Farg’ona shahar 26-o’rta ta’lim maktabi matematika fani o’qituvchisi Rasulova Gulmiraxonning “Chiziqli funksiya,grafigi va xossalari” mavzusida tayyorlagan dars ishlanmasi
Farg’ona shahar 26-o’rta ta’lim maktabi matematika fani o’qituvchisi Rasulova Gulmiraxonning 7-sinf geometriya kuridagi “uchburchakning ichki burchaklari yig’indisi haqidagi teorema” mavzusida tayyorlagan taqdimoti
7-sinf
Mavzu: UCHBURCHAKNING ICHKI BURCHAKLARI YIG’INDISI HAQIDAGI TEOREMA.
Darsning maqsadi :O`quvchilarda uchburchak burchaklarining 1800 ga tengligini isbotlash ko`nikmasini hosil qilish, to`g`ri burchakli, teng yonli, teng tomonli uchburchaklarning burchaklari haqida ma`lumotlar berish. Masalalar yechish orqali uchburchak burchaklari haqida olgan bilimlarini mustahkamlash.
Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism– salom-alik qilish, davomatni tekshirish, zarur ko’rgazmali qurol va jihozlarni darsga hozirlash;
2. O’tilganlarni takrorlash va yangi mavzuni boshlashga hozirlik– yangi mavzu bilan bog’liq o’tilgan dars mavzularini takrorlash; o’quvchilarning yangi mavzuni o’tishdan oldin bu mavzuga oid bilim darajalarini aniqlash, baholash va yangi
materialni o’zlashtirishga tayyorlash; yangi dars maqsadini tushuntirish;
3. Yangi mavzuni yoritish:
UCHBURCHAK TA’RIFI:
Bir to’g’ri chiziqda yotmagan uch nuqtani ketma-ket tutashtirish orqali hosil qilingan geometrik shakl uchburchak deyiladi. Belgilangan uchta nuqta uchburchakning uchlari, ularni tutashtiruvchi kesmalar esa uchburchakning tomonlari bo’ladi. ∆ABC -uchburchak
A, B, C nuqtalar- uchburchakning uchlari
AB, BC, AC kesmalar - uchburchakning tomonlari
A, B, C- uchburchakning burchaklari
P = AB + BC + AC - uchburchakning perimetri
Uchburchakning tomonlari va burchaklari uning asosiy elementlari deb ataladi.
MEDIANA MEDIANA BALANDLIK BALANDLIK BISEKTRISSA BISEKTRISSA O’RTA CHIZIQ O’RTA CHIZIQ O’RTA PERPENDIKULYAR O’RTA PERPENDIKULYAR Uchburchakning biror uchini shu uch qarshisidagi tomonning
o’rtasi bilan tutashtiruvchi kesma uchburchakning medianasi deb ataladi.
Uchburchakning biror uchidan chiqib, shu chiqqan burchakni
teng ikkiga bo’luvchi nur uchburchak bissektrisasi deyiladi.
Uchburchak uchidan shu uch qarshisidagi tomon yotgan
to’g’ri chiziqqa tushirilgan perpendikulyar uchburchakning balandligi deb ataladi.
Uchburchakning muhim elementlari: UCHRURCHAKNING BURCHAGIGA KO’RA TURLARI:
Bitta burchagi to’g’ri bo’lsa, to’g’ri burchakli
Hamma burchaklari o’tkir bo’lsa, o’tkir burchakli
Bitta burchagi o’tmas bo’lsa, o’tmas burchakli uchburchak deyiladi.
C2 = a2+b2
a
c
b
Uchburchakning tomoniga ko’ra turlari:
Uchala tomoni o’zaro teng bo’lsa, teng tomonli uchburchak
Tomonlaridan ikkitasi o’zaro teng bo’lsa, teng yonli uchburchak
Uchta turli xil tomonga ega bo’lsa, turli tomonli uchburchak deyiladi,
α=600 b=500 c=320 d=640;e=640 f=550; g=550 h=760; i=760; j=1040 Bir varaq qog’ozga ixtiyoriy ABC uchburchakni chizing va burchaklarini 1, 2 va 3 raqamlar bilan belgilang. Uning bur chaklarini ko’rsatilgandek qilib yirtib oling va yonma-yon qo’ying. Bundan qanday xulosa chiqarish mumkin? Uchburchakning ichki burchaklari yig’indisi:
Teorema:
Uchburchak
Uchburchak
Isbot: B uchdan AC tomonga parallel a to’g’ri chiziq o’tkazamiz . 1 = 4 va AC parallel to’g’ri chiziqlarni AB kesuvchi bilan kesganda hosil bo’lgan ichki almashinuvchi burchaklar sifatida. 3 = 5 va AC parallel to’g’ri chiziqlarni BC kesuvchi bilan kesganda hosil bo’lgan ichki almashinuvchi burchaklar sifatida. 4 + 2 + 5 = 180 bu burchaklar umumiy uchga ega va yoyiq burchak tashkil qiladi.. Mashqlar:
Uchburchakning nechta burchagi to’g’ri bo’lishi mumkin?
Uchburchakning nechta burchagi o’tmas bo’lishi mumkin?
Burchaklari 100, 20, 50 gradus bo’lgan uchburchak mavjudmi?
Mashqlar:
Darsga yakun yasash va baholash
Darsga yakun yasash va baholash– darsning maqsadini yana bir bor eslatish va unga qanchalik erishilganligini o’quvchilar bilan birgalikda aniqlash. O’quvchilarning mavzu bo’yicha savollariga javob berish, ulaming o’zlashtirganlik darajasini aniqiash, darsning asosiy lahzalarini qayd qilish. Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni tilga olish va baholash;