- Fargʻona Respublikaning yirik ilm va madaniyat markazlaridan biridir. Fargʻonadan 52 km janubda Shohimardon kurorti, shahardan 32 km narida, Oltiariq tumanidagi xushmanzara joyda 2 yirik shifoxona joylashgan. 2 madaniyat saroyi, 28 kutubxona, viloyat oʻlkashunoslik muzeyi, 4 madaniyat uyi, musiqali drama teatri, rus drama teatri, qoʻgʻirchoq teatri, yoshlar xiyoboni, madaniyat va istirohat bogʻi, Toshkent 2-tibbiyot instituti filiali, universitet, politexnika instituti, 3 ta bolalar musiqa maktabi, sanʼat maktabi, 41 umumiy taʼlim, 4 kattalar taʼlimi maktablari, 3 akad. litsey, 18 kasbhunar kolleji faoliyat koʻrsatadi. 3 stadion, sport majmuasi, kasalxona, poliklinika, dorixonalar mavjud. Fargʻonadan tuman markazlari, shahar va shaharchalariga avtobus qatnaydi. Havo transporti orqali Toshkent shahri, viloyat markazlari va xorijiy davlatlar bilan bogʻlangan. Shaharda 2 viloyat gazeta, shahar gazeta ("Fargʻona tongi", 1955 yil 29 dekabrda tashkil etilgan, adadi 3000), 22 tarmoq gaz., 15 xususiy gazeta va 6 jurnal nashr etiladi. 3 ta telestudiya faoliyat koʻrsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |