III. Yangi mavzu bayoni (15 daqiqa)
1. Hamid Olimjon hayoti va ijodi bo‘yicha o‘quvchilarga qo‘shimcha ma’lumotlar beriladi.
Buyuklar xazinasidan.
Akademik Oybek: “Otashin vatanparvar va talantli shoir”;
Uyg’un: “Shodlik va baxt kuychisi”
Mirtemir: “Hamid Olimjon tug’ma va nodir iste’dod edi”
Dostonlari.
“Oygul bilan Baxtiyor” (1937)
“ Semurg‘” (1939)
“Zaynab va Omon” (1938)
Balladalari.
“Jangchi Tursun” (1942)
“Roksananing ko‘z yoshlari” (1944)
Dramalari.
“O‘zbekiston qilichi” (1941)
“Muqanna” (1943)
“Jinoyat” (1944)
Tarjimalari.
1. H.Olimjonning “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostoni haqida nazariy bilamlar beriladi, ertak-doston o‘quvchilarga ifodali o‘qitiladi va tahlil qildiriladi.
Bolalik kunlarimda,
Uyqusiz tunlarimda
Ko‘p ertak eshitgandim,
So‘ylab berardi buvim…
Shoir «Oygul bilan Baxtiyor» ertagini onasidan eshitganini aytsa-da, bugun Siz o‘qiyotgan ertak-dostonning chuqur mazmun-mohiyati, go‘zal satrlari uni badiiy qayta ishlagan shoir mahoratining mevasi ekanini unutmasligimiz kerak.
Juda qadim zamonda, Jambil degan yurtda nihoyatda og‘ir ahvolga tushgan xalq o‘zini qul qilgan xon zulmiga qarshi bosh ko‘taradi. Bunday qo‘zg‘alonlar dunyo xalqlari tarixida ham, bizning yurtimiz o‘tmishida ham ko‘p marotaba bo‘lgan. Ozodlikka, hur va erkin yashashga bo‘lgan intilish bizning xalqimiz ruhini hech qachon tark etgan emas.
Jambildagi qo‘zg‘alonga esa keksa qul Darxon va uning mardona qizi Oygul boshchilik qilardi. Kuchlar teng bo‘lmagani tufayli qo‘zg‘alonchilar mag‘lubiyatga uchrab, Darxon, qizining ko‘z o‘ngida, zolim xon tomonidan qatl etiladi.
Saroyda xizmat qiladigan, xondan juda ko‘p jabr-u jafo ko‘rgan Tarlon ismli keksa qul zindonda yotgan Oygulni qutqarishga jazim etadi. Qizni sandiqqa solib daryoga oqizib yuboradi. Sandiqqa Oygul uchun yetadigan non ham solib qo‘ygan edi.
Bolalar, bundan oldingi darslarda Siz ertaklarning sehrli olamiga sayohat uyushtirgan edingiz. Hamid Olimjon ham onasi aytib bergan ertaklar ichida «Tohir va Zuhro»ni eslaydi. Yodingizda bo‘lsa, o‘sha ertakda ham bosh qahramonlardan biri Tohir Amudaryoda sandiqda oqib ketadi. Bundan ko‘rinadiki, ertaklar orasida o‘xshash manzaralar tez-tez uchrab turar ekan.
Go‘zal yurt Susambilda
Bir podachi bor edi.
U mashhur edi elda,
Nomi Baxtiyor edi.
Go‘zal edi va chinor
Qomatiga edi zor.
Ko‘kraklari butun bir
Oftobni yashirardi.
Tanlarida bir umr
O‘t lovullab turardi.
Qilichday o‘tkir edi,
Rustam kabi zo‘r edi.
Ammo elda xor edi,
Kambag‘al, nochor edi...
Shu tarzda ertak-doston o‘quvchilarga tahlil qildirib boriladi.
2. Hamid Olimjonning she’rlari va qo‘shiq bo‘lib kuylangan she’rlari o‘quvchilarga eshittiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |