Farg’ona Profayling Maktabining electron kutubxonasi
https://t.me/profayling_uz
34
maymun yerda yotgan boshqa yashiklarni ustma-ust qo’yib, narvon qiladi va
ularning ustiga chiqib mevani olib yeydi.
Kishi ko’ziga maymunlar nechog’li aqlli hayvon bo’lib tuyulmasin, ammo ularning
tafakkuri nihoyatda tordir. Bu fikrni isbotlash uchun shunday bir tajriba o’tkazilgan.
Yashik qo’yilgan meva oldiga spirt lampasi yoqib, yonib turgan spirt lampasining
tepasiga suvli - jo’mrakli bak va stakan qo’yiladi. Mevani olish uchun maymun avval
olovni o’chirish kerak bo’ladi. Bir odam olovni o’chirib, ovqat olish yo’lini
maymunga ko’rsatadi, maymun bakdagi suvdan krujkaga quyib olovga sepadi va
so’ng mevani olib yeydi. Keyinchalik suv to’ldirilgan bak boshqa stolga ko’chiriladi.
Maymun bir stoldan, ikkinchisiga o’tish uchun uzun ko’prik yasab ko’prik orqali
boshqasiga o’tgan va bakdan krujkaga suv to’ldirib yana org’asiga qaytgan, nihoyat
olovni o’chirib, mevani olib yegan. Aynan maymun atrofida suv turib bundan
foydalanmagani qiziqdir. Bu maymunda umumlashtirish xususiyati yo’qligidan
dalolat beradi, ya'ni har qanday suv olovni o’chira olishini maymun mutloqo
tushunmaydi, u o’zi ko’rgan ishini, ya'ni bakdan olingan suv bilan olovni
o’chirishnigina qila oladi, xolos. Bulardan ma'lumki, aqlni ishlatish bilan biror bir
masalani hal qilishda maymun masalani yechishni barcha zarur shartlarini ko’ra
olmaydi, ulardan faqat ayrimlarinigina fahmlaydi, xolos. Maymunlarning
intellektual harakatlari har qanday harakatlarni sinab ko’rish jarayonida aniq amaliy
tafakkur tarzida sodir bo’ladi. Taqlidchanlik - maymunlar hulq-atvorining xarakterli
xususiyatidir. Masalan, maymun supurgi bilan polni supuradi va "lattani ho’llab
siqadi", "polni artadi", "yuvadi". Odatda, maymunlar harakatning natijasiga emas,
balki harakatning o’ziga taqlid qiladilar. Maymun polni supurar ekan, axlatni bir
joydan ikkinchi joyga ko’chirib yuraveradi-yu, lekin axlatni poldan tozalab ola
bilmaydi.
Shunday tadqiqot o’tkazilgan uyga bo’sh chelak va quruq latta qo’yilgan. Maymun
latta bilan polni artadi va har safar u lattani chelakka tushurib aylantirib siqadi, bu
ishni maymun farrosh qilgani kabi bajaradi. Shuningdek, maymun qalam bilan
daftarga "yozadi" (chiziqlar chizadi) va unga diqqat bilan qaraydi. Maymunga qalam
o’rniga tayoqcha berilsa, qam u "yozishni" davom ettiradi. Intellektual harakatning
natijasiga taqlid qilish maymunlarda uchramaydi.
Amerikalik olimlar
Do'stlaringiz bilan baham: |