II.Asosiy qism:
Aziz bolalar! Yo`l hamisha tasodiflarga to`la.Lekin afsuski, har qanday tasodifning oxiri yaxshilik bilan yakunlanavermaydi. Ayrim tasodiflarlar natijasida ba’zilar ruhan, ba’zilar jisman majruh bo'lib qoladilar.Har yili yo‘l - transport hodisalari natijasida ko'plab bolalar shikastlanib, nobud bo'lishyapti.Yo'ldagi har qanday
hodisa o‘z-o‘zidan sodir bo'lmaydi. Ularning sabablari ko‘p.
Bolalarning yo'lda shikastlanish sabablari turlicha. Bulardan eng asosiylari, tez kelayotgan transport oldidan
kutilmaganda chopib o'tish, yo‘lning harakat qismida turli o'yinlar o'ynash, kichik yoshdagi bolalarni yo'lda
nazoratsiz qoldirish va
boshqalardir. Вu sanab o'tilgan sabablar rasmiy tilda yo‘l harakati qoidalarining
buzilishi deyiladi.
Ko‘pincha yo‘l transport hodisasi sodir qilgan haydovchilar ham bola yo'lning harakat qismida kutilmaganda paydo bo'lgani, kattalar qo‘lidan chiqib birdaniga yugurgani, koptokning orqasidan chopib chiqqani, velosiped, chanalarda yo‘lning qatnov qismida uchgani, mashinaga osilgani, yo'lni mumkin bo‘lmagan joylardan kesib o'tgani haqida shikoyat qiladilar.
O’yinlar bolaning dunyoqarashini o‘stirishga, uning har tomonlama rivojlanishiga yordam beradi.Shuning uchun ham bolalar o'yinlarini taqiqlash mumkin emas. Lekin maxsus belgilangan va xavfsiz joylarda o‘ynashga ruxsat etiladi.
Tez harakatlanib ketayotgan avtomobilni taqqa to‘xtatib bo‘lmasligini hamma yaxshi biladi, lekin harakat ishtirokchilari ayrim hollarda o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri hisobga ololmaydilar. Yo‘llarda sodir bo‘layotgan deyarli barcha falokatlarning sababi aynan shunda. Bunga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida avtomobilni yaratgan inson yo‘llarda harakatlanish qoidalarini ham o‘ylab topdi. Avvallari yo‘llarda harakatlanish ishtirokchilari hisoblangan otliqlar, izvoshchilar, keyinroq piyoda vahaydovchilar bir-birlariga xavf tug‘dirmaslik maqsadida ana shu qoidalarga muvofiq harakat qilganlar. Vaqt o‘tishi bilan bu qoidalar takomillashib, to‘ldirib borilgan.Qoidalar tarixiga nazar solsak, ular asosan piyodalarning manfaatlarini o‘ylab, izvoshchi va mashina haydovchilarining piyodalarga yetkazishi mumkin bo‘lgan shikastlanishlardan himoya qilish maqsadida joriy etilgan.Avtomobillarnig paydo bo‘lishi bilan yo‘llarda harakatlanish qoidalari hayotiy zaruratga aylandi va nihoyat, 1893-yil 14-avgustda
Fransiyada, 1896-yilda Angliya va boshqa davlatlarda bu qoidalar joriy qilindi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasida yo‘llarda transport vositalarining
o‘ng taraflama harakatlanishi tartibi joriy etilgan. Shu bois, harakat vaqtida piyodalarning ham, haydovchilarning ham o‘ng tomondan harakatlanishiga odatlanib qolganmiz. Biroq harakatning o‘ng tomonlama prinsipini tashkil qilish va joriy etish uchun anchagina vaqt hamda kuch talab etilgan. Endilikda qoidaga aylangan bu odat bizga uzoq vaqtlardan yetib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |