III.Yakuniy qism:
1-topshiriq:”Tarmoqlash” metodidan foydalaniladi
O‘quvchilarga varoqlar tarqatiladi.Ularga o`zlari yoqtirgan qahramon nomi va uninf fazilatlarini yozish topshiriladi.
O‘quvchilar fikri umumlashtiriladi.
Dars yakunida O‘quvchilar fikri umumlashtirilib, rag`batlantiriladi.
Maktab MMIBDO‘______________________ ___________________________ sana______ _______ 20___yil
30-mavzu: Bobom xotiralari (Xotira va qadrlash kuni oldidan)
I.Kirish:
Sinf soati mashg‘ulotning maqsadi: O‘quvchilarga Vatan degan muqaddas tuyg`uni,uning aziz insonlarini, Ona Vatan himoyasi uchun jonini ayamagan mard, jafokash, jasur o`g`lonlarini yana bir bor yod etish mazmun-mohiyatini keng tushuntirib berish. hamda davlatimizning mustaqillik yillarida erishgan yutuqlari,xalqimizning tarixi haqida texnik vositalar yordamida ma`lumotlar yetkazish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantiradi.
Kun shiori: Tarixsiz-kelajak yo’q
Sinf soati mashg‘ulotning jihozi: Proyektor va kompyuter,DVD, tarqatma material,rasmlar.(Mahallada istiqomat qilayotgan urush yoki mehnat faxriylaridan taklif qilish)
Sinf soati mashg‘ulotning borishi:
Tashkiliy qism: O‘quvchilarning mashg‘ulotga tayyorgarligi, navbatchi axboroti.
Ma`naviyat daqiqasi. O‘qituvchi:
Sen mening bobomsan – Xotira,
Sen mening momomsan-Qadr!
Bir qadim yo`llar-a…..Xotira….
Bir qadim yo`llar-a…...Qadr….
II.Asosiy qism:
-She`r nima haqida ekan? (Xotira va qadrlash haqida ekan)
-Demak, bugungi darsimizda “Xotira va Qadrlash” kuni haqida suhbtlashamiz.
Xalqimizning Vatan ozodligi va mustaqilligi uchun jon fido etgan farzandlari xotirasini abadiylashtirish, bugun ham el-yurtimiz obro`yini yuksaltirishga,siz yoshlarni tarbiyalashga hissa qo`shayotgan faxriylarni ardoqlsh maqsadida 9-Mayni” Xotira va Qadrlash kuni” sifatida keng nishonlash an`anasi qaror topdi.
Bugungi darsimizda noan`anaviy tarzda “Eng muqaddas kun” ruknida boshqaramiz.
O‘qituvchi:-Bolajonlar siz musobaqa deganda nimalarni tushunasiz?
O‘quvchilar: Ikki yoki bir necha guruhning o`zaro savol – javob yoki o`yin orqali musobaqalashuvini.
O‘qituvchi: -Qanday musobaqa turlarini bilasiz?
O‘quvchilar:-Birin-ketin bilgan musobaqalarini aytadilar. “Bilimlar bellashuvi”, ”Futbol”, ”Suzish”, ”Volleybol”, ”Kurash”
O‘qituvchi: -Balli! Sizlar musobaqalarni juda yaxshi bilar ekansizlar.
Hozir o`lkamizda qanday fasl hukm surmoqda? Bahor fasli
Bahor faslida qanday bayram va kunlarni nishonlaymiz?
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni, 21 – mart Navro`z bayrami
9 – aprel Sohibqiron Amir Temur bobomiz tavallud topgan kun
9 – may Xotira va Qadrlash kuni
25 – may So`nggi qo`ng`iroq kuni
Xotira insonni kelajakka teran ko`z bilan qarashga o`rgatadi.Qadrlash esa,xonadonlarimizga fayz-baraka bag`ishlab,qilayotgan ishlarimizga oq fotiha tilab turgan qariyalarning hurmatini joyiga qo`yishdir.
III. Yakuniy qism:
O‘quvchilar yangi mavzuni qay darajada o`zlashtirganlarini bilish maqsadida quyidagi texnologiyalardan foydalanamiz. “Aqliy hujum”usuli :
Endi bolajonlar egallagan bilimlaringizni mustahkamlash maqsadida “Nima uchun” o`yinini o`tkazamiz.
N
Ajdodlarimizning mardonovor kurashlarini eslash uchun
Bugungi farovon hayotga osonlik bilan erishilmaganini bilish uchun
ima uchun ? texnologiyasi
Ota-ona, qavm-qarindoshlarni qadrlash,xotirlash uchun
O`tmishimizni unutmasligimiz uchun
Bemorlarning holidan xabar olish uchun
Keksalarni ardoqlash uchun
Tinchlikni,osoyish-talikni qadrlash uchun
Yurtni qadrlash uchun
Shu tariqa uchala guruh fikrlarini bayon etadi.
Barakalla bolajonlar mavzu haqida ko`pgina bilimga ega bo`libsiz.
Dars yakunida O‘quvchilar fikri umumlashtirilib, rag`batlantiriladi.
Maktab MMIBDO‘______________________ ___________________________ sana______ _______ 20___yil
Do'stlaringiz bilan baham: |