Farg`ona viloyati Uchko`prik tumani 5-o`rta ta`lim maktabi boshlang`ich sinf o`qituvchisi Meliboyeva Rahbaroyning 4 "A" sinf matematika fanidan "Kasrlar haqida tushuncha" mavzusida dars ishlanmasi Fan. Matematika Sinf



Download 41,39 Kb.
Sana23.12.2019
Hajmi41,39 Kb.
#31405
Bog'liq
kasrlar haqida tushuncha 4


Aim.Uz

Farg`ona viloyati Uchko`prik tumani 5-o`rta ta`lim maktabi boshlang`ich sinf o`qituvchisi Meliboyeva Rahbaroyning 4 “A” sinf matematika fanidan “Kasrlar haqida tushuncha” mavzusida dars ishlanmasi Fan. Matematika Sinf. 4 Mavzu. Kasrlar haqida tushuncha. Darsning maqsadi: a) ta`limiy: o`quvchilarga kasr haqida tushuncha berish, bilimlarini kengaytirish. FK: kasr haqida tasavvurlarini boyitish. b) tarbiyaviy: do`stona munosabatda bo`lishga o`rgatish, hamkorlikda ishlash. TK 4: tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalash. d) rivojlantiruvchi: o`quvchilarning mustaqil va erkin fikrlashini rivojlantirish. FK2: yangi bilmlar hosil qilish. . Dars turi: Yangi bilim beruvchi. Dars metodi: Tushuntirish, “Xotira” mashqi, “Moslashuv” mashqi. “Tez top” o`yini Darsning jihozi: Dasrlik, mavzuga oid ko`rgazmalar, A4 qog`oz, marker, skotch, olma, multimediya ilovalari . Darsning borishi: I. Tashkiliy qism. Salomlashish. Navbatchi orqali davomadni aniqlash, o`quvchilar darsga tayyorgarligini ko`rib chiqish. “Ma`naviyat daqiqasi” o`tkaziladi. Ekranda Muso al-Xorazmiy haqida 2 daqiqalik film namoyish etiladi. O`quvchilar tomonidan kun yangiliklari e`lon qilinadi. -- 9-fevral bobomiz Alisher Navoiyning 577 yilik tavalludi nishonlandi. -- 14-fevral- shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun. O`quvchilar guruhlarga bo`linib, guruh sardorlari aniqlanadi. 1.”Muso al-Xorazmiy” 2.”Ahmad al-Farg`oniy” 3.”Mirzo Ulug`bek” II. O`tgan mavzuni mustahkamlash. Darslikning 139-betidagi 623-misol tekshirilib baholanadi. “Xotira” mashqi o`tkaziladi. O`quvchilarga ko`p xonali sonlar ko`rsatilib, eslab qolingan sonlarni daftarga yozish buyuriladi. Masalan, 312, 95, 6491, 5505. III. Yangi bilim berish. O`quvchilarga olma ko`rsatiladi. Uning rangi, shakli, ta`mi, foydasi (vitaminga boy), tabiat in`omi ekanligi tushuntiriladi. Olma teng ikkiga bo`linadi. So`ng teng to`rtga bo`lib ko`rsatiladi. Bir bo`lagi bir o`quvchiga beriladi. Demak, 4 qismga bo`lingan olmaning bir bo`lagi olindi, ya`ni to`rtdan bir qismi. Kasr haqida o`quvchilarga tushuncha beriladi. Mavzu ekranda ko`rsatilib, tushuntiriladi. Darslik bilan ishlash. Darslikdagi 625-misolda rasm nimasi bilan bir-biriga o`xshashligi tushuntiriladi. 626-misolda berilgan AB kesmani o`lchab, daftarga chizadilar. O`quvchilardan kesma, to`g`ri chiziq, nur haqidagi bilimlar aniqlanadi. Faol guruh a`zolari rag`batlantirilib boriladi. Demak, 1sm=1/10 dm 627-misolni bajarishda guruh sardorlari o`rtasida “Moslashuv” mashqi o`tkaziladi. 1/10sm 1dm 1/10m 1/10km 1m 1mm G`oliblar rag`batlantiriladi. “Tez top” o`yini guruhlararo o`tlaziladi. Guruhlarga kvadrat, uchburchak, to`rtburchak shakllari beriladi. Teng qismga bo`lingan bu shakllardan bir bo`lagini kesib oladilar. Guruh sardorlari natijani qog`ozga yozib doskaga iladi. Masalan, 1/4, 1/3 kabi.

IV. O`tgan mavzuni mustahkamlash. 628-misol doskada amllar turiga ko`ra bajariladi. 8491x73=619843 94720:80x96+89994=1184x96+89994=113664+89994=203658 Matematik diktant o`tkaziladi. -Olmaning to`rtdan bir bo`lagi – 1/4 -Qovunnig to`rtdan uch bo`lagi – 3/4 -Tortning beshdan bir bo`lagi – 1/5 Guruhlar bo`yicha to`g`ri javoblar aniqlanadi. V. O`quvchilarni baholash va darsni yakunlash. Guruhlarda eng faol qatnashgan o`quvchilar va g`olib guruh aniqlanadi. “Eng faol o`quvchi”, “Eng topqir o`quvchi”, “Eng aqlli o`quvchi” nominatsiyalari beriladi. VI. Uyga vazifa 629-630-misol- masala 630-masala sharti o`qilib, bajarish tartibi tushuntiriladi.
Download 41,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish