Molekular kristall panjaralar. Kristall panjara tugunlarida alohida molekulalar joylashgan tuzilmalar molekular kristall panjaralar deyiladi. Masalan, molekular kristall panjara tugunlarida kovalent qutbsiz molekulalar joylashgan oddiy moddalar (qattiq holdagi H2, N2, O2, Cl2, P4, S8), kovalent qutbli bog'lanishli molekulalar (qattiq holdagi H2O, HCl, CO2, H2S).
Metall kristall panjaralar. Kristall panjara tugunlarida alohida atomlar va musbat ionlar joylashgan va ular orasida metall bog'lanish mavjud bo'lgan tuzilmalar metall kristall panjaralar deyiladi.
Masalan, barcha metallar (Na, Ba, Zn, Al, Cu, Au).
Elementlar oksidlanish ---darajalarining o'zgarishi bilan boradigan reaksiyalar oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari deb ataladi.
Oksidlanish-qaytarilish---- reaksiyalarida elektron olgan element yoki ion oksidlovchi, elektron bergan elementi ion qaytaruvchi deb ataladi.
Oksidlovchi ----ayni kimyoviy jarayonda elektron olib qaytariladi.
Qaytaruvchi ----ayni kimyoviy jarayonda elektron berib oksidlanadi.
Oksidlovchi va qaytaruvchi bitta modda tarkibida bo'lib, elektronlarning almashinuvi shu modda tarkibidagi zarrachalar orasida sodir bo'ladi.
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining bunday turlari ichki molekular oksidlanish-qaytarilish deb ataladi.
Bir xil molekuladagi, oraliq oksidlanish darajasidagi atomning bir qismi yuqoriroq, ikkinchi qismi esa quyi, oksidlanish darajasiga o'tishi bilan boradigan oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari disproportsiyalanish reaksiyalari deyiladi.
Eritmalari yoki suyuqlanmalari elektr tokini o'tkazadigan moddalar elektrolitlar deyiladi. Elektrolitlarga suvda eriydigan kislotalar, ishqorlar va tuzlar kiradi.
Eritmalari yoki suyuqlanmalari elektr tokini o'tkazmaydigan moddalar elektrolitmaslar (noelektrolitlar) deyiladi.
Dissotsiatsiyalangan molekulalar sonining erigan modda molekulalarining dastlabki soniga nisbati elektrolitning dissotsiatsiyalanishi darajasi deb ataladi va a harfi bilan belgilanadi:
Dissotsiatsiyalanish darajasi nisbatan yuqori bo'lgan elektrolitlar kuchli elektrolitlar deb ataladi.
Ko'pchilik tuzlar (NaCl, KNO3, Ba(NO3)2, FeSO4), kislotalar (HClO4, HNO3, H2SO4, HCl, HBr, HJ) va ishqorlar (NaOH, KOH, Ca(OH)2, Ba(OH)2) kuchli elektrolitlar hisoblanadi.
Dissotsiatsiyalanish darajasi suyultirilgan eritmalarida ham kichik qiymatga ega bo'lgan elektrolitlar kuchsiz elektrolitlar deb ataladi.
(H2CO3, HClO, H2S, HNO2, H2CO3, H2SiO3, HClO2 va b.q), ammoniy gidroksid, metallarning erimaydigan gidroksidlari, suv kuchsiz elektrolitlar hisoblanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |