Reklama amaliyotida shuni esda tutish lozim: reklama muvaffaqiyat qozonishi uchun u to‘g‘ri, haqiqatga mos bo‘lishi, reklama qilinayotgan tovarning haqiqatdan ega bo‘lgan sifatlarini ko‘rsatishi kerak. Noinsof reklama balki shovqin ko‘tarishi mumkin va ma’lum muvaffaqiyat olib kelishi mumkin, lekin bu muvaffaqiyatdek vaqtinchalik ko‘rinishi mumkin, aslida esa tadbirkorning bozordan chiqib ketishini tezlashtiradi.Reklama faoliyati ushbu sohaning asoslarini chuqur bilishni talab qiladi. Shu bilan bir vaqtda hozirgi milliy reklamalar ko‘pincha tajribali mutaxassislarni va xodimlarni ishtirokisiz tashkil qilinayotganligi sababli boshqa xorijiy reklamalardan keskin ajralib turadi. Ushbu fikrimizni isboti sifatida, gazeta, jurnal, radio, televideniyadagi reklama e’lonlari misol bo‘la oladi. Chet elda reklama materiallarini barpo qilish asosida yotadigan asosiy tamoyillar quyidagicha:– har qanday reklama toza, to‘g‘ri va haqiqiy bo‘lishi kerak;– har qanday reklama jamiyat oldida javobgarlik hissi bilan tashkil qilinishi va sof raqobat tamoyillariga javob berishi kerak;– hech qaysi reklama reklamaga bo‘lgan iste’molchilar ishonchiga putur yetkazishi mumkin emas.Bizning mamlakatimizda ham tovar va xizmatlarning reklama qilishda ushbu asosiy tamoyillarni qo‘llash o‘rinlidir.Reklamani yorituvchilar shuni esda tutishlari kerakki, “Reklama o‘zo‘- o’zidan tovarlarni past sifatini kompensatsiya qila olmaydi. Bundan tashqari bunday reklama sifatsiz tovarlarga bo‘lgan salbiy qarashni kuchaytirishi mumkin, chunki ko‘pchilik xaridorlar reklama ta’sirida uni sotib oladilar va yomon taassurot aholi o‘rtasida tarqalishi mumkin”. Ana shunday holatda reklama ta’sirida ushbu mahsulotga nisbatan va reklamaga nisbatan iste’molchilarda salbiy tasavvur hosil bo‘ladi, bunday holat tadbirkor uchun yaxshi natijalarni olib kelmaydi. Mahsulotni ishlab chiqarishdan uni realizatsiyasigacha bo‘lgan hamma bosqichlar reklama ta’sirining faol dasturi sifatida mujassamlashtirilgan bo‘lishi kerak.Marketing faoliyati davomida asosiy iste’molchilar talablarini batafsil va to‘la o‘rganishni, ushbu talabni qondirish, sotishning jarayonini o‘stirish va tadbirkorlik faoliyatida umumiy samaradorligini oshirish maqsadida talabni shakllantirish va rag‘batlantirishni hal qilishni ko‘zda tutadi. Ushbu maqsadga, birinchi navbatda, kommunikatsion siyosat deb nomlangan tizim javob beradi, reklama uning tarkibiga bozorga ta’sir qiluvchi kompleks choralar sifatida kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |