Farg’ona Politexnika Instituti
“O’zbek tili” fanidan “Ulug’ ajdodlarimiz” mavzusida
Taqdimot loyiha
Bajardi: Saydullayev Z
.
Farg’ona - 2022
Reja:
- Buyuk ajdodlarimiz
- Mirzo Ulug’bek
- Yakun
Buyuk ajdodlarimiz
Butun dunyoda buyuk ajdodlarimizning so‘nmas dahosiga hurmat-ehtirom, ularning boy ilmiy merosini o‘rganishga qiziqish hamisha yuqori bo‘lgan. Xorijiy mamlakatlarda ularning hayoti va faoliyati haqida ilmiy va badiiy asarlar yaratilgan, ulug‘ ajdodlarimiz xotirasiga yodgorliklar barpo etilgan.
Mustaqillik yillarida bu qiziqish yanada ortdi. Mamlakatimizda xalqaro ilmiy-madaniy hamkorlik keng yo‘lga qo‘yildi, ushbu mavzuga bag‘ishlagan yirik ilmiy anjumanlar tashkil etildi. Buyuk olim va mutafakkirlarimiz, qadimiy shaharlarimizning yubileylari xalqaro miqyosda nishonlandi. Prezidentimiz rahnamoligida ulug‘ allomalarimiz, aziz-avliyolarimiz qadamjolari obod etilmoqda. Milliy ma’naviy merosni tiklash va asrab-avaylash, ilm-fan va ta’limni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Samarqand shahrida o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy konferensiya ana shu yuksak e’tibor, buyuk ajdodlarimiz ilmiy merosiga hurmat va qiziqish tobora oshib borayotganiga yorqin dalildir.
Sharq va G‘arbni o‘zaro bog‘lagan, Buyuk ipak yo‘lidagi turli sivilizatsiyalar tutashadigan muhim chorraha sanalgan yurtimiz azaldan olimu ulamolari, fozilu fuzalolari bilan dovruq qozongan. Ona zaminimizda tug‘ilib, kamolga yetgan ulug‘ allomalar jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shganlar.
Buyuk bobolarimiz tafakkuri va dahosi mahsuli bo‘lgan minglab asarlar, tarix, adabiyot, san’at, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, kimyo, astronomiya, me’morlik va boshqa sohalarga oid noyob qo‘lyozmalar bizning bebaho ma’naviy boyligimizdir. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, bunday boy merosga ega bo‘lgan xalq dunyoda kamdan-kam topiladi.
O‘nlik sanoq sistemasini, algoritm va algebra tushunchalarini dunyoda birinchi bo‘lib ilm-fan sohasiga joriy etgan Muhammad Muso Xorazmiy, qomusiy olimlar Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, tibbiyot ilmining asoschisi Abu Ali ibn Sino, arab tili grammatikasini mukammal tarzda ishlab chiqqan Mahmud Zamahshariy, o‘zida mingdan ziyod yulduzlar harakatini jamlagan astronomik jadval yaratgan Mirzo Ulug‘bek singari ulug‘ mutafakkirlarimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz. Bunday yuksak iftixor tuyg‘usi bizni hech kimdan kam bo‘lmagan xalq sifatida faxr bilan yashashga, ajdodlarga munosib avlod bo‘lishga da’vat etadi.
O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiyaning Samarqand shahrida o‘tkazilishi bejiz emas. Zero, afsonaviy Sharq timsoli Samarqand – jahon sivilizatsiyasining qadimiy o‘choqlaridan biri, yuzlab alloma va mutafakkirlar yashab ijod qilgan boy tarixiy va madaniy merosga ega shahar. Bu yerdagi obidalar, madaniy yodgorliklar ajdodlarimiz dahosidan, olis va buyuk o‘tmishdan so‘zlaydi. Samarqandning go‘zal va so‘lim tabiati, qadimiy va zamonaviy inshootlari har qanday odamni o‘ziga maftun etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |