishdi. 15 sportchi sport ustasi normasini bajardi.
Fargʻona zamini koʻplab isteʼdodlar beshigi boʻlgan. Qoʻqon tarixiga oid baʼzi manbalarda 10-
asrda Fargʻonada yozma adabiyot namunalari boʻlganligi qayd etilgan. Abu Tayyi Hoʻqandiy (10—
11-asrlar) ijodi haqidagi maʼlumotlar buning yaqqol dalilidir. Biroq, 
oʻrta asrlar
Fargʻona viloyati
adabiyoti haqidagi manbalar juda kam. 18-asrdan boshlab Fargʻona vodiysi, xususan, 
Qoʻqonda
fan, adabiyot va sanʼat rivoj topganligini koʻrish mumkin.
Qoʻqon xonligi
 tashkil topishi va markazlashgan davlat sifatida faoliyat yuritishi xonlik hududida
oʻziga xos adabiy muhitning shakllanishiga imkoniyat yaratdi. Bu davrda 
Huvaydo
, Shoʻxiy, 
Akmal
Xoʻqandiy

Nizomiy Hoʻqandiy
 kabi adabiyot namoyandalari ijod qildilar. 
Huvaydoning
 „Devon“i
tarkibiga kirgan sheʼrlar va „Rohati dil“ dostoni xalq orasida mashhur boʻlgan. 19-asrda ushbu
hududda „Qoʻqon adabiy muhiti“ nomi bilan maʼlum boʻlgan adabiyot ravnaq topdi. Ushbu
muhitning tashkilotchisi Qoʻqon xoni 
Muhammad Said Amir Umarxon
(1787— 1822) saroyiga
100 ga yaqin ijodkorni jalb etib, ularning ijod qilishi uchun moddiy va maʼnaviy sharoit yaratib
berdi. Xonning oʻzi ham Amiriy taxallusi bilan sheʼrlar „Devoni“ni yozdi. 
Umarxon
davrida Ado,
Fazliy

Hoziq
, Hijlat, Vazir, 
Maxmur

Nodir-Uzlat

Gʻoziy

Maʼdan

Miriy

Nodira

Uvaysiy

Mahzuna
,
Gulxaniy

Mushrif

Dabiriy
, Ravnaq, 
Umidiy
, Jadid, Mahzun Ziyovuddin Xoʻqandiy, Zokir, Fayziy,
Vahmiy kabi ijodkorlar shuhrat qozonganlar. Keyinroq, 
Umarxonning
oʻgʻli Qoʻqon xoni
Muhammad Alixon
(Madalixon) ham „Xon“ taxallusi bilan sheʼrlar yozgan, „Layli va Majnun“
Adabiyoti


dostonini yaratgan. Ushbu davr adabiyotining namunasi sifatida 
Abdulkarim Fazliyning
 
Umarxon
topshirigʻi bilan 84 zamondosh shoirlar haqida oʻzbek va fors tillarida sheʼriy yoʻsinda yozilgan
„Majmuai shoironi Umarxon“ 
tazkirasi

Gulxaniyning
 
„Zarbulmasal“
 asari, 
Hoziqning
 
„Yusuf va
Zulayho“

Nodir-Uzlatning
 „Haft gulshan“ dostonlarini aytish mumkin.
Ayol ijodkorlarning mavqei baland boʻlganligini taʼkidlash lozim. Qoʻqon malikasi, Umarxonning
zavjasi 
Mohlaroyimning
Nodira va Maknuna taxalluslari bilan ijod etgan oʻzbek va fors tillaridagi
sheʼrlari alohida „Devon“ga jam boʻlsa, 
Jahon otin Uvaysiyning
4 devoni, „Voqeoti Muhammad
Alixon“, „Shahzoda Hasan“ va „Shahzoda Husayn“ dostonlari, 
Mahzunaning
goʻzal sheʼrlari
adabiyotimiz xazinasidan munosib oʻrin olgan. Fargʻona viloyati adabiyotining bu davrdagi yana
bir xususiyati koʻp sonli tarixiy-adabiy asarlarning yaratilganligidir. Soʻnggi tadqiqotlardan maʼlum
boʻlishicha, shu davrda birgina 
Qoʻqon xonligi
tarixiga oid 40 ga yaqin sheʼr va nasriy asarlar
yaratilgan.
Sheʼriy uslubda yaratilgan bunday asarlar sirasiga Fazliyning „Shahnomai Umarxon“, Mutribning
„Shahnomai Devona Mutrib“, 
Andalibning
„Shahnomai devona Andalib“, Uvaysiyning „Voqeoti
Muhammad Alixon“ dostonlari; 
Imomali Qori Qunduziy
— Komiyning taniqli kishilar tavalludi,
vafoti va Qoʻqon tarixiga oid turli voqea — sanalarning sheʼriy taʼrixlari jamlangan „Tavorixi
manzuma“ kabi asarlari kiradi. Tarixga oid nasriy asarlar qatorida esa Hakimxon toʻraning
„Muntaxab uttavorix“, Mulla Avaz Muhammad Attorning „Tuhfat uttavorixi Xoniy“, 
Mushrifning
„Shahnomai nusrat payem“, 
Mulla Niyozmuhammad Hoʻqandiyning
 „Tarixi Shohruhiy“, 
Mirzo Olim
Mushrifning
 „Ansobus salotin va tavorixi xavoqin“, Muhammad Amin Domulloning „Tuhfat
uttavorix“, Abdugʻafur Hoʻqandiyning „Zafarnomai Xudoyorxon“, 
Mahmud Hakim Yayfoniyning
„Xullas uttavorix“, Muhammad Aziz Margʻiloniyning „Tarixi Aziziy“ va boshqa asarlarni keltirish
mumkin.
Tasavvufiy
 adabiyot namunalaridan Azim Xoʻja eshon Azimiyning „Muroduloshiqin“ devoni,
Abdulaziz Majzubning
„Devon“i va „Tazkiraulavliyo“ asari (19-asrning 1yarmi), Salohiddin
Soqibning „Maʼlumoti Soqibiy“ risolasi (19-asrning 2-yarmi) eʼtiborga loyiq.
19-asrda Qoʻqon shahri va uning atrofida 100 dan ziyod shoir va adiblar devon tuzishgan.
Umarxon, Muhammad Alixon va Nodirabegim davrlarida Qoʻqonda xushxat xattotlarni yigʻib,
moddiy jihatdan taʼminlab, Sharq adabiyotining koʻplab nodir asarlari koʻchirtirilib, koʻpaytirilgan.
Shulardan eng koʻp koʻchirilganlari 
Jomiy

Alisher Navoiy

Bedil

Muhammad Fuzuliy
va 
Amiriy
asarlaridir. Maʼlumotlarga koʻra, Amir Umarxon 
Lutfiy

Alisher Navoiy
va 
Amiriy
devonlari
jamlangan, goʻzal xatli, oltin bezakli „Muhabbatnoma“ majmuasini usmonli turk sultoniga hadya
tariqasida joʻnatgan.
Fargʻona viloyati adabiyotida Sharq mumtoz sheʼriyatining deyarli barcha janrlarida samarali ijod
qilindi. Badiiyat va gʻoya, mavzular rangbarangligi bu davr adabiyotiga xos xususiyatlardan biri


ekanligi asarlardan maʼlumdir. Bu jihat 19-asrning 2-yarmi — 20-asr boshlari adabiyotida ham
yaqqol koʻrinadi. Ushbu davrda Pisandiy, Qoriy, Muqimiy, Muhayyir, Furqat, Zavqiy, Gʻurbat, Rojiy,
Muhsiniy, Haziniy, Mahjur, Muqyi, Zoriy, Sirojiy, Jaloliy, Yoriy, Ibrohim Davron, Mirzoi Hoʻqandiy,
Nasimiy Xoʻqandiy, Hamza Hakimzoda Niyoziy va boshqa samarali ijod qildilar. Bu davr
adabiyotining yorqin namoyandalaridan Muqimiy ijodidagi xalqona lirika bilan hajviy yoʻnalish
oʻziga xos maktabni yaratgan boʻlsa, Furqat ijodidagi serohang misralar va maʼrifatparvarlik
ruhidagi sheʼrlar, Haziniy ijodidagi sufiyona istilohlarga boy, purhikmat sheʼrlar, Qoriy lirikasidagi
jozibadorlik, Hamza ijodidagi ijtimoiy ruh bu davr adabiyotining ravnaqidan dalolat beradi.
Ayol ijodkorlardan Dilshod Barno, Anbar Otin, Samarbonu kabi shoiralarning ijodi qam samarali
boʻldi.
Milliy uygʻonish davri adabiyoti — jadidchilik yoʻnalishida ijod qilgan va maʼrifatchilik harakatida
faol ishtirok etgan ijodkorlar sirasiga Ibrohim Davron, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Mirzo Xayrullo
Hoʻqandiy, Ashurali Zohiriy, 
Poʻlatjon Qayyumiy
kabilarni kiritish mumkin. Ibrohim Davronning
„Ashʼori nisvon“ sheʼrlar majmuasi, Hamzaning „Milliy qoʻshiklar uchun milliy sheʼrlar“ toʻplami,
Mirzo Xayrullo Hoʻqandiyning „Axloqi zamima“, „Yigirma hikmat“ asarlari va boshqa oʻsha davr
adabiyotining mahsullaridir. 
Poʻlatjon Qayyumiyning
20-asrning 2-yarmida yaratgan „Tazkirai
Qayyumiy“, „Qoʻqon tarixi va adabiyoti“ va „Tazkirai shuaro“ asarlari ham eʼtiborga loyiq.
20-asr hozirgi zamon oʻzbek adabiyotining koʻplab vakillari ham Fargʻona viloyati adabiyotining
qaldirgʻochlaridir. 
Abdulla Qahhor

Sobir Abdulla
, Charxiy, Xusayn Shams, Amin Umariy, Shokir
Sulaymon, Adham Rahmat, Ibrohim Rahim, 
Xudoyberdi Toʻxtaboyev
, Anvar Obidjon kabi shoir va
yozuvchilar shu zamin farzandlaridir.
20-asrning 70—90-yillarida Yoʻldosh Sulaymon, Oxunjon Hakimov, Anvar Yusupov, A. Muqimov,
Habibullo Said Gʻani, Komil Joʻra, Oʻrmon Omonov, Alisher Ibodinov, Bahodir Iso, Ismoil Mahmud,
Nurullohoji Qoʻqondiy, Enaxon Siddiqova, Saydali Odilov, Zuhra Aliyeva, Matluba Dehqon qizi,
Ilmer Nazarov, Abdulhamid Muxammadiyev, Nosir Zohid va boshqalar oʻz ijodlari bilan elga
tanildilar.
Mustaqillik yillarida Nabijon Boqiy, Nurulloh Muhammad Raufxon, Sayd Anvar, Farida Afroʻz,
Iqbol Mirzo, Abdurahmon Joʻra, Mirza Karim, Gulbahor, Otabek Rustambek oʻgʻli, Muxtasar
Tojimamatova, Ozoda Toʻraqulova kabi ijodkorlar yetishib chiqdilar.
Fargʻona viloyatida Oʻzbekiston Respublikasi ijodiy uyushmalari (yozuvchilar, rassomlar,
jurnalistlar, meʼmorlar va boshqa)ning viloyat boʻlimlari faoliyat koʻrsatib kelmoqda.
Matbuoti, radioeshittirishi va televideniyesi


Viloyatda 10 ta jurnal, 79 ta gazeta, shu jumladan, 2 viloyat gazeta („Fargʻona haqiqati“,
„Ferganskaya pravda“), 20 shahar va tuman, 20 ta tarmoq hamda 37 ta xususiy gazetalar chop
etiladi. Fargʻona viloyatida radioeshittirishlar 
1932-yilda
efirga uzatila boshlagan. Viloyat radiosi
orqali oʻzbek, tojik va rus tillarida kuniga 18 soat eshittirishlar beriladi. Viloyat televideniyesi oʻz
koʻrsatuvlarini 
1991-yil
22-dekabrdan namoyish eta boshladi. Oʻsha paytlarda haftasiga 1 soat
koʻrsatuvlar berilgan. Fargʻona viloyati televideniyesi haftalik koʻrsatuvlari 18 soatni tashkil
etadi. Koʻrsatuvlar oʻzbek, tojik va ingliz tillarida olib boriladi. Undan tashqari "Ruxsot" TRK,
"Margʻilon","Tohir-Bagʻdod" TV telekanallari hamda „Soʻx“, „Muloqot“ telestudiyalari faoliyat
koʻrsatadi.
Fargʻona viloyatida asosiy hisoblangan Qoʻqon meʼmorligining shakllanishi 18-asrdan boshlanadi.
Bu yerga dastlab Buxorodan bir guruh binokorlar taklif etildi, ular Madrasa, masjid, maqbara,
karvonsaroy, koʻprik va boshqa binolarni bunyod etdilar. Hozirgacha shaharda saqlangan
meʼmoriy yodgorliklardan eng qadimgisi Madrasai Mir nomi bilan xalq orasida mashhur boʻlgan
Norboʻtabiy madrasasidir (18-asr oxiri). Bu Madrasa Qoʻqon hukmdori Norboʻtabiy hukmronligi
davriga oid. Undan tashqari, Daxmai shohon, Daxmai Modarixon meʼmoriy majmualari (19-asrning
20-yillari), Miyon Hazrat (1860-yil), Kamol Qozi (1837yil) madrasalari, Oʻrda (1871yil, Qoʻqon xoni
Xudoyorxon tomonidan qurilgan), Jome masjidi (19-asr oxiri — 20-asr boshlari) kabi meʼmoriy
yodgorliklar saqlangan.
Nalivkin V. P ., Kratkaya istoriya Kokandskogo xanstva, Kazan, 1886; Akromov 3. M., Fargʻona
vodiysi, T., 1957.
1. 

Download 311,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish