Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani 15-ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabida viloyat xalq ta’limi boshqarmasi, Qo‘qon davlat pedagogika instituti bilan



Download 43 Kb.
Sana22.07.2022
Hajmi43 Kb.
#839006
Bog'liq
баён 15-мактавб она тили




Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani 15-ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabida viloyat xalq ta’limi boshqarmasi, Qo‘qon davlat pedagogika instituti bilan hamkorlikda “Ona tili va adabiyot darslarida xalqaro tadqiqot manbaalaridan foydalanish”mavzusida o‘tkazilgan viloyat o‘quv-amaliy seminar yig‘ilish bayoni

2021-yil 7-dekabr Yoyilma qishlog‘i




Yig‘ilish raisi: M.Mahmudov - Uchko‘prik tumani XTB mudiri


Yig‘ilish kotibi: D.Isaqova - Uchko‘prik tumani XTB metodisti


Qatnashdi: M.Asrakulov – VXTB metodika markazi metodisti, B.Hasanova – QDPI o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti dekani, dotsent, filologiya bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD), D.Rahmatullayeva – QDPI yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari, dotsent, filologiya bo‘yicha falsafa fanlari doktori, viloyatdagi tuman (shahar)lardagi xalq ta’limi bo‘limi ona tili va adabiyot fani metodislari, ilg‘or ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari.


KUN TARTIBI:

Uchko‘prik tumani 15-ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabida viloyat xalq ta’limi boshqarmasi, Qo‘qon davlat pedagogika instituti bilan hamkorlikda “Ona tili va adabiyot darslarida xalqaro tadqiqot manbaalaridan foydalanish” mavzusida o‘tkazilgan viloyat o‘quv-amaliy seminar yakunlari to‘g‘risida.




Eshitildi:

Uchko‘prik tumani XTB mudiri M.Mahmudov yig‘ilishni ochib, 15-ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabida viloyat xalq ta’limi boshqarmasi, Qo‘qon davlat pedagogika instituti bilan hamkorlikda “Ona tili va adabiyot darslarida xalqaro tadqiqot manbaalaridan foydalanish” mavzusida tashkillangan o‘quv-amaliy seminar yakunlari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.


O‘quv-seminarda tashkillangan darslarda o‘qituvchilar tarqatmali materiallar, ko‘rgazmali qurollardan, axborot kommunikatsion texnologiyalaridan unumli foydalanganliklari alohida ta’kidlab o‘tildi. Ushbu o‘quv-amaliy seminarda 1-IDUMI oliy toifali ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi N.Ziyaboyeva, 18-maktab ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi X.Oripovalarning 8-,9-sinflarda “Xalqaro tadqiqot manbaalaridan foydalanish” to‘garak mashg‘uloti, 15-IDUM oliy toifali ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi N.Ahmedovaning 10-“A” sinfda ona tili fanidan “Morfologik vositalar bo‘limi yuzasidan mustahkamlash” mavzusida mahorat darsi, 15-IDUM 1- toifali ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi M.Mahmudova 11-“B” sinfda adabiyot fanidan “Z.M.Boburning hayoti va ijodi” mavzusida mahorat darsi, 15-IDUM oliy toifali ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi G.Toshxo’jayevaning 6-“B” sinfda ona tili fanidan “Sifat darajalari” mavzusida mahorat darslari guruhlarda ishlash orqali, ko‘rgazmalilik, axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanish orqali kasbiy mahoratlari, malaka oshirish kurslarida olgan metodlarini qo‘llash orqali namoyish etdilar.
Muzokara uchun so‘zga chiqqan Dang‘ara tumani XTB metodisti M.Mamatqulova, Qo‘qon shahar XTB metodisti L.Aliyeva, Bog‘dod tumani XTB metodisti E.Isaboyevalar, viloyat o‘quv-amaliy seminari maqsadga muvofiq tashkil etilganligini, o‘qituvchilar tomonidan o‘tilgan mahorat darslarida o‘qitishning ilg‘or usul va metodlaridan foydalangan holda tashkil etganliklarini ta’kidlab o‘tdilar.
Kun tartibidagi masala yuzasidan yig‘ilish


QAROR QILADI:

1. Uchko‘prik tumani 15-ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabida viloyat xalq ta’limi boshqarmasi, Qo‘qon davlat pedagogika instituti bilan hamkorlikda “Ona tili va adabiyot darslarida xalqaro tadqiqot manbaalaridan foydalanish” mavzusida o‘tkazilgan viloyat o‘quv-amaliy seminari maqsadga muvofiq deb topilsin.


2. 15-ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari N.Ahmedova, M.Mahmudova, G.Toshxo’jayeva, 18-,1-IDUMI o‘qituvchilari H.Oripova, N.Ziyaboyevalarning darslari tuman miqyosida ommalashtirilsin, viloyat miqyosida ommalashtirishga tavsiya etilsin.
3. 15-ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari N.Ahmedova, M.Mahmudova, G.Toshxo’jayeva, 18-,1-IDUMI o‘qituvchilari H.Oripova, N.Ziyaboyevalar direktor jamg‘armasi hisobidan rag‘batlantirishga tavsiya etilsin.
4. Viloyatdagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablari ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilariga:
-har bir o‘tiladigan darsga puxta tayyorgarlik ko‘rish;
-o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqi ustida ishlash;
-o‘quvchilarning yozma savodxonligiga e`tiborni kuchaytirish;
-darslarni ko‘rgazmalilik asosida,AKTvositalaridan samarali foydalangan holda tashkil etish;
-ona tili va adabiyot fanidan tashkil etilgan fan to‘garaklari faoliyatini yanada jonlantirish;
- “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasidan ro‘yhatdan o‘tish tartibini puxta o‘rganish;
-xalqaro tadqiqotlarda o‘qish savodxonligi yo‘nalishi bo‘yicha maktablarda tashkillangan to‘garaklarni talab darajasida bo‘lishiga erishish vazifalari yuklatilsin.
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorati viloyat XTB Metodika markazi direktori N.Meliqo‘ziyev zimmasiga yuklatilsin.
Yig‘ilish raisi: M.Mahmudov


Yig‘ilish kotibi: D.Isaqova
Download 43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish