Mehmonning jo`nab ketishini rasmiylashtirish. Check out Process. - Mehmonning jo‘nab ketishini rasmiylashtirish (Check out process) chog‘ida ko‘rsatilgan xizmatlar uchun u bilan to‘liq hisob-kitob qilinadi (foydalanilmagan avans qaytarib beriladi – deposit), mijoz nomer va kalitn topshiradi. Mijoz bilan hisob-kitob naqd pul bilan ham, pul o‘tkazish yo‘li bilan ham amalga oshirilishi mumkin. Yagona hisob-kitob soati (12 soat) tizimini joriy etish mehmonxona ma’muriyatiga mijozlar bilan texnik hisob-kitob qilish jarayonini soddalashtirish imkonini beradi. Mijozga kredit kartalaridan foydalanish imkonini berish yo’li bilan mehmonxona uning erkinlik darajasini oshiradi
Do'stlaringiz bilan baham: |