Ftoroplast – 4 yoki ftorolon – 4 nomi bilan yuritiladigan plastmassa bo`lib
uning kimyoviy formulasi ( - SF
2
– CF
2
- )
n
. U amorf – krisstalli polimer hisoblanib
250
o
S da kristallarnish tezligi past bo`lib u deyarli mexanik xossalariga ta’sir
ko`rsatmaydi, shuning uchun ftoroplast – 4 ni yuqori 250
o
S haroratgacha qizgan
sharoitlarda uzoq muddat ishlatish mumkin. Bu material 327
o
S hararatda erib,
415
o
S haroratgacha qizdirilganda parchalana boshlaydi. Materialning amorf fazasi
yuqori elastik holatda bo`lib u ftoroplast – 4 ga biroz yumshoq bo`lishligini
ta’minlaydi. U juda past –269
o
S haroratlarda ham mo`urt bo`lmaydi. Ftoroplast –
4 kislata, ishqorlarga, turli erituvchi va oksidlovchi moddalarga kimyoviy turg`un,
u suvda namlanmaydi, faqat eritilgan ishqor va metallar va atomar ftor ta’sirida
parchalanishi mumkin. Ftoroplast – 4 yuqori antifriktsion xossalarga ega bo`lib
uning ishqalanish koeftsiyenti juda kichik f = 0,04 u 327
o
S haroratgacha
o`zgarmaydi.
Ftoroplast – 4 ning asosiy kamchiligiga sovuqdan oquvchanligi, 150 – 250
o
S haroratgacha qizdirilganda o`zidan inson organizmiga zararli taksik ftor gazlarni
chiqarishi va qayta ishlash jarayoni murakkabligida. Ftoroplas – 4 dan asosan turli
maqsadlarda ko`llaniladigan quvurlar, trubalar, sovuq suv uchun vintel jumraklari,
nasos detallari, turli zichlagichlar, radiotexnika detallari va ishqalanib ishlaydigan
podshipniklar tayyorlanadi.
Ftoroplastning yana boshqa turlariga ftoroplast – 4D, u kichik ftoroplast – 4
dan kichik makromolekulyar massasi va zarrachalar o`lchami bilan farq qiladi. Bu
esa unga qayta ishlash jarayonini osonlashtirish imkonini beradi. Ftoroplast – 42,
bu material olovda yonmaydi, kimyoviy turg`un, undan asosan maxsus kiyim va
shunga o`xshash narsalar tayyorlanadi. Ftoroplast – 40 bu material yuqori
qattiqlikka ega bo`lib sovuqdan oquvchanligi yo`q, ionlashtiradigan yorug`lik
nurlariga turg`un va yuqori texnologik xossalarga ega.
Rasm 5 da qutubsiz termoplast plastmassalarining suv singuvchanlik
darajasini ko`rsatuvchi diagramma keltirilgan, jadval 1 da esa ularning fizik-
mexanik xossalari 1 jadvalda keltirilgan.
Plastik massalar deb: bitta suniy ravishda olingan organik polimerdan yoki
br-nechta komponentli shuning bittasi bog`lavchi organik polimer, ikkinchisi uni
to`ldiruvchisi bo`lgan materialga aytiladi. Ular qizdirilganda (termoplastiklar kayta
va kayta, termoreaktivlar fakat ilk bora) plastik holatga o`tish qobiliyatiga ega
bo`ladilar. Shundan foydalangan holda ularga bosim ostida turli kerakli shakillar
beriladi va keyinchalik sovishi natijasida shu berilgan shaklni saqlab kolishadi.
Materialdagi bog`lovchi komponentining kelib chiqish tabiatiga ko`ra
shakllangan plastik massalar, qayta sovishi natijasida (termoplastik) yoki yana
qizdirishni kuchaytirish natijasida qotishi amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |